O'simliklarning mineral oziqlanishi. Ildiz bosimi. O'g'itlar

O'simliklarning mineral oziqlanishi. Ildiz bosimi. O'g'itlar

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning mineral oziqlanishi. Ildiz bosimi. O'g'itlar - rasmi

Material tavsifi

25-§. O'SIMLIKLARNING MINERAL OZIQLANISHI. ILDIZ BOSIMI. O'G'ITLAR 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Tuproqdagi suv ildiz tukchalariga, ulardan esa po'stloq hujayralariga qanday o'tadi? Bu savolga juda ko'p misol-lar bilan javob berish mumkin. O'simliklar ildizining muhim vazifasi tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalarni shimib olib, yerusti qismiga uzatishdan iborat. Tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalar dastlab ildiz tukchalariga, so'ngra ular bilan yonma-yon joylashgan po'stloq hujayralariga o'tadi. Hujayradan hujayraga so'rilgan suv va unda erigan oziq moddalar ildizning o'tkazuvchi qis­miga yetib boradi va u yerdan o'simlikning yerusti qismiga ko'tariladi Boshqa tirik organizmlar kabi, o'simliklar ham suv bilan tirik. Ularda boradigan ko'pgina biologik jarayonlar suv tu-fayli amalga oshadi. Eng muhimi, suvda o'simliklar uchun zarur bo'lgan oziq moddalar erigan holda bo'ladi. Suv orqali ular hujayra, to'qimalarga va o'simlildarning boshqa organlariga o'tadi. Suv yetarli bo'lganda o'simliklar hujayrasi tarang holatda bo'ladi. Aks holda, o'simliklar so'lib qoladi. O'simliklarning poyasi yoki shoxi kesilsa, ulardan suv tomchilari sizib chiqadi. Siz buni shira harakati boshlangan vaqtda kesilgan tok, terak, tol novdalarida ko'p ko'rgansiz. Yoki yantoq ildiz bo'g'zidan kesib tashlansa, undan suv tomchilari yumalab tushishining guvohi bo'lasiz. Bu suyuqlik o'z-o'zidan chiqmay, balki ildiz bosimi kuchi ta'sirida harakatga keladi. Bu kuch suvni va unda erigan oziq mod­dalarni bir hujayradan ikkinchisiga o'tishida pastdan yuqo-riga ko'tarilishiga majbur etadi Qish kirishi bilan ko'p yillik o'simliklarning ildiz tukchalari o'z faoliyatini to'xtatadi. Bahor kelib, kunlar isishi bilan ildiz tukchalari yana faollashadi. Agar tuproqqa mineral o'g'itlar me'yoridan ortiqcha solinsa, uning ekologik holati yomonlashadi. Chunonchi, me'yoridan ortiqcha solingan o'g'it tuproqdagi tirik mavjudotlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va uning tarkibini buzadi. Lekin ekinlarni sug'orishda suvning ortiqcha isrof bo'-lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Shunday qilib, o'simliklar ildizining bosim kuchi ta'sirida ildiz tukchalari orqali yerdan suv va unda erigan moddalarni tuproqdan shimib oladi. O'g'itlar, asosan, ikki guruhga bo'linadi. Birinchisi, ham-mamizga ma'lum bo'lgan organik o'g'itlar, ya'ni go'ng. Ular tuproqda chirib, uning holatini yaxshilaydi va hosildor-ligini oshiradi, o'simliklar uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiladi. Ikkinchisi - mineral o 'g'itlar. Bu o'g'itlar kimyo zavodlarida maxsus tayyorlanadi. Mineral o'g'itlar har xil bo'ladi. Ular azotli (selitra), fosforli va kaliyli o'g'itlardir. Savol va topshiriqlar O'simlik ildizining eng muhim vazifasi nimadan iborat? Tuproqdagi suv va unda erigan moddalar o'simlikka qanday qilib o'tadi? Ildiz bosimining roli nimadan iborat? Bahorda kesilgan daraxtlar tanasidan nima uchun suyuqlik (shira) oqadi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga