Reja: 1. Qurg'oqchilikning o'simliklar hayotiga ta'siri. 2. Qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar. 3. O'simliklarni qurg'oqchilikka chidamliligini oshirish tadbirlari. QURG'OQCHILIKKA CHIDAMLILIK-0'SIMLIK HUJAYRALARI, TO'QIMALARI VA ORGANLARINING SEZILARLI DARAJADA SUVSIZLANISHIGA CHIDASHIDIR. Suvsizlanish sitoplazmani xususiyatlarini buzadi, oqsil sintezi kamayib ketadi, polisomalar ribosomalarga, ular esa o'zlarining subbirliklarga parchalanib ketadi. Shuningdek, suvsizlik moddalar almashinuvini pasaytiradi. Buning natijasida esa o'simliklaming o'sishi to'xtaydi va hosildorlik kamayib ketadi. Bu asosan generativ organlar kam hosil bo'lishi bilan ifodalanadi. Qurg'oqchilikning atmosfera va tuproq qurg'oqchiligi xillari mavjud. Qurg'oqchilikning asosiy sabablari bu yog'ingarchilikning bo'lmasligi, transpiratsiya va tuproq yuzasidan suvning ko'plab bug'lanishidir. Ayniqsa, kuchli shamollar tuproq ildiz qatlamining qurishiga olib keladi. Atmosfera qurg'oqchiligi quruq va issiq havo ta'sirida havo namligi juda kam bo'lganda paydo bo'Iadi. Bunda o'simlik o'sishdan to'xtaydi va barg sathi kengaymaydi, natijada ekinlarning hosildorligi kamayadi. Qurg'oqchilik o'simliklar tanasida ketuvchi biosintetik jarayonlarni keskin kamaytiradi, oqsillarning parchalanishi ro'y berib, organik zaxira moddalar miqdori keskin pasayadi. Bu esa o'z navbatida o'simlik o'sishini sekinlashtiradi QURG'OQCHILIK-O'SIMLIKLARNI SUVGA BO'LGAN TALABINI QONDIRA OLMAYDIGAN METEOROLOGIK SHAROITDIR Shuningdek, o'simliklar ildiz tizimlarida fosfor almashinuvi keskin o'zgaradi, fosforirlanish jarayoni jadalligi pasayadi. Qurg'oqchilik oxir oqibatda o'simliklar hosildorligining o'ta pasayib ketishiga olib keladi. 0'simliklarning qurg'oqchilikka chidamliligini birmuncha oshirish ham mumkin. Buning uchun P.A. Genkel 0'simliklar urug'larini avvalo biroz undirish, so'ngra unayotgan urug'ni oz-moz quritib ekishni tavsiya qilgan. Ushbu usul orqali o'simliklar chidamliligini birmuncha oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu ishlar amaliyotda keng qo'llanib kelinmoqda. Shuning bilan birgalikda o'simliklarning qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishda kimyoviy uslublar ham qo'llaniladi. Masalan, o'simliklar urug'larini 0,2 foizli kalsiy xlorid tuzida 18-20 soat ivitib ekish ularning qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishda yaxshi amaliy natijalar berishi mumkin QURG'OQCHILIK MAYDONLARIDA O'SADIGAN O'SIMLIKLAR KSEROFITLAR HAM DEYILADI Gemikserofitlar - suvsizlik va tanasining qizishini ko'tara olmaydigan o'simliklar. Ulardagi transpiratsiya jarayoni yuqori, lekin protoplazmaning yopishqoqligi va elastikligi yuqori emas. Ildizlari anchagina chuqur ketgan. Gemikserofitlarga shalfey, rezak kabi o'simliklar kiradi. Cho'lkserofitIari - bular cho'llarning boshoqli va kovil kabi o'simliklaridir. Ushbu o'simliklar qisqa muddatli yomg'irlardan yaxshi foydalanadi va qizib ketishga chidamlidir. Ammo faqatgina tuproqda qisqa muddatli suv tanqisligiga chidamlidir xolos. Poykilokserofitlar - o'zlarining suv rejimini boshqara olmaydigan o'simliklardir. Ular yuqori haroratda qizishi ammo yoz yomg'irlaridan so'ng yana jonlanib faol hayot kechirishi mumkin. Bu o'simliklarga biz lishayniklami misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Gigrofitlar - bu o'simliklar hujayralarida suv sarflanishini chegaralovchi moslamalar bo'lmaydi. Hujayralari katta bo'lib, yupqa devorli qobiq va yupqa kutikula bilan qoplangan. Barglarining sathi katta, ammo og'izchalar yirik bo'lsada, son jihatidan kamrok. Kutikulyar transpiratsiya yuqori, poyasi uzun, ildizlari yaxshi rivojlanmagan. Tuproqda ozgina suv yetishmasligi ham ulaming tezda so'lishiga olib keladi. Bularga mannik, mox va boshqa shunga o'xshash ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:22:30
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
259.31 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:22 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
259.31 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: ppt