O'simliklarning tinim holatlari va harakatlari

O'simliklarning tinim holatlari va harakatlari

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning tinim holatlari va harakatlari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning tinim holatlari va harakatlari Reja: O'simliklarning o'sish jarayonlarining davriylik xususiyatlari. O'simliklarning tinim davrlari (majburiy, fiziologik). O'simliklardagi tinim davrlarini boshqarish usullari. O'simliklarda sodir bo'ladigan harakat turlari. Tropizm, nutasion harakatlari va ularning ahamiyati. Tayanch so'zlar: O'sishning davriyligi, faol va sekin o'sish, tinim davrlar, majburiy va fiziologik tinim, muddatlari, boshqarish usullari, harakatlar, tropizmlar, geotropizm, fototropizm, gidrotropizm, xemotropizm, niktinastik, nutasiya harakatlari. Yuksak o'simliklarning o'sish jarayoni ma'lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o'sish, sekin o'sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashib turishi bilan bog'liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o'zgaradigan tropik yerlarda o'simliklar butun yil davomida to'xtovsiz o'sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o'zgaradigan barcha yerlarda o'simliklar, kuzdan boshlab, asosan qishda o'sishdan to'xtaydi, barglarni to'kadi, hatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya'ni tinim holatiga o'tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to'la to'xtamaydi balki faol modda almashinuv jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o'tgan daraxtlar, butalar, ko'p yillik o'tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug'lar va umuman tirik hujayralarga ega bo'lgan o'simlik organlari va butun o'simlikda nafas olish to'xtamaydi. Faqat nafas olish jadalligi juda past bo'ladi. O'simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o'rganilgan: 1) majburiy tinimlik; 2) fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. Ya'ni o'sish uchun zarur sharoitning yo'qligi sababli o'simlik tinimlik holatiga o'tishga majbur bo'ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko'p yillik o'simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o'simliklarda tashqi o'zgarishlardan tashqari, ichki zapas moddalarning ximik o'zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to'plangan kraxmal zapaslari asta-sekin shakarga aylanadi. To'qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Bahorga kelib, buning aksicha o'zgarishlar bo'ladi va faol o'sish boshlanadi. Ko'pchilik o'simliklar tinimlik holatini maxsus organlari - ildiz tugunaklar, piyozboshlar, poyalar holatida o'tkazadilar. Yozning jazirama issiqlarini ham shu holatda o'tkazishlari mumkin. Urug'lar ham suvning miqdori kam bo'lganda o'zlarining tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular yetarli suv bilan ta'minlansa faol o'sish boshlanadi. Fiziologik tinimlik- o'simlikning ichki sabablari asosida sodir bo'ladi. Masalan, ichki mo'rtak tashqi qobiq tufayli unmasligi mumkin. Bunda mo'rtakning fiziologik va morfologik to'la yetilmagani yoki boshqalar sabab bo'lishi mumkin. Ma'lum darajada fitogormonlarning balansi (ISK, sitokininlar, gibberellinlar va ABK) orqali tinimlik boshqariladi. Tinimlik holatida ABK - ning miqdori ko'p. Tinimlikdan chiqqanda esa gibberellin va sitokininlarning miqdori ko'payadi. Yozgi kurtaklar ham ichki omillar ta'siri natijasida tinimlik holatida bo'ladi. Yangi qazib olingan kartoshka issiq joyda va nam tuproqda unib chiqmaydi. Bir necha oydan keyin esa uning unib chiqishini quruq havo va sovuq joyda ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.68 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga