O'simliklarning vegetative ko'payishi

O'simliklarning vegetative ko'payishi

O'quvchilarga / Botanika
O'simliklarning vegetative ko'payishi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning vegetative ko'payishi Reja: O'simlikshunoslikda vegetativ ko'payishning qo'llanilishi O'simliklarning izolirlangan hujayra va to'qimalari kulturasi O'simliklarning harakatlari O'simliklarning vegetativ ko'payishi, ota-ona qismlaridan yangi individning hosil bo'lishidir. Ushbu ko'payishda genetik jihatdan bir xil organizmlar hosil bo'ladi. Vegetativ ko'payish o'simlik yer ustki qismlarining yangilanishiga ham olib keladi. Vegetativ ko'payishi bir necha xil bo'lishi mumkin: Tugunaklar orqali ko'payish. Tugunak ko'rinishi o'zgargan poya bo'lib yer osti uchki qismining yo'g'onlashuvidan iboratdir. Unda asosan barglarda sintezlangan kraxmal yig'iladi. Tugunakning bo'g'im oraliqlari qisqa bo'ladi. Uning kurtaklari chuqurchada joylashganligi uchun ko'zchalar ham deyiladi. Ushbu kurtaklarning meristemalari chuqur tinim holatida bo'ladi. Bu kurtaklarning chuqur tinchlik holatida bo'lishligi ularning to'qimalarida va ko'zcha hujayralarida ABK gormoni miqdorining yuqori bo'lishi, ko'zchalarda ingibitorlik xususiyatga ega bo'lgan fenol birikmalarining yani skopolitenning ko'p bo'lishi tinchlik holatiga sabab bo'ladi. Chunki ushbu fiziologik faol birikmalar RNK va oqsil sintezini to'xtatadi hamda membranalarning holatiga ta'sir qiladi. Ko'zchalarning tinchlik holatidan chiqishi davrida esa fenol tabiatli ingibitorlar va ABK gormonining miqdori 10-100 marta kamayib erkin gibberellinning miqdori ortib ketadi. Kartoshka tugunaklarini ekzogen gibberellin bilan ishlash orqali yangi kartoshka tugunaklarini ham ekish va undan bir yilda ikki marotaba hosil olish mumkin. Piyozboshlar orqali ko'payish. Ma'lumki piyozbosh olti qismdan yani piyoz tubi, yon ildizlar, quruq tangachasimon barg, suvli tangachasimon barg, yon kurtak va uchki kurtaklardan iborat. Ularning tinchlik holati ABK gormonining yuqori miqdori tufayli saqlab turiladi. Piyozboshning ko'karishi oldidan ABK gormonining miqdori kamayib, sitokinin, auksin va gibberellin gormonlarining miqdorlari ortadi. Gajaklar orqali ko'payish. O'simliklarda gajaklar hosil bo'lishiga asosiy sabab ularning uchki va yon kurtaklarining ona o'simlikdan oziqlanishi tufayli ularga GA gormoniningyetib kelmasligidir. Agar qulupnayning gajak hosil qilmaydigan mutantlarini GA bilan ishlasak u gajaklar hosil qila boshlaydi. O'simliklarning gajaklar orqali ko'payishiga biz qulupnayning ko'payishini misol qilib ko'rstishimiz mumkin. Ildizpoyalar orqali ko'payish. Ildizpoya juda kuchli o'zgargan novda bo'lib, bug'in oraliqlariga bo'lingan. Bug'inlardan qushimcha ildizlar o'sib chiqadi, tangachasimon shakli o'zgargan barglarning qo'ltig'ida esa barg kurtaklari joylashadi. Xuddi novda singari ildizpoyada ham uchki va yon kurtaklar mavjud. Bu kurtaklardan o'simlikning yer ustki qismlari o'sib chiqadi. Ildizpoyalar orqali ko'payuvchi o'simliklarga marvaridgul, bug'doyiq va g'umay o'simliklari misol bo'la oladi. Qalamchalar va barglar orqali ko'payish. Barglar prqali ko'payishga begoniya o'simligining barglar orqali ko'payishini misol qilish mumkin. Qalamchalar orqali ko'payish qishloq xo'jaligi amaliyotida eng ko'p qo'llaniladigan uslublardir. Masalan, tol, terak, tok, anor, anjir, atirgul va boshqa ko'pchilik o'simliklar qalamchalar orqali ko'paytiriladi. Bunda kuz faslida tayyorlab quyilgan yoki bahor faslida olingan novdalar 50-60 sm chuqurlikga, tepada 10-15 sm qoldirib ekiladi va yerning namiga qarab doimiy ravishda sug'orib turiladi Parxish orqali ko'payish. Parxish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.08 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga