O'simliklarning sutkalik gullash ritmi - chetdan changlanishga moslanishdir

O'simliklarning sutkalik gullash ritmi - chetdan changlanishga moslanishdir

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning sutkalik gullash ritmi - chetdan changlanishga moslanishdir - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning sutkalik gullash ritmi - chetdan changlanishga moslanishdir Reja: O'simliklarning sutkalik gullash ritmi - chetdan changlanishga moslanishdir. Gullash ritmlarining borishi. O'simliklarning sutkalik gullash ritmi changlanish jarayoni bilan bevosita bog'liq hodisadir. Kupchilik o'simlik gullarining ochilishi sutkaning malum bir belgilangan vaqtlarida sodir bo'lib, changlovchilarning faol holatga utishi vaqtiga to'g'ri keladi. Shved olimi K. Linney XVII asrda gullardagi bu jarayonlarni mukammal urganib, sutkaning turli muddatlarida ochiladigan gullar kolleksiyasini yigib, gul soatlarini yaratgan. o'simliklardagi bu ko'rinishdagi biologik ritmlar nasldan-naslga utib, mustahkamlanib borgan va organizmlarning tabiiy tanlanishi va adaptatsiyasida muhim faktorlardan biri bo'lib hisoblanadi. Biologik ritm sababli gullarning gulkurgonlari harakati hisobiga generativ organlarni muhitning nokulay sharoitlari (yomgir, sovuk va boshqalar) dan himoya qilish hamda changlovchi xasharotlarni uzigajalb qilish vazifalarini bajaradi. Gulkurgonning harakati, xattoki, gulning uzidan changlanishini osonlashtirish yoki tuskinlik qilish imkoniyatariga xam ega. Gulkurgonlarining harakati, eng avvalo, yorug'lik va issiqlik ta'sirlariga bog'liq bo'ladi. Ayrim gullarning gullash davrining uzunligi (davomiyligi) changchilarining soniga bog'liq ravishda, bir necha dakikadan 80 kungacha davom etishi mumkin. Gullar kanchalik uzoq vaqt gullashda davom etsa, ularning chetdan changlanishiga imkoniyat shunchalik ko'p bo'ladi. Bir tup o'simlikning gullash davrining uzunligi fakat uning generativ novdasidagi gullar soniga bog'liq bo'lib kolmasdan, tupguldagi gullarning navbatma-navbat ochilishiga xam bog'liq bo'ladi. Masalan, karamdoshlar (Brassicacae) oilasiga mansub ayrim o'simliklarda hamda rosyankada yangi gullari birin-ketin ochilmasdan (ob-havo sharoitlariga bog'liq ravishda) kunora ochiladi. Bunday xollarda o'simlik tupining gullash davrining davomiyligi malum muddatga uzayadi. Maydagul tograyxonning turli jinsdagi gullari uzlarining gullash davrining davomiyligi bilan xam bir-biridan farq qiladi. Ikki jinsli gullarining gullash davri 2-2.5 kun, funksional urgochi gullarda esa 1-1.5 kun davom etadi, yani funksional urgochi gullarda gullash davri deyarli ikki barobar qisqa bo'ladi. Bir novdadagi asosiy tupgulning gullash davri 32-36 kun, yon novdadagi tupgullarning gullash davri 66-80 kunga chuzilishi mumkin. ^ulay sharoit bo'lganda butun o'simliklarning gullash davri kungacha davom etishi mumkin. Chunki bir o'simlikda bir nechta generativ novdalar hosil bo'ladi (Djumaev,1990). Sutkaning malum muddatlarida gullari ochilishiga karab o'simliklarni: ertalabki, kunduzgi, kechki, tungi, sutka davomida, sutkasiga ikki marta gullash ritmlariga ega bo'lgan o'simliklarga bo'lishadi. o'simliklarni bunday sistemalashda ulardagi yangi gullarning ochilish vaqti etiborga olinadi. Odatda, 24 soatlik susha tun, ertalab, kun va kechgi vaqtlarga kuyidagicha bulinadi: 00:00-03:00-tungi; 04:00-11:00-ertalabki; 12:00-16:00-kunduzgi; 17:00-23:00-kechki. Masalan, kumisparakning bir kancha turlarida gullar kechga ochiladi va ular kechki gullash tipiga kiradi. Kupgina kunduzgi gullash tipidagi gullar kechka borib, kunduzgi yorug'lik intensivligi kamayishi bilan ochilishdan tuxtaydi yoki xattoki, yopilib koladi. Tungi tipdagi gullar tojibarglarining yopilishiga esa yorug'lik intensivligining oshishi sabab bo'ladi. tashqi muhit omillari gullashning turli tipidagi o'simliklarga bir xil ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.56 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 603.56 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga