O'simliklarning urug' mahsuldorligi va unuvchanligi Reja: O'simliklarning urug' hosil qilish maxsuldorligini aniqlash O'rug'larning unuvchanligi va unish energiyasini aniqlash O'simliklarning urug' hosil qilish maxsuldorligini aniqlash Populyatsiyalarga tavsif berishda o'simliklarning urug maxsuldorligi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Urug maxsuldorligini aniklashda uning potentsial (PUM) va haqiqiy urug maxsuldorliklari (HUM)ni aniqlash zarur bo'ladi. o'simliklarning potentsial urug maxsuldorligini aniklashda, avvalo, bir o'simlikdagi jami gullar soni aniklanadi. Shundan keyin xar bir gulning normal sharoitda hosil qilishi mumkin bo'lgan uruglar soni aniklanadi va bir o'simlikdagi hosil bo'lgan jami gullar soniga kupaytirilib, bir tup o'simlikning nazariy jihatdan hosil qilishi mumkin bo'lgan potentsial urug maxsuldorlik aniklanadi. Potentsial urug maxsuldorligi - xar bir guldagi, tupguldagi, bitta novdadagi va butun o'simlikdagi jami urugkurtaklar sonini aniklashdan iborat bo'ladi. Ushbu olingan natijalar o'simlikda maksimal darajada hosil bo'lishi mumkin bo'lgan uruglar sonini belgilaydi. Haqiqiy urug' maxsuldorligini aniqlash uchun bitta gulda, tupgulda va bir tup o'simlikda jami (real ravishda) hosil bo'lgan uruglar soni aniklanadi. Xdkikiy urug maxsuldorligi «UM) potentsial urug maxsuldorligi (PUM) ga karaganda ancha past bo'lishi mumkin. Chunki turli xil tashqi muhit sharoitlarida rivojlanayotgan o'simlik turli xil nokulayliklarga uchrashi va o'simlikning tulik urug hosil qilishiga imkoniyati etmasligi mumkin. o'simlikdagi haqiqiy urug maxsuldorligining potentsial urug maxsuldorligiga nisbati % hisobida belgilanadi va o'simlikning urug maxsuldorligi koeffitsiyenti aniklanadi. Masalan, yalpizdoshlar oilasi vakillarida xar bir gulning ginetseyida 4 tadan urugkurtak etiladi. Demak, ularning bitta gulida 4 ta urug hosil bo'lishi mumkin. Agarda bitta tograyxon (misol tarikasida) usimligida o'rtacha 600 dona gul hosil bulsa, ushbu rakamni 4 ga kupaytiramiz va tograyxon usimligining bir tupida potentsial urug maxsuldorligini anshdaymiz. Bu kuyidagicha amalga oshiriladi: 1x4=4, buusulda bir gulning potentsial urug maxsuldorligi aniklanadi; 600 x 4 = 24 00, bu usul bilan esa bir o'simlikning potentsial urug maxsuldorligini belgilaydi, yani bir o'simlikda hosil buladigan gullar soni ulardagi mavjud bo'lgan urugkurtaklar soniga kupaytiriladi. Shunga ko'ra, tograyxon usimligining bir tupida 24 00 dona urug hosil bo'lishi mumkinligini aniklaymiz. haqiqiy (real) holda esa o'simlikda, aytaylik, 21 00 dona urug hosil bo'lganligi aniklandi, deylik. 21 00 dona urug o'simliknish haqiqiy (real) urug' maxsuldorligini belgilaydi. Urug maxsuldorligi koeffitsiyentini aniqlash uchun potentsial urug' maxsuldorligi va haqiqiy (real) uruF maxsuldorligining nisbatlari foizlarda hisoblab topiladi: UMK = PUM - XUM = 24 00 - 21 00 = 87.5 %, yani tograyxonning bir tup usimligining uruF maxsuldorligi koeffitsiyenti 87.5 % ga teng bo'ladi. O'rug'larning unuvchanligi va unish energiyasini aniqlash Uruglarning unuvchanligi ekishga yarokliligini belgilaydigan eng muhim xususiyatlaridan biridir. Uruglarning unuvchanligi ekinning kalinligiga, o'simliklarning bir yula yaxshi rivojlanishiga katta ta'sir kursatadi. Laboratoriya sharoiti ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
149.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
149.82 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc