Reja. 1.Ildiz va uning xususiyatlari. 2.Ildiz sistemasi va uning klassifikasiyasi. 3.Ildiz metaforfozi. 4.Novdaning shakli va vazifasi. 5.Novdaning shoxlanish tiplari. 6.Bargning vazifasi va shakli. Vegetativ organ lotincha (vegetatio so'zidan olingan bo'lib; o'sish rivojlanish degan ma'noni bildiradi) o'simlikning ildiz poyasi bargi vegetativ organ hisoblanadi. O'simliklarning ildizlarida zahira moddalar to'planadi, shuningdek ildiz vegetativ organi bo'lib ham xizmat qiladi, ildiz qand lavlagi, sabzi, sholg'om, rediska kabi o'simliklarda oziq moddalar jamg'aradigan organ hisoblanadi. Siren', zirk yer qalampir o'simliklari ildiz vositasida ko'payish xususiyatiga ega, ko'pchilik gulli o'simliklar ildizlarida tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug''lar birga hayot kechirib, modda almashuvida qatnashadi. Mikoriza deb, yuksak o'simlik o'z ildizi vositasida zamburug''lar bilan birga hayot kechirishi tushuniladi. zamburug'' miselissi ildizni tashqi tomondan o'rab turib, o'ziga xos qoplamani hosil qiladi, tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o'simlikka olib beradi. Yuksak o'simlik esa zamburug''ga organik moddalarni berib turadi. Tuganaklar dukkakdoshlar oilasining vakillarining Rhizobium bakteriyasi bilan simbioz yashashi asosida vujudga keladi. Ildiz hujayralaridagi bu bakteriyalar atmosfera azotini o'zlashtiradi. Natijada, bu hujayralar yiriklashib tuganaklarni hosil qiladi. Ildizning tuproqda tarqalishiga qarab yuzada joylashgan, chuqurda joylashgan guruhlarga ajratish mumkin. A.P. Modestavfikricha makkajo'xori, bug'doy, suli kabi o'simliklar ildizlari 200-250 sm, kungaboqar va lavlagi ildizlari 270-280 sm, beda 10-15 m yantoqda undan chuquroqda joylashgan. Bir tup kuzgi bug'doy ildizi uzunligi 600 km,yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 100 km uzunlikni, 200 m2 yuzani tashkil qiladi. Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini o'simlikka agrotexnik ishlov berishda nazarda tutish lozim. Ildiz sistemasini klassifikasiya qilishda uning kelib chiqishi, shoxlanish va morfologik tuzilishi nazarda tutiladi. Kelib chiqishiga ko'ra ildizlar 3 guruhga bo'linadi. 1. Asosiy ildiz. 2.Yon ildiz. 3.Qo'shimcha ildiz. Asosiy ildiz, gulli o'simliklar urug'idagi mo'rtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo'ladi va vertikal holda yo'nalib tuproqqa chuqur kirib boradi. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildiz yaxshi o'smaydi va tez nobud bo'ladi.Yon ildizlar asosiy va qo'shimcha ildizlardan ko'payadi. Tuproqning yuqori qatlamida namgarchilikning kamayishi bilan yon ildizlar tuproqning ostki qismiga kirib boradi.Yon ildizlar o'z navbatida shoxlanib birinchi tartib ildizni chiqaradi, bu ildiz esa ikkilamchi ildizni chiqaradi va hakozo. Asosiy, yon va qo'shimcha ildizlar o'simlikning ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga ko'ra o'q va popuk ildizlar bo'ladi, o'q ildiz ikki pallali o'simliklar uchun xos bo'lib, bunda asosiy ildiz yaxshi rivojlangan bo'ladi. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi rivojlanmaydi, uning o'rniga yon ildizlar taraqqiy etgan. Ildiz tiplarini aniqlashda uning suv va unda erigan mineral moddalarni qaerdan olishi nazarda tutiladi. Shuning uchun quyidagi tiplari mavjud. 1. Yer osti ildizlar; 2. Suv ildizlar; 3. Havo ildizlar. 4. Gaustoriya so'ruvchi ildizlar. 70 % dan ortiq o'simliklar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.76 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:21 ]
Arxiv ichida: doc