O'simliklarning rivojlanishi korrelyativ o'sish

O'simliklarning rivojlanishi korrelyativ o'sish

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning rivojlanishi korrelyativ o'sish - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning rivojlanishi korrelyativ o'sish Reja: Embrional bosqich O'simliklarning o'sishiga tashqi muhit omillarining ta'siri O'simlikshunoslikda sintetik o'sish regulyatorlarini qo'llash Rivojlanish jarayonida asosan sifat o'zgarishlarini kuzatilishi, ontogenezning butun davrida rivojlanishni sodir bo'lishi, rivojlanishga harorat, kun va tun nisbatining ta'siri, o'simliklarni gullashini belgilovchi gormonlarning fiziologik ta'siri, o'simliklarni qarishi va yosharishi asosida yotuvchi fiziologik qonuniyatlar tahlil qilinadi. O'simlikning hayot sikli tuxum hujayraning otalanishi va zigotaning hosil bo'lishidan boshlanib, to tabiiy o'lishigacha davom etadi. Rivojlanish jarayonida asosan sifat o'zgarishi namoyon bo'ladi. O'simliklar rivojlanishini to'rt bosqichga ajratib qarash mumkin: 1.Embrional bosqich. Ushbu bosqich zigotadan boshlanib, urug'ning pishishigacha bo'lgan davrda mo'rtakning rivojlanishini o'z ichiga oladi. Bular changlanish, changni o'sishi va urug'lanish yani chang naychasining mo'rtak xaltasiga yetishi va undan ikkita spermaning bittasi tuxum hujayra yadrosi bilan, ikkinchisi mo'rtak xaltaning ikkilamchi yadrosi bilan qo'shilib urug'lanishdan boshlanadi.So'ngra zigota bo'linadi. Shu davrda quyidagi o'zgarishlar bo'ladi: Urug' kurtak pardasi o'sib urug' kobig'ini hosil qilsa, tuguncha devorchalari o'sib, meva qavatini hosil qiladi. Urug' mo'rtagi rivojlanib differentsiatsiyalana boshlaydi va birin-ketin boshlang'ich organni beruvchi hujayralar hosil bo'ladi (poya, ildizcha urug'barg). Keyinchalik prokambiy paydo bo'ladi va zahira moddalar urug'da to'plana boshlaydi. Bunda fitogormonlar alohida o'rin tutadi. Pishgan urug'da fitogormonlar kamayadi, ingibitor abstsizat kislota miqdori oshadi va urug' tinim holatiga o'tadi. 2. Yuvenil bosqich. Rivojlanishning bu bosqichi urug'ning unib chiqishidan boshlanib, to generativ organlarni shakllanishiga qadar davom etadi. Bu davrda vegetativ organ to'la shakllanadi va asosan vegetativ massa to'planadi. Urug'dan chiqqan ildizcha o'sa boradi va unda gibberellin, sitokinin kabi fitogormonlar sintezi boshlanadi va poyaga uzatiladi. Ildiz, poya juda tez o'sadi va shuning bilan birgalikda bargning o'sishi ham jadallashadi. Barglarda xlorofillning sintezlanishi bilan o'simlikning avtotrof oziqlanish boshlanadi. Yuvenil bosqichning muddati o'simlik turiga bog'liqdir. Masalan, bir yillik o'simliklarda bir necha xafta bo'lsa, ko'p yillik daraxtlarda bir-necha hatto o'n yillab davom etishi mumkin. 3. yetuklik va ko'payish bosqichi. O'simlik ushbu davrda sxona, gul, urug' va meva hosil qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Meva hosil qilish muddatlariga qarab o'simliklarni ikki guruhga bo'lib qaraladi. Monokarp o'simliklar. Ular o'z hayot mobaynida faqatgina bir marotaba gullab meva beruvchi o'simliklardir. Bu o'simliklar bir yillik yoki ikki yillik o'simliklar bo'lishi mumkin. Masalan, karam, sabzi, piyoz kabi qishloq xo'jaligi ekinlari shular jumlasidandir. Ko'p yillik monokarplarga bambuk daraxti misol bo'lishi mumkin. Ular. 20-30 yil yashab, bir marta gullab meva beradi va shuning bilan quriydi. Polikarp o'simliklar. Bular hayotida ko'p marta gullab, meva beruvchi o'simliklardir. Masalan ko'pchilik mevali daraxtlar shular jumlasidandir. Ekologik omillardan harorat-yarovizatsiya, sutkaning yorug'lik va qorong'ulik davrini almashib ta'sir etishi-fotoperiodizm o'simliklarning gullash jarayonida muhim o'rin tutadi. Yarovizatsiya- ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.17 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga