O'simliklarning gazlarga chidamliligi

O'simliklarning gazlarga chidamliligi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning gazlarga chidamliligi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning gazlarga chidamliligi Reja: O'simliklarning gazlarga chidamliligi O'simliklarning kislorod yetishmasligiga chidamliligi Atmosferada turli sanoat chiqindilarini ko'payishi natijasida o'simliklarni zararlanishi, hosildorligining pasayishi, ayrim hollarda nobud bo'lishi, shuningdek turli zaharli moddalarni sitoplazmaga, undagi organoidlarga salbiy ta'siri natijasida ayrim fiziologik va biokimyoviy o'zgarishlarni kuzatilishi fan yutuqlariga asoslangan holda bayon qilinadi. O'simliklarning gazlarga chidamlilik xususiyati bu ularning atmosfera havosida yomon gazlar to'plangan sharoitda yashashidir. O'simliklarning gazlarga chidamliligiga ularning fizik-geografik joylashishi hamda ob-havo sharoitlari ham ma'lum darajada ta'sir qiladi. O'simliklar o'zlari evolyutsiyasi davrida gazlarga qarshi shakllangan adaptatsiyaga ega emas. Ularda bu qobiliyatning evolyutsiya davrida shakllanmaganligining asosiy sababi bu hozirgi zamon o'simliklar dunyosining atmosferada zarali gazlar-kam vaqtda, yani yong'inlar kam, kimyoviy jarayonlar deyarli yo'q vaqtlarda shakllanganligidir. Atmosferaning toza havosi bundan 1 mlrd yil oldin avtotroflarning hayot faoliyati natijasida vujudga kelgan, yaniyer sharining ammiakdan, oltingugurtning vodorodli birikmasi, metan va uglerod oksididan tozalanishda proterozoy va paleozoy orasida yashagan o'simliklar katta o'rin tutgan. O'sha vaqtda o'sgan o'simliklarda gazlarga chidamlilik mexanizmi bo'lgan bo'lishi mumkin ammo bu mexanizm havoda kislorod miqdorining ko'payishi natijasida asta sekin o'z ahamiyatini yo'qota borgan. Atmosferaning ifloslanishi avvalo insoniyat faoliyati bilan, yani uning ishlab chiqarishdagi faoliyati bilan bog'liqdir. Hozirgi vaqtda bu holat juda katta ko'lamga ega bo'lganligi uchun biosferaning o'z-o'zini tozalash sistemasi havoni tozalashga ulgurmayapti. Masalan, odamlar faoliyati natijasida havoga 200 turdan ortiq har xil gazlar tarqaladi. Bularga biz azot oksidlari (NO, NO2), CO, oltingugurt oksidi (SO2) kabi gazsimon birikmalarni, uglevodorodlarni, har xil H2SO4, HNOs, HCI kabi kislotalarning bug'larini, fenollar, kullar, tutunning qattiq birikmalarini, o'z tarkibida qo'rg'oshin oksidi, rux oksidi kabilarni tutuvchi changlarni va yana shularga o'xshash moddalarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda atmosfera havosining 52,6%-tashuvchi vositalarning ishi natijasida, 18,1%-isitish sistemalarining ishi natijasida, 17,9%-sanoat korxonalari ishi natijasida, 1,9%-axlatlarning yonishi natijasida, 9,5% esa boshqa har xil vositalar natijasida ifloslanadi. Havoni ifloslantiruvchi moddalar, yani eksgalatlar o'z zarrachalarining o'lchami, og'irligiga nisbatanyerga tushishi va elektromagnit spektrlari bo'yicha chang, bug', tuman va tutunga bo'linadi. Gazlar va bug'lar o'simlik barglari og'izchalaridan bemalol o'tishi va hujayralardagi moddalar almashinuviga bevosita ta'sir qilishi mumkin. Xususan ular hujayra devorlarida va membranalarida boradigan biologik jarayonlarga kimyoviy ta'sir qiladi. Changlar esa barglar yuzasini berkitib qo'yib, hujayralarda gazlar almashinuvining og'irlashtiradi, quyosh nurlari yutilishini kamaytiradi va suv rejimini buzadi. Havo ifloslanganda o'simliklarning nafas olishi avvalo ko'payadi, so'ngra esa susayadi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan omillar ta'sirida o'simliklarning o'sish va rivojlanish rejimlari buziladi va ularning qarish jarayonlari tezlashadi. Kislotalik muhitli gazlardan ko'proq nina bargli o'simlik turlari zararlanadi. Bunda ularning nina barglarining uzunligi kamayadi hamda shox va novdalarda ularning soni ko'payadi. Shuning bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.82 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga