O'simliklarda moddalarning uzoqqa tashiluvi

O'simliklarda moddalarning uzoqqa tashiluvi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarda moddalarning uzoqqa tashiluvi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarda moddalarning uzoqqa tashiluvi Reja: Ksilemalardagi tashiluv Floemadagi tashiluv Barg plastinkasida o'tqazuvchi tizimnimg tashkillanishi. O'simliklarda moddalarning tashiluvini ikkita asosiy jarayon ta'minlaydi. Bulardan birinchisi transpiratsion oqim, ya'ni suv va unda erigan moddalarning ildizdan o'simlikning yer ustki qismlariga tashilishi. Ikkinchisi esa assimilyatlar oqimi bo'lib bu fotosintez jarayonida barglarda hosil bo'lgan moddalarning o'simlikning yer ostki va yer usti vegetativ hamda generativ organlariga tashilishidir. Moddalarning o'simlik tanasi bo'ylab tashilishi ikki bo'limga bo'lib qaraladi ya'ni yaqinga va uzoqqa tashish. Yaqinga tashish -bu hujayra va to'qimalar o'rtasida bo'lib, ionlar, metabolitlar va suvning harakatlanishidir. Uzoqga tashish -bu butun o'simlik organizm bo'ylab uning organlari o'rtasidagi moddalarning tashilishidir. O'z navbatida suv va unda erigan moddalarning harakati bar bir to'qimalarda apoplast bo'yicha, ya'ni hujayra devorlari orqali hamda simplast bo'yicha, ya'ni plazmodesmalar bilan bog'langan hujayralar sitoplazmalari orqali bo'lishi mumkin. Shuningdek moddalarning tashilishi plazmodesmalar ishtirokida endoplazmatik retikulum bo'yicha ham sodir bo'lishi mumkin. Shuni aytib o'tish lozimki, simplast tashiluv bo'yicha mineral va organik moddalarning harakati, apoplast tashilishda esa suv va anorganik ionlar tashiluvi ustunlik qiladi. Vakuolalar sistemasida faqatgina suv tashilishi ro'y beradi. Simplast bo'yicha moddalarning tashilishi diffuziyaga nisbatan jadalroq bo'ladi va uning tezligi 1-6 smsoat atrofida bo'ladi. Moddalarning tashilishining ushbu tipi energiya sarflanishini talab qilmaydi. Moddalarning uzoq masofalarga tashilishi uchun evolyutsiya jarayonida o'simliklarda maxsus o'tkazuvchi to'qimalar shakllangandir. Masalan, transpiratsion oqim uchun ksilemadagi nay va traxeidlar, assimilyatlar oqimi uchun esa floemadagi elaksimon naychalardir. Elaksimon naychalar sitoplazmaga boy bo'Igan metabolitik faol, yo'ldosh hujayra bilan tutashgan bo'ladi. Yo'ldosh hujayralar elaksimon naychalar bilan ko'p sonli plazmodesmalar yordamida bog'lagandir. Oqsillar va ATF sintezi mana shu yo'ldosh hujayralarda bo'ladi deb taxmin qilinadi. Elaksimon naychalardan ajratilgan shiraning kontsetratsiyasi 10-25% atrofida bo'lib deyarli kontsentrlangan eritmani tashkil qiladi. O'simlik hujayrasi shirasining miqdori va kontsentratsiyasi sutkaning kunduzgi qismida kechasiga nisbatan yuqori bo'ladi. Hujayra shirasida erigan moddalarning -90% uglevodlardan iborat bo'lib, tashiluvchi qand asosan saxaroza holatida bo'ladi. Ammo, ayrim o'simliklarda saxarozaga nisbatan, rafinoza miqdor jihatidan ustunlik qilishi mumkin Bundan tashqari shirada turli xil aminokislotalar, nukleotidlar, organik kislotalar, gormonlar va boshqa moddalar uchraydi. Shuningdek shirada qisman bo'lsada ATF mavjud. O'simlik barglaridagi fotosintezlovchi hujayralarning xloroplastlaridagi birlamchi assimilyatlar tezlikda barglardan o'simlikning boshqa organlariga uzatiladi. Assimilyatlarning harakati xloroplastlarda boshlanib, floemaning maxsus o'tkazuvchi hujayralarida davom etadi. Bargning mayda tomirlarining uchki qismlarini floema tufayli doimiy ravishda fotosintez mahsulotlari bilan to'ldirilib turiladi. Fotosintez natijasida, barglarda sintezlangan organik moddalar floema orqali to'qimalarga yetib borib metabolizm jarayonlariga sarf bo'ladi yoki zahiraga yig'iladi. Organik moddalar poya bo'ylab yuqori o'suvchi qismlarga, pishayotgan mevalarga va bargdan poyaga, u yerdan o'suvchi ildizlarga va yer ostki zahiralovchi organlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.9 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga