O'simliklarning ko'payishi haqida ma'lumotlar

O'simliklarning ko'payishi haqida ma'lumotlar

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning ko'payishi haqida ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

30-§. O'SIMLIKLARNING KO'PAYISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Ko'payish - tirik organizmlarning muhim xususiyati. O'simliklarning ko'payishi ikki xil usulda: jinssiz va jinsiy usullarda ko'payadi. Jinssiz ko'payish yo'llaridan biri ve­getativ ko'payishdir. O'simliklarning ildiz, ildizpoya, tugu-nak, piyozbosh, novda va bargdan ko'payishiga vegetativ ko'payish deyiladi. O'simliklarning tabiatda vegetativ ko'payishi. Vegeta­tiv organlar o'simliklarning oziqlanishida katta rol o'ynaydi. Ularning yana bir xususiyati shundaki, ayrim o'simliklar shu organlari ishtirokida ko'payadi. Respublikamizda tabiiy holda o'sadigan o'simliklar urug'dan tashqari, vegetativ organlaridan ham ko'payadi. Siz ajriq, g'umay, salomalaykum, bug'doyiq kabi o'simliklarning ildizpoyasidan ko'payishini yaxshi bilasiz. Shuningdek, lola, boychechak, gladiolus va nargisga o'xshash piyozboshdan ko'payadigan o'simliklar ham bor, Bu o'simliklar tuproq orasida piyozboshlar hosil qiladi. Kelgusi yili ulardan yangi o'simliklar o'sib chiqadi. Qoraqat, terak, na'matak, olvoli, shirinmiya, yantoq kabi o'simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo'ladi. Bu novdalar ildiz bachkisi deyiladi. Kel-gusida shu bachkilardan yangi, mustaqil o'simliklar yetiladi. Vegetativ yo'l bilan ko'payadigan bitta terak daraxti atrofida yer ostidan o'sib chiqadigan bachkilar hisobiga o'nlab yangi daraxt tuplari hosil bo'ladi. Tabiatda daraxt va butalar ma'lum vaqtdan so'ng qariydi va ularning o'rnini bachkilardan chiq-qan yangi o'simliklar egallaydi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payishda davom etadi Tabiatda turli hodisalar bo'lib turadi. Masalan, ba'zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o'simliklarning shox- shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ulardagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Tabiatda turli hodisalar bo'lib turadi. Masalan, ba'zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o'simliklarning shox-shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ular-dagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Shunday qilib, o'simliklar vegetativ yo'l bilan ko'payib, tabiatda o'z turini saqlab qoladi. Agar ular vegetativ yo'l bilan ko'paymaganda edi, urug'idan ko'paymaydigan o'simliklar tabiatda juda ham kamayib, hatto yo'qolib ketgan bo'lar edi. Madaniy o'simliklarning vegetativ ko'payishi. O'sim-liklarni vegetativ yo'l bilan ko'paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydala-nib keladi. Juda ko'p madaniy o'simliklar ildizi, novda-si va barglaridan ko'paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxonalar-da o'stiriladigan o'simliklarning aksariyati qalamcha (nov-da)sidan ko'paytiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi. Ular 45-50 sm uzunlikda bo'ladi. Tay-yor qalamchalami bog'-bog' qilib nam chuqurga ko'mib qo'yiladi. Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi. Payvandlash deganda, bir o'simlikning ma'lum qis-mini ikkinchi o'simlikka turli usullar bilan o'rnatish tu-shuniladi. Payvandlashning juda ko'p usullari bor kurtak, iskana payvand). Iskana payvand, asosan, erta bahorda, daraxtlarda shira harakati boshlanishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha) qilinadi. Payvand uchun maqsadga muvofiq nav (payvandust)dan yillik novdalar shira harakati boshlanmasdan oldin kesib olinib, maxsus salqin joylarda saqlanadi. Payvand qilish muddati kelishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.3 MB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga