o'simliklarning uzidan changlanishini cheklovchi moslanishlar Reja: o'simliklardagi nomuvofiklik. o'z changini kabul kilolmaslik hodisasi (avtosterillik). o'z changini kabul kila olish hodisasi (avtofertillik). Usimlimlardagi nomuvofikliklar. o'simliklar gullarida uchraydigan nomuvofiklik genetik omillar nazoratida bo'lib, chatishishning turli xil variantlarida chang naychalarining ustuncha kanaliga usib kirolmasligi va uruglanish jarayonini sodir etolmasligi tushuniladi. o'simliklardagi nomuvofiklik ikki xil bo'ladi. Chetdan changlanishdagi nomuvofiklik tumshukchaga tushgan boshqa tur o'simlikning changini kabul kilolmaslikdir. Uzidan changlanishdagi nomuvofiklikda esa shu gulning yoki shu o'simlikning boshqa gulining changini kabul kilolmaslik tushuniladi. Urugchi o'z tumshukchasiga tushgan usha gulning yoki bir tupdagi o'simlik changini kabul kilmaydi va changning o'sishiga tuskinlik qiladi. Bu hodisa nomuvofiklik hodisasi deyiladi. Chetdan changlanuvchi o'simliklardagi nomuvofiklik o'z changini kabul kilolmaslik debataladi. Nomuvofiklik sistemasining asosiy vazifasi uzidan changlanishni cheklash va chetdan changlanishni amalga oshirishdir. Nomuvofiklik asosan gulli o'simliklarda keng tarkalgan bo'lib, 80 oilaga mansub 10 00 tur gulli o'simliklarda aniqlangan. Nomuvofiklik holati zamburug'larda, suvutlarda, paporotniklar va ochiq uro'g'lilar vakillarida xam kuzatilgan. Nomuvofiklikning tuban o'simliklar vakillarida uchrashi uning qadimgi moslanishlardan ekanligidan darak beradi. Gulli o'simliklar nomuvofiklikni tuban o'simliklardan meros qilib olishgan deb hisoblanadi. 2. o'z changini kabul kilolmaslik hodisasi (avtosterillik). o'z changini kabul kilolmaslik hodisasida bir gulning yoki bir o'simlikdagi gul changining urugchi tumshukchasiga tushishi xollarida changlarning tumshukchada usa olmasligi tushuniladi. Ushbu nomuvofiklikni nazorat kdauvchi genlar S-genlar deb nomlanadi. Agarda gulchangi va tumshukcha bir xil allel genlarga ega bulsa, bu changlar tumshukchada usa olmaydi yoki juda zaif, nimjon rivojlanadi va nobud bo'ladi. Ularning o'sishiga ustunchadagi muhit tuskinlik qiladi. o'z changini kabul kila olish hodisasi (avtofertillik) Chetdan changlanuvchi o'simliklar bilan bir katorda, uzidan changlanadigan va shunga qaramasdan yaxshi taraqqiy etayotgan o'simliklar xam mavjud. Bu o'simliklarda genetik uzgaruvchanlikni cheklashga bo'lgan moyillik, ularning aniq, bir tashqi muhit sharoitlariga kuchli moslashganligi bilan izoxlanadi. muhitning nokulay sharoitlarida usadigan o'simliklar ustunchalari o'z changini kabul qilish xususiyatiga ega bo'ladi. Masalan, kupgina (ayniqsa, bir yillik) begona utlar bunga tipik misol bula oladi. Chetdan changlanish u yoki bu sabablarga ko'ra amalga oshmay kolgan sharoitda uzidan changlanish amalga oshadi. Geterostiliya (urugchi ustunchalarining xar-xil uzunlikda bo'lishi). Shunday o'simliklar borki, ularning ikki eki uch xil tipdagi individlari bo'lib, ularning gullari ustunchalari va changchi iplarining ulchamlarining uzunligi bilan bir-biridan farq kiladigan bo'ladi. Ularning bazi bir tuplarining gullari uzun ustunchali bulsa, boshqa tuplarida esa kalta ustunchali bo'ladi, ayrimlarida esa o'rtacha uzunlikda bo'ladi. Changdonlar xam uzun ustunchali gullarda gulning pastki kismida joylashsa, kalta ustunchali gullarda, teskarisi, gul ogizchasining yuqorisida joylashadi. Bunday o'simliklarni geterostil o'simliklar deb ataladi. Geterostil o'simliklar 2 xil tipga bulinadi: Distil o'simliklar; Tristil o'simliklar. Distil va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.6 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
430.6 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc