2- §. O'SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslashishi hayotiy shakl deyiladi. Gulli o'simliklar hayotiy shakllariga ko'ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o'tlarga bo'linadi. Daraxtlar - tanasi yog'ochlashgan, asosan, bitta yo'g'on tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo'yli ko'p yillik o'simliklardir. Bular guli, mevasi, poyasining eni, bo'yi, shox-shabbasi va barglari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: olma, o'rik, yong'oq va shaftolining shoxshabbasi yoyiq; qarag'ay va terakniki g'uj va tik; shamshod va sadaqayrag'ochniki sharsimon bo'ladi. Daraxtlar oz yoki ko'p yil yashashiga ko'ra turli xil bo'ladi. Masalan, Afrikada o'sadigan baobab daraxti 400-500 yil, archa, sarv 100 yil, soxta kashtan 200 yil, chinor 800 yil, o'rik va yong'oq 70-100 yil yashashi mumkin. Baobab daraxti Daraxtlar orasida saksovulga o'xshagan nihoyatda mayda bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho'llarda, qumlarda o'sadigan ajoyib turlari ham bor. Butalar - poyasi yog'ochlashgan, bo'yi 2-3 m dan osh maydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko'p yillik o'simlik. Bularga, ayniqsa, tog'lar yonbag'rida keng tarqalgan irg'ay, singirtak, na'matak, zirk, bodomcha, uchqat, o'simliklardan anor, limon, qora qat, ligus trum, nastarin kabi o'simliklarni misol qilib keltirish mumkin. Yarimbutalar poyasining yuqori qismini qishda sovuq urib ketadigan ko'p yillik o'simliklardir. Cho'llarda keng tarqalgan yem-xashak o'simliklaridan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir. Teresken Ko'p yillik o'tlar - yer usti qismi qishda qurib, o'sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o'simliklar. Bularga beda, ajriq, g'umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko't, sallagul, qoqio't, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o'simliklar kiradi. Ko'p yillik o'tlar, ayniqsa, tog'larda keng tarqalgan. Ikki yillik o'tlar - urug' dan ko'karib chiqib, birinchi yili yer yuzida, asosan, barg (to'pbarg) hosil qiladigan, ildizi va barglarid a oziq modd alar to'p laydigan o'simliklar. Ular ikkinchi yili poyachi qaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg'om, sigirquyruq va boshqalar kiradi Lavlagi Bir yillik o'tlar nihoyatda xilma-xil bo'lib, ular bir yil ichida o'sadi, gullaydi va meva (urug') tugib, o'z hayotini tugatadi. O'zbekistonda uchraydigan o'simliklarning yarmidan ko'prog'ini bir yillik o'simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho'ra, jag'jag', machin, qora ituzum, baliqko'z va boshqalar kiradi. Ageratum Qishloq xo'jaligida o'stiriladigan madaniy o'simliklarning juda ko'pchiligi bir yillik o'simliklardir. Bularga g'o'za, bug'doy, arpa, zig'ir, yeryong'oq, mosh, no'xat, sholi, pomidor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o'tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko'tarilib o'sadigan momaqaldirmoq, qo'ytikan kabilarni, bo'yi 1 m ga yetadigan va, hatto, undan ham oshadigan kanakunjut, makkajo'xori hamda ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.47 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.47 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:20 ]
Arxiv ichida: ppt