O'simlikshunoslik va chorvachilikda gen va hujayra muhandisligi yutuqlarining qo'llanilish istiqbollari

O'simlikshunoslik va chorvachilikda gen va hujayra muhandisligi yutuqlarining qo'llanilish istiqbollari

O'quvchilarga / Botanika
O'simlikshunoslik va chorvachilikda gen va hujayra muhandisligi yutuqlarining qo'llanilish istiqbollari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. O'simlikshunoslikda gen va hujayra muhandisligi yutuqlarining 2. Chorvachilikda gen va hujayra muhandisligi yutuqlarining qo'llanilish 3. Xulosalar. 1.So'ngi10 yil mobaynida gen muhandisligi biotexnologiyasiga asoslangan metodologiya o'simlik seleksiyasida katta burilish yasadi. Har xil turga mansub o'simlik hujayralarini qo'shib yangi o'simlik turlari yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. Bu texnolotpya tez kunda o'zining istiqboli cheksiz ekanligini namoyon qildi Nashjada tadqiqotchilar hujayra genotipini qayta tuzish va genotipga maqsadga muvofiq yot genlar kiritish evaziga hujayra irsiyatini o'zgargirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Irsiyati o'zgartirilgan o'simliklaridan va o'simliklarning har qanday hujayrasidan sun'iy sharoitda yetuk organizm yaratash biotexnologiyasi ishlab chmqildi. Klassik genetika usuli bilan irsiyatni o'zgartirishning asosiy kamchiligi ikki genotip chatishtirilganda ularning barcha xo'jalik uchun molik va molik emas genlari o'zaro rekombinatsiyalanshidir. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navnpng xususiyatini buzuvchi ko'pdan ko'p geplar ham o'tadi. Gen muhandisligi usulini qo'llaganda bu muammo yengil xal qilinadi. Buning uchun takomillashtarilayotgan o'simlik navi huayrasiga qimmatbaho sifatli gen kiritaladi va bu hujayradan yetuk o'simlik olinadi. Muayyan bir genni o'simlik huysayrasiga kiritish plazmida vektorlari yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda o'simlikshunoslikda bunday vektor vazifasini agrobaktsriyaning Ti plazmidasi o'tamoqda. Tabiatda agrobakteriyaning Ti plazmida saqlovchi turi o'simlikni zararlantiradi. Zararlangan o'simlik tanasidagi hujayralar palapartish bo'linishi natijasida shish hosil bo'ladi. Bu shishni Ti plazmida genomining tDNK bo'lagi chaqiradi. Buning sababi tDNK ning o'simlik hujayrasi genomiga. birikishi va uning xususiyatini buzishidir. tDNKiing bu xususiyatidan gen muhandisligida keng foydalannladi. O'simlik irsiyatini gen muhandislik usuli bilan o'zgartirish uchun plazmidaning tDNK qismi restriktaza bilan kesib olinadi va rVK 322 plazmidasi bilan biriktirilib klonlanadi. Yaratilgan sun'iy plazmida vektor konstruksiya deb ataladi. Vektor konstruksiyaning tDNK qismiga xo'jalik ahamiyati uchun qimmatli bo'lgan o'simlik geni ko'chirib o'tkaziladi. Natijada tDNK shish chaqirish qobiliyatini yo'qotadi, chunki yot gen tDNKni ikki bo'lakka bo'lib yuborgan. Tarkibida tDNK va yot genga ega vektor konstruksiya o'simlik protoplastiga kiritilib xromosoma DNKsiga birikishi natijasida yot gen o'simlik irsiyatiga o'tkaziladi. So'nggi yillarda vektor molekula tarkibiga kiritilgan yot genlarni o'ta kuchli elektr maydoni ta'sirida yoki maxsus gen otuvchi zambarak vositasida o'simlik yoki hayvon hujayrasiga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Lekin bu usullar texnik jihatdan murakkab va qimmat bo'lganligi sababli maxsus hollardagina ishlatiladi. Genetik transformatsiya qilingan o'simlik hujayrasidan transgen o'simlik olinadi Transformatsiya qilingan o'simlik hujayrasi bo'linishi natijlsida. malum bir programma bo'yicha rivojlanmaydigan hujayralar to'plami hossh bo'ladi. Bunday to'plam kallus to'qima deb ataladi. Kallus to'qima hujayralaridan ayrimlari o'simlik gormoni va boshqa rsgulyator moddalar ta'sirida malum programma bo'yicha bo'lina. boshlaydi. Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o'simlik embrion to'qimasi va barcha jihatdan normal, voyaga etgan transgen o'simlik olinadi. Transgen o'simlikning har ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.75 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga