O'simliklarni sug'orishning fiziologik asoslari

O'simliklarni sug'orishning fiziologik asoslari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarni sug'orishning fiziologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarni sug'orishning fiziologik asoslari Reja: O'simliklarni sug'orish normasi. Sug'orish muddatlarni aniqlash usullari. O'simliklarni ekologik guruhlari va ularning o'ziga xos suv almashinuv xususiyatlari. O'simliklarni sug'orishning nazariy va amaliy asoslari. Tayanch so'zlar: Sun'iy sug'orish normasi, sug'orish muddatlari, aniqlash usullari, hosildorlik, lalmikor yerlar, ildiz bosimi, og'izchalar, transpirasiya, fotosintez, fermentlar, vegetatsiya, dala nam sig'imi, elektrik qarshilik, parenxima, kutikula, epidermis, gidatoda, mezofill, kserofit, sukkulent, sklerofit, kseromorf, malatyog'idrogenaza. Qishloq xo'jalik o'simliklarini sun'iy sug'orish yuqori hosil olish garovidir. Chunki hosildorlik lalmikor yerlarga nisbatan 3-5 martagacha yuqori bo'ladi. o'simliklarni sun'iy sug'orish ayniqsa arid zonalari (suvning bug'lanishi yillik yog'inganrchilik miqdoridan ancha ko'p bo'lgan joylar) uchun katta ahamiyatga egadir. Chunki bunday zonalarda o'simliklarda suv taqchilligi tez-tez sodir bo'ladi. Olimlarning ko'rsatishicha, hatto juda qisqa muddatli suv taqchilligi ham o'simliklarning normal o'sishiga ta'sir qilmay qolmaydi. o'simliklarda suv kamchilligi ayniqsa suvning surilishi, ildiz bosimi, og'izchalar holati, transpirasiya, fotosintez, nafas olish fermentlarining aktivligi, o'sish va rivojlanish, hosildorlik va hosil sifati kabi jarayonlarga ta'sir etadi. Qishloq - xo'jalik o'simliklarini vegitatsiya davomida ta'minlash uchun sarflanadigan suv miqdoriga - sug'orish normasi deyiladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi: YE=a P + W + M Bu yerda YE - umumiy suv miqdori, m3ga, a P - o'simliklarning yog'ingarchiliklar hisobiga foydalanadigan suv miqdori m3ga, W- tuproq qatlamidan foydalaniladigan suv zaxirasi. M - bir marta sug'orish normasi m3ga. Bu normani belgilashda yuqorida ko'rsatilgan omillardan foydalaniladi. Masalan, go'za uchun sug'orish normasi 3500 dan 100 m3ga bo'lishi mumkin. Bir marta sug'orish normasi quyidagi formula bilan aniqlanadi: M = a H (B p - B o ) 100 Bu yerda M - bir marta sug'orish normasi, m3ga, a - tuproqning hajmiy massasi, Tm3; H- tuproqning namlanuvchi qatlami; Bp - tuproqning namlanuvchi qatlamidagi dala namlik sigimi, % ; Bo - sugoriladigan dala tuprogining namligi, %. O'simliklarni bir marta sug'orish normasi ularning o'sish fazalari va bu fazalarda suvni o'zlashtirish xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Masalan, go'za o'z vegitatsiyasi davomida sarflaydigan sug'orish normasining 20- 25 % ni gullash fazasigacha, 55-60 % gullash fazasida, 15-20 % esa ko'saqlash va pishish fazalarida sarflaydi. Shunga asosan sug'orish soni va bir marta sug'orish (400 dan 900 m3ga, ayrim hollarda 1200 m3ga bo'lishi mumkin) normalari belgilanadi. Ayniqsa o'simliklarning sug'orish muddatlarini to'g'ri aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu masalada ham bir qancha fikrlar mavjud: 1) tuproq namligini hisobga olish, 2) o'simliklarning tashqi ko'rinishiga qarab belgilash, 3) o'simlikning fiziologik jarayonlari asosida aniqlash va hokazo. Ayrim o'simliklar va ularning o'sish fazalarida, hujayra shirasining so'rish kuchi quyidagicha bo'lganda, sug'orish tavsiya etiladi: go'zada to gullaguncha - 12 atm, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.38 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.38 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga