O'simliklarni introduksiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Introduksiya fani tarixi

O'simliklarni introduksiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Introduksiya fani tarixi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarni introduksiyasi fanining maqsadi va vazifalari. Introduksiya fani tarixi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarni introduksiyasi fanining maqsadi va vazifalari. introduksiya fani tarixi Reja: O'simliklarni introduksiyasi tarixi Fanning maqsad va vazifalari. O'simliklar bioxilma-xilligini muhofaza qilishda fanning o'rni. introduksiya atamasi lotincha introductio so'zidan olingan bo'lib, ―kirish‖, ―madaniylashtirish‖ ma'nosini anglatadi (Reymers, 1991; Karpin, 2004). introduksiya jarayoni inson tomonidan tanlab olingan o'simlik turini madaniylashtirishga qaratilgan maqsadli faoliyat hisoblanadi. introduksiya jarayonining tadqiqot obyektlari bo'lib mazkur joyda o'smagan yoki mahalliy tabiiy floradan tanlab olingan o'simlik (turkum, tur, kenja tur, nav va formalar) lar xizmat qiladi. introduksiya mazkur mintaqadagi o'simliklar tarkibini va genofondini kengaytirish hamda inson uchun kerakli bo'lgan o'simlik turlarini tanlab olish imkoniyatini beradi. introduksiya uzoq vaqt va kuch talab qiladigan jarayondir. U ma'lum region (hudud)da amalga oshiriladi. Foydali o'simliklardan foydalanish juda qadimdan ma'lumdir. Ammo, o'simliklarni foydalilik xususiyatlarini o'rganilishi va xalq tabobatida qo'llanilishi dastlab qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimda keng tarqaldi. O'rta asrlarda foydali o'simliklarning halq tabobatida foydalanilishi O'rta Osiyoda, Kavkazda, arab davlatlarida keng yoyildi, ularni o'rganish, hatto madaniy o'simliklar sifatida o'stirish va etishtirish ehtiyoji ham tug'ila bordi. Mashhur yunon tabibi Gippokrat (eramizdan oldin 460-377y.) o'zining «Korpus Xippokratikum» asarida 236 xil foydali o'simliklarning xususiyatlarini bayon qilib berdi. Yunon olimlaridan Aristotel, uning shogirdi Teofrast foydali o'simliklarning xususiyatlari va ularning xalq tabobatida qo'llanilishini ilmiy jihatdan asoslab berdilar va ko'p ma'lumotlar qoldirdilar. Shuningdek, qadimiy Rimda mashhur tabib K. Galen (Jolinus, eramizdan oldin 130-200 y) tabiiy fanlar sohasida 131 ta ilmiy asar yozgan va bu asarlarida 304 tur shifobahsh o'simliklar xususiyatlarini tabobatda qo'llash usullarini bayon qilgan. So'ngra, tabobat ilmida foydali o'simliklarning xususiyatlarini o'rganish va ulardan foydalanish Osiyo mamlakatlari, Hindiston, Tibet, Xitoy, Turon va arab davlatlariga kirib keldi. «Yajur-veda» («Hayot haqida fan») foydali o'simliklar haqida yozilgan qadimiy hind asaridir. Sharqning mashhur olimlari Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Abu-Bakr Zakariya ar-Roziy, Abu Rayhon al Beruniy, Arabmuhammadxon Abulg'ozixon, Abu Mansur Buxoriylar ham xalq tabobati ilmida dori-darmon bo'la oladi-gan o'simliklarning xususiyatlari, ta'sir doirasini yana bir karra kengroq tasvirladilar. O'rta Osiyoning mashhur olimi Abu Ali ibn Sinoning faoliyati tabobat ilmida jahonshumul bir davrni boshlab berdi. Abu Ali ibn Sino «Al-qonun» asarida 900ga yaqin o'simlikning shifobahsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to'g'risida ma'lumot keltiradi. Uning shogirdlari Sharafuddin Yusuf Iloqiy, Abu Sodiq Mutatabbib va Jurjoniylar tabobat ilmida ustozlarining ishini davom ettirdilar va mahalliy sharoit uchun xos bo'lgan foydali o'simliklarning tabobatda foydalanish ilk qo'llanmalarini qoldirib ketdilar. Ularning davomchilari sifatida, rus olimasi A.F. Gammerman (1926, 1942, 1984) ning dorishunoslik-farmakognoziya fanini ravnaq topishida xizmatlari katta bo'ldi. U O'rta Osiyo (ayniqsa O'zbekiston) dagi foydali o'simliklarni o'rganib, dorishunoslar uchun qo'llanma «Farmakognoziya kursi» ni yozdi. A.P.Orexov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.49 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.49 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga