O'simliklarning rivojlanishi. Rivojlanish fazalari va stadiyalari. Fotoperiodizm

O'simliklarning rivojlanishi. Rivojlanish fazalari va stadiyalari. Fotoperiodizm

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning rivojlanishi. Rivojlanish fazalari va stadiyalari. Fotoperiodizm - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning rivojlanishi. Rivojlanish fazalari va stadiyalari. Fotoperiodizm Reja: 1. O'simliklarning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha, rivojlanish stadiyalari 2. O'simliklarda ontogenezning davo-miyligi. Monokarp va polikarp o'simliklar 3. O'simliklar ontogenezidagi morfo-logik, fiziologik va biokimyoviy o'zgarishlar 4. O'simliklarning rivojlanish faza-lari va rivojlanish stadiyalari 5.O'simliklar rivojlanishiga turli om.illarning ta'siri 6. Fotoperiodizm. Yorug'lik davo-miyligiga qarab o'simliklarda sodir bo'ladigan fotoperiodik reaksiyalar. Uzun va qisqa kun o'simliklari 7. O'simliklar rivojlashiga ichki regulyatorlarning ta'siri O'simlikning o'sishi asosan uning massasi oshishidan va poya, barg, ildiz kabi vegetativ organlarning takror shakllanishidan iborat bo'lib, bu jarayonning asosiy vazifasi organik moddalar to'plash va generativ organlar hosil bo'lishi uchun zarur sharoit yaratishdan iboratdir. Rivojlanish jarayonida esa o'simliklar organizmida malum tartibda kechadigan sifat o'zgarishlari sodir bo'ladi. O'simliklarning hayotiy sikli (ontogenezi) tuxum hujayraning urug'lanib, zigotaning hosil bo'lishidan boshlanadi va mustaqil rivojlanish davrlaridan o'tib, to tabiiy o'lishigacha davom etadi. Ontogenezning boshlanishi vegetativ organlarning o'sish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Asosini o'sish va rivojlanish tashkil etuvchi bu sikl keyin voyaga etish, ko'payish stadiyalardan o'tib, oxirida qarish va o'lish bilan yakunlanadi. Yuksak o'simliklarning hayot sikli (ontogenez)ni to'rt bosqich (stadiya)ga bo'lish mumkin: 1) embrional; 2) yuvenil (yoshlik); 3) voyaga etilish va ko'payish (reproduktiv); 4) qarilik (yoki tabiiy o'lim). Embrional bosqich (stadiya) zigotadan boshlanib, urug'ning pishishigacha bo'lgan davrda mo'rtakning rivojlanishini o'z ichiga oladi. Yuvenil (yoshlik) bosqichi urug'larning unishidan boshlanib, o'simliklarda generativ organlarning hosil bo'lish qobiliyati paydo bo'lguncha davom etadi. Bu davrda o'simliklarning vegetativ organlari - poya, novdalar, ildiz tizimi va boshqalar to'la shakllanadi va vegetativ massa to'planadi. Yuvenil davr bir necha haftadan (bir yillik o'simliklarda) o'nlab yillargacha (daraxtlar) davom etishi mumkin. Voyaga etilish va ko'payish bosqichida o'simliklarda generativ organlar - sxonalar, gullar, urug'lar va mevalar shaklladi. Qarilik bosqichida o'simliklarda urug' va meva hosil bo'lishi to'xtaydi, ularda boradigan fiziologik, biokimyoviy va boshqa jarayonlar uzluksiz sekinlasha boradi va tabiiy o'lim bilan yakunlanadi. Barcha bir yillik, ayrim ikki yillik (sabzi, piyoz, karam kabilar) va juda kam sonli ko'p yillik (bambuk, Meksika agavasi, kavrak) gulli o'simliklar hayotida bir marta gullab, meva beradi va shundan keyin nobud bo'ladi. Bunday o'simliklar monokarp o'simliklar deyiladi. Haqiqiy efemerlar erta bahorda unib, tuproqda to'plangan namlik hisobiga rivojlanadi va gullab, meva hosil qilgach nobud bo'ladi. Kuzgi namgarchilikdan foydalanib ungan efemeroidlarning maysalari qor ostida qishlaydi va erta bahorda gullab, meva hosil qiladi va mevasi pishgach nobud bo'ladi. Efemeroidlar ko'p yillik, ular piyozcha, ildizpoya va ildiz tugunaklari yordamida har yili qayta o'sib, rivojlanadi. Efemer va efemeroidlarning vegetatsiya davri 45-75 kunni tashkil etadi. Bir yillik monokarplar har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.58 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga