O'simliklarning zararli gazlar, radiasiya, ksenobiotiklar ta'siriga chidamliligi Reja: O'simliklarning gazlar ta'siriga chidamliligi. O'simliklarning radiasiya ta'siriga chidamliligi. O'simliklarning ksenobiotiklar ta'siriga chidamliligi (pestisid, gerbisid, defoliant va desikantlar). Tayanch so'zlar: Ksenobiotiklar, og'izchalar, radioaktiv moddalar, uran, izotoplar, populyasiya, nuqlein kislotalar, fermentlar, membrana lipidlari, pestisid, gerbisid, defoliant, desikant, mitoz, simazin, ingibitor, detoksikasiya, defolyasiya, gigroskopik, desikasiY. Fan-texnika va xalq xo'jaligi taraqqiyotining hozirgi davrida tabiat va jamiyatning o'zaro ta'siri bilan bog'liq bo'lgan muammolar asosiy va murakkab muammolar bo'lib bormoqda. Shulardan biri tabiiy muhitning zararli gazlar, radioaktiv moddalar va zaharli ximikatlar bilan ifloslanish va ularning oldini olish muammosidir. O'simliklarning zaharli gazlar ta'siriga chidamliligi. Sanoat, transport va boshqa ishlab chiqarish jarayonlarining faoliyati natijasida atmosferaga juda ko'p chiqindilar tarqalmoqda. Natijada havoga 200 dan ortiq har xil kimyoviy komponentlar qo'shilmoqda. Bularga gazsimon birikmalar: oltingugurt (SO2), azot oksidlari (NO, NO2), is gazi (CO), ftorli birikmalar va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Shuningdek sulfat, xlorid kislotalari, fenol bug'lari ham ajralib turadi. Sanoati yaxshi taraqqiy etgan mamlakatlarda atmosfera havosi ifloslanishining 52,6% transport faoliyatiga, 18,1% isitish tizimlariga, 17,9% sanoat chiqindilariga, 1,9-9,5 % chiqindilarni kuydirish va boshqa jarayonlarga to'g'ri keladi. o'simliklarga zaharli ta'sir etish qobiliyati asosida, bu gazlarni quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: 1) F2.Ce2 SO2NOCOCO2 yoki 2) Ce2SO2NN3HCNH2S (V.V.Polevoy 1989). Gazlar ta'siriga chidamli o'simliklarning og'izchalari (ayniqsa SO2 va Ce2 gazlariga) juda sezgir bo'lib, ular og'izchalarini tez yopib oladi va zaharli gazlarning to'qimalariga o'tishini cheklaydi. Ko'pchilik izlanishlarning ko'rsatishicha, sho'rlik va qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar gazlar ta'siriga ham chidamli bo'ladi. Atmosferaning nordon gazlar bilan ifloslanishi ko'proq yirik shaharlar va sanoat markazlari hududiga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham ko'kalamzorlar hosil qilish jarayoniga ilmiy yondoshish, ya'ni gazlar ta'siriga chidamli o'simliklarni tanlash va tavsiya etish katta ahamiyatga ega. Chunki o'simliklar atmosfera havosini tozalash qurbiga ega bo'lgan yirik omildir. O'z navbatida o'simliklarning gazlar ta'siriga chidamliligini oshirish usullaridan foydalanish ham mumkin. Bularga: urug'larni chiniqtirish, o'simliklarning mineral oziqlanish jarayonlarini mo'tadillashtirish, suv bilan ta'minlashni to'g'ri yo'lga qoyish va boshqalar. Hatto urug'larni ekishdan oldin sulfat va xlorid kislotalarning suyuq eritmasida ivitish ham o'simliklarning gazlarga chidamliligini oshiradi. O'simliklarning radiasiya ta'siriga chidamliligi. Tabiiy muhitning eng xavfli vaziyatlaridan biri uning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishidir. Shuning uchun ham uning oldini olishga juda katta e'tibor berilmoqda. Yer shari ma'lum miqdordagi tabiiy va sun'iy radioaktivlik natijasida hosil bo'lgan. Radioaktiv elementlar: uran-238, uran - 235, toriy-232, kaliy-40, uglerod-14 va boshqalar planetamizda ma'lum miqdorda tarqalgan bo'lib, vaqt o'tishi bilan ular doim parchalanib o'zgarib turadi. Ularning ayrim yemirilish davri juda uzoq muddatga teng bo'lib, uran-238 ning yarim yemirilish davri 4,51 mlrd. yil, uran-235 ning yarim yemirilish davri 713 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.86 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc