O'simliklarning nafas olishi, oziqlanishi. O'simliklarda moddalar almashinuvi

O'simliklarning nafas olishi, oziqlanishi. O'simliklarda moddalar almashinuvi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning nafas olishi, oziqlanishi. O'simliklarda moddalar almashinuvi - rasmi

Material tavsifi

28-§. O'SIMLIKLARNING NAFAS OLISHI, OZIQLANISHI. O'SIMLIKLARDA MODDALAR ALMASHINUVI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Yashil barglar hujayrasida fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'lishi bilan bir qatorda, nafas olish jarayoni ham boradi. Demak, o'simlikiarning boshqa organlari qatori barglari ham nafas oladi. Bunda ular ko'pchilik tirik organizmlar kabi havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O'simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda barglarda organik moddalar hosil bo'lmay, aksincha, ular parchalanadi. Yana bir muhim farqi, nafas olish uchun yorug'lik talab etilmaydi. O'simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi. Kunduzi barglar hujayrasida organik moddalarning hosil bo'lishi va hujayralarning nafas olish jarayoni bir vaqtda o'tadi. Lekin bu jarayonlar-ning har ikkalasi ham bizga sezilmaydi. O'tgan darslarda barglar hujayrasida organik moddalar hosil bo'lishida kislo­rod ajralib chiqishini aytgan edik. Buning uchun og'zi shisha plastinka bilan mahkam ber-kiladigan ikkita shisha stakan oling va ularga yangi kesib olingan bargli novdalarni soling. Har ikkala stakan ichiga yonib turgan cho'pni tushiring, cho'plar o'chmaydi, demak, stakan ichidagi havoda kislorod bor. Har ikkala stakanning og'zini shisha plastinka bilan zich berkiting. Stakanlarning birini yorug'lik yaxshi tushib turadigan joyga, ikkinchisini esa qorong'i joyga qo'ying. Bir necha soatdan keyin unga yonib turgan cho'pni tushirib, har qaysi stakan ichidagi ha-voning tarkibini tekshiring. Tajribalardan xulosa chiqaring va yozib oling. O'simlik - bir butun organizm. Uning hamma tirik hujayralari nafas oladi va o'sib rivojla-nadi O'simliklar yashash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni va energiyani o'zlashtiradilar. Bu moddalar o'simlik hujayralarida o'zgarishlarga uchraydi va o'simlik tanasi qurilishida ishtirok etuvchi moddalarga aylanadi. O'simlik organizmini qurishga sarflanadigan moddalarni hosil qilish uchun energiya zarur. Energiya yana o'simlik hujayralarining o'sishi, bo'linishi uchun ham sarflanadi. Yashil o'simliklar avtotrof organizmlar sifatida yorug'lik energiyasini yutib, uni organik moddalarni hosil qilishga sarflaydi. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid va suv ishtirokida yorug'lik energiyasi hisobiga shakar hosil bo'ladi. U esa, o'z navbatida, o'simlik to'qimalarida kraxmal, kletchatkaga aylanadi yoki oqsillar, yog'lar, vita'minlar hosil bo'lishiga sarf bo'ladi. Bu moddalar esa o'simlik hujayralari va to'qimalarining qurilishi uchun zarur. O'simlikning nafas olish jarayonida esa organik moddalar anorganik moddalar - suv va karbonat angidridgacha parchalanadi. Natijada o'simlikning hayotiy faoliyati uchun zarur energiya ajraladi. Demak, fotosintez va nafas olish jarayonlari bir-biri bilan bog'liq jarayonlardir. O'simlik to'qimalarida kechadigan modda va energiya-ning bunday o'zgarishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi barcha tirik organizmlar kabi o'simliklarning ham muhim xususiyatlaridan biridir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.89 MB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga