O'simliklarda o'sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularning qo'llanilishi

O'simliklarda o'sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularning qo'llanilishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarda o'sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularning qo'llanilishi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarda o'sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularning qo'llanilishi Reja: 1. O'simliklar o'sishini kuchaytiruvchi va susaytiruvchi fiziologik faol moddalarning ahamiyati va ularning klassifikatsiyasi 2. Tabiiy o'sishni boshqaruvchi moddalar. Fitogormonlar 3. Ingibitorlar va ularning xillari 4. O'sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalarning ta'sir mexanizmi 5. Fitogormonlarning qishloq xo'jaligida qo'llanuvchi sun'iy analoglari 6. Gerbitsidlar, defoliantlar, desikantlar, retardantlar O'simliklar tanasida juda kam miqdorda (10-13-10-5 moll) hosil bo'ladigan, fizio-logik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etuvchi faol moddalar o'simlik gormonlari yoki fitogormonlar deyiladi. Ular ta'sirida o'simlik organizmida hujayralar, to'qimalar va organlar o'rtasida o'zaro aloqa amalga oshadi hamda o'sish jarayonlari tartibga solib turiladi. Bunday moddalarning mavjudligini 1880 yilda Ch.Daprvin birinchi marta takidlagan edi. O'simliklarning poya, ildiz uchlarida o'sishni tartibga solib turadigan, ichki sekret deb ataladigan moddalar ajralib chiqishini 1906 yilda Errer etirof etgan. N.G.Xolodniy (1927) va gollandiyalik F.M.Vent (1928) o'simliklarda o'sish jarayonini tezlashtirish auksinlar ishtirokida borishini tasdiqladilar hamda fitogormonlar haqidagi ta'limotni yaratdilar. Ular o'simliklar o'sishining gormonal nazariyasini taklif etdilar. Keyinchalik auksinlar, gibberellinlar, tsitokininlar, abstsizinlar, etilen va boshqalar mavjudligi aniqlandi. Fitogormonlarni 1938 yilda Boysen-Yensen va 1963 yilda E.Sinnot o'stiruvchi moddalar deb atashni taklif etdilar. Hozirgi paytda bu moddalar o'simlik gormonlari, fitogormonlar deb yuritiladi. Ular ta'sir etishiga ko'ra o'sish va rivojlanishni sekinlashtiruvchi (ingibi-torlar) va bu jarayonni kuchaytiruvchi (stimulyatsiya qiluvchi - fitogormonlar); kelib chiqishiga ko'ra esa tabiiy va sun'iy bo'ladi. O'sishni boshqaruvchi tabiiy moddalarga fitogormonlar (auksinlar, gibberellinlar, tsitokininlar) va ingibitorlar (etilen, abstsizinlar, fenolli va terpenoidli ingibitorlar) kiradi. O'sishni boshqaruvchi sun'iy moddalarga tabiiylari asosida sintez qilinuvchi o'simlik gormonlari: stimulyatorlar, gerbitsidlar, defoliantlar, desikantlar, retardantlar va boshqalar misol bo'ladi. O'simliklar poyasi va ildizining apikal (uchki) qismida hosil bo'ladigan faol moddalar guruhiga auksinlar deyiladi. Ular asosan indol tabiatli kimyoviy moddalar bo'lib, XX asr boshlarida gollandiyalik olim V.V.Vent tajribalar asosida o'simliklarning o'sish nuqtalarida o'stiruvchi moddalar hosil bo'lishini isbotladi. !935 yilda F.Kegel o'simliklarda uchraydigan bu modda indolil - 3-sirka kislota ekanligini aniqladi va bu guruh birikmalarni auksinlar deb nomladi. Auksin yunoncha auxano - o'sish mano-sini bildiradi. Auksinlarning empirik formulasi: auksin a - C18H32O5; auksin b - C18H30O5; geteroauksin - C10H9O2N. Ulardan geteroaksin tuzilishi bo'yicha V-indolilsirka kislotasi bo'lib, aminikislotalardan triptofanga yaqin turadi. O'simliklar poyasi va ildizi o'sishiga faqat erkin holdagi auksinlar ta'sir etadi. Bog'langan auksinlarning fiziologik tabiati aniqlanmagan. Auksinlar hujayralarning bo'linishi va cho'zilishini, nafas olish, oqsillar, uglevodlar hamda nuklein kislotalarning sintezini faollashtiradi. Bu moddalar o'zlari to'plangan organlardagi hujayralarning so'rish kuchini oshirish orqali oziqa moddalarini tortib olish, qarish jarayonini kechiktirish, membranalarning faolligiga ta'sir etish, poya, ildiz va barglrning o'sishini kuchaytirish xususiyatlarga ega. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.45 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga