O'simliklarga harorat va sho'rlanishning ta'siri Reja: O'simliklarning yuqori harorat ta'siriga chidamliligi. O'simliklarning past harorat ta'siriga chidamliligi. O'ta sovuq ta'sirida o'simlik to'qimalarida bo'ladigan o'zgarishlar. Qishlash vaqtida o'simliklarga ta'sir qiluvchi boshqa noqulay omillar. Tuproq sho'rlanishi va uning o'simliklarga ta'siri. Sho'rga chidamlilik. Tayanch so'zlari: Protoplazma, qovushqoqlik, elastiklik, bog'langan suv, koagulyasiya, asparagin, glutamin, ammiak, mezofit, turgor, xlorofill, mikroelementlar, mikrostruktura, plazmolemma, natriy, magniy, sho'rtob, sho'rxok, galofit, glikofit, evgalofit, osmotik bosim, kserofit, mikroo'g'it. Barcha o'simliklar harorat darajalariga bo'lgan munosabatlari boyicha ham bir-biridan farq qiladi. Ba'zi suv o'tlari 60-800 C issiqlikka ega bo'lgan buloqlarda tarqalgan. Ko'pchilik yuksak o'simliklar uchun maksimal harorat 40-800 C ga teng. Qishloq xo'jalik ekinlari uchun esa maksimal harorat 39-400C ga teng bo'lib, haroratning bundan orta borishi ularni shikastlaydi. Issiqlikka chidamli o'simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo'ladi. Bog'langan suv miqdori ko'p, oqsillari issiqlikka chidamli bo'lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o'simliklarning nafas olish jarayonida ko'proq organik kislotalar hosil bo'ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin, glutamin kabi aminokislotalar hosil qiladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o'simliklarga zarar yetkazmaydi. RNK miqdori ko'p bo'lgan o'simliklar ham issiqlikka chidamli bo'ladi. ko'pchilik, suv bilan yaxshi ta'minlanmagan, mezofit o'simliklar transpirasiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta'siridan saqlanadi. Bu o'simliklarda barg harorati, havo haroratiga nisbatan, 4-60 C gacha past bo'ladi. Samarqand Davlat Universiteti o'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a'zolarining (professor J.X.Xo'jayev va boshqalar) olgan ma'lumotlari asosida g'o'zaning gullash fazasida N3VO3 kislotaning 0,01 % va ZnSO4 tuzining 0,05% li eritmalarini purkash (purkash kechki vaqtlarda o'tkaziladi) ularning issiqlikka va qurg'oqchilikka chidamliligini oshiradi. Natijada gullarning changlanishi ko'payadi va hosildorlik 10-12% gacha ortadi. Tola va chigit sifati yaxshilanadi. O'simliklarning past harorat ta'siriga chidamliligi. Haroratning o'simliklar uchun zarur bo'lgan, minimal darajadan past bo'lishi, ularning zararlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham o'simliklarning yashashi ularning sovuqqa chidamli bo'lishlariga bog'liq bo'ladi. Chidamlilik darajasi asosida barcha o'simliklarni ikki guruhga bo'lish mumkin: sovuqqa va o'ta sovuqqa chidamli o'simliklar. Sovuqqa chidamli o'simliklarlar. Bu guruhga barcha o'rta iqlim li rayonlarda tarqalgan issiqsevar o'simliklarni kiritish mumkin (bodring, pomidor, loviya, qovun, yeryong'oq va boshqalar). Ular +3 +50C da qoldirilsa, bir necha kundan keyin nobud bo'ladi. Tropik va subtropik o'simliklar ham 00C dan biroz yuqori haroratda kuchli shikastlanadi va nobud bo'ladi. Kakao o'simligi +80C da, g'o'za maysalari +1 +30C da bir sutka saqlanganda nobud bo'ladi. Issiqsevar o'simliklarga sovuq harorat (00C dan yuqori harorat darajalari) ta'sir ettirilganda ular avval suliy boshlaydi va turgor holatini yo'qotadi. Masalan: bodring barglari +30C da uchinchi kuni suliydi va uladi. Demak, suvning transport tezligi ham buziladi. Ammo barglar suv bilan ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: doc