O'simliklarning suv rejimi

O'simliklarning suv rejimi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning suv rejimi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning suv rejimi Reja: Yashil o'simliklar tanasidagi suvning miqdori. O'simliklar hayotida suvning ahamiyati. Suvning shimilishi va harakati. Tuproqdagi suv formalari. Ildiz tizimi va uning suvni so'rishi. Ildiz tizimining suvni so'rishiga tashqi sharoit omillarining ta'siri. Tayanch so'zlar: O'simlik turlari, navlari, organlari, suv miqdori, gidroliz, sintez, oksidlanish, qaytarilish reaksiyalar, harakatlanish, suv rejimi, bosqichlari, gravitasion, kapillyar, pardasimon, gigroskopik, apoplast, simplast, transvakuolyar, ildiz bosimi. Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muhitlardan biridir. Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo'ladi yoki anabioz holatiga o'tadi. o'simliklar tanasida suvning miqdori 70% dan to 90% gacha bo'lishi mumkin. Ya'ni bu ularning tur va navlariga, yoshiga, yashash muhitiga, har xil organlariga va hatto hujayra organoidlariga ham bog'liq. Ayniqsa o'simlikning yosh a'zolarida va bargida bu ko'rsatkich to 90 % gacha borishi mumkin. Suv miqdori hujayra protoplazmasida - 80 %, shirasida - 98 %, po'stida 50 % gacha yetishi mumkin. Ayrim ho'l mevalarda juda ko'p: bodringda to 98 %, pomidorda - 94 %, tarvuzda - 92 %, kartoshkada - 77 % gacha bo'ladi. O'simliklarning hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi: Biokimyoviy reaksiyalarning sodir bo'lishi uchun asosiy muhit bo'lib hisoblanadi. Kimyoviy birikma bo'lganligi uchun muhim reaksiyalarda: gidroliz, sintez, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida (fotosintez, nafas olish, mineral elementlarni o'zlashtirish va hoka'zolar) to'g'ridan - to'g'ri ishtirok etadi. O'simliklarni kuchli issiqlik ta'siridan saqlaydi, ular haroratini pasaytiradi (transpirasiya). O'simliklarning tuproqdan qabul qilgan mineral elementlari, uning tanasida hosil bo'lgan organik moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham suv hisobiga sodir bo'ladi. SUVNING SHIMILISHI VA HARAKATI. Barcha quruqlikda yashovchi o'simliklarning tanasida to'xtovsiz suv almashinish jarayoni sodir bo'lib turadi. Bunday jarayonga o'simliklarning suv rejimi deyiladi va u uch bosqichdan iborat: 1) suvning ildiz tomonidan shimilishi, 2) o'simlik tanasi boylab harakati va taqsimlanishi, 3) barglar orqali bug'lanishi - transpirasiY. Bu bosqichlarning har biri bir qancha jarayonlarni o'z ichiga oladi. O'simliklar suvga bo'lgan talabning juda oz qismini yer o'sti a'zolari (asosan barglari) orqali ta'minlaydilar. Bu asosan yog'ingarchilik va havo namligi yuqori bo'lgan davrlardagina yuz berishi mumkin. Normal o'sish va rivojlanishni ta'minlaydigan asosiy suv miqdori tuproqdan ildiz sistemasi orqali olinadi. Tuproqdagi suv formalari. Tuproqdan suv olish uchun o'simlik ildiz hujayralarining so'rish kuchi tuproq eritmasining so'rish kuchidan birmuncha yuqori bo'lishi shart. Chunki tuproqda bunday so'rishga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudki, ular suvni ushlab turuvchi kuchlar deyiladi. Odatda, tuproq tarkibida suv toza emas, balki ma'lum konsentrasiyali eritma holida bo'ladi. Eritmaning konsentrasiyasi tuproqdagi suvda eruvchi tuzlar va boshqa moddalarning miqdoriga bog'liq. Gravitasion suv - suv bilan to'ldirilgan va harakatchan yirikroq tuproq kapillyarlari. Bunday suv yaxshi o'zlashtiriladi. Kapillyar suv - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 144.19 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 144.19 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga