O'simlikshunoslik va donchilik - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmog'i

O'simlikshunoslik va donchilik - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmog'i

O'quvchilarga / Botanika
O'simlikshunoslik va donchilik - qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmog'i - rasmi

Material tavsifi

Reja: O'simlikshunoslik va donchilik fanlarining aќamiyati va bu fanlarning maqsad va vazifalari O'simlik turlarining shakllanish sharoiti va biologiyasi Dala ekinlarining guruќlarga bo'linishi O'zbekiston o'simlikshunosligi 1. O'simlikshunoslik qishloq xo'jaligining asosiy tamoqlaridan biri bo'lib, aќoli uchun oziq-ovqat maќsulotlari, chorvachilik uchun yem-xashak va ko'pgina yengil sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo yetishtirish maqsadida ekin ekib o'stirish va tabiatda yovvoyi ќolda o'sadigan o'simliklardan foydalanish masalalari bilan shug'ullanadi. Bu tarmoqning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligi, sharoitni ќar doim o'zgarib turishidir. Qishloq xo'jaligida doimo yangi o'simliklar, navlar, yangi texnologiyalarning kirib kelishi tufayli bu soќadagi mutaxassislardan chuqur serqirrali bilim talab qilinadi. O'simlikshunoslik va donchilik chorvachilik bilan chambarchas bog'langan. Chorvaga talab qilinadigan ko'kat, dag'al va shirali oziqalar o'simliklardan tayyorlanadi. O'simliklarga talab qilinadigan organiq o'g'itlar chorvachilikdan olinadi. O'simlikshunoslik qishloq xo'jaligining asosiy tarmog'i bo'lib, dala ekinlari va urug'larning biologik va ekologik xususiyatlarini o'rganish, ma'lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo'lgan ilg'or texnologiyani ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishda keng joriy etish natijasida mo'l va sifatli ќosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradi. 2. O'simlikdan yuqori ќosil olishni ta'minlaydigan texnologiyalar yaratilganda eng avval o'simliklarning biologikxususiyatlariga asoslanadi. O'simlikning «biologiyasi» deb, o'suv davrida o'simlikda bo'ladigan o'zgarishlar va rivojlanishi uchun talab qilinadigan sharoit tushuniladi. O'simlikning tashqi sharoitga talabi o'rganilganda, bunda uning issiqlikka, yorug'likka, suvga, ozuqaga va tuproqqa bo'lgan talabi ќisobga olinadi. O'simlik turlari yoki genotip ma'lum bir tuproq va iqlim sharoitida shakllanadi va shu jarayonda o'simlikda ma'lum biologik xususiyatlar vujudga keladi. Demak, o'simlikning biologiyasini bilish uchun uning kelib chiqqan mintaqalarini bilmoq zarurdir. Bu ma'lumot juda muќim bo'lganligi uchun olimlar tomonidan tadqiqot qilinib, o'simliklarning 12 ta kelib chiqish markazlari aniqlangan. Xitoy-Yaponiya markazi - soya, yumshoq bug'doy, marjumak Indoneziya-Janubiy Xitoy - suli, shakar qamish, meva va sabzavot ekinlari Avstraliya markazi - sholi, g'o'za, sebarga, tamaki Ќindiston markazi - sholi, ќind bug'doyi, g'o'za turlari, meva va sabzavot ekinlari O'rta Osiyo markazi - ko'k no'xat, mosh, yasmiq, no'xat, nasha, g'o'za turlari, qovun, ko'p yillik o'simliklar Old Osiyo markazi - bug'doy turlari, arpa, suli, javdar, ko'k no'xat, beda, zig'ir, meva va sabzavot ekinlari O'rta Osiyo dengizi markazi - suli, arpa, bug'doy turlari, zig'ir, karam, lavlagi, sabzi, sholg'om, piyoz, sarimsoq, ko'knori, oq xantal Afrika markazi - jo'xori turlari, tariq, kanakunjut, sholi, bug'doy turlari, dukkakli ekinlar, kunjut, g'o'za turlari Ovropa-Sibir markazi - tolali zig'ir, duragay sebarga, beda turlari, meva va sabzavot ekinlari Markaziy Amerika - makkajo'xori, loviya, qovoq, shirin kartoshka, maxorka, qalampir, ko'p yillik o'simliklar Janubiy Amerika - madaniy kartoshka, tamaki, pomidor, makkajo'xori turlari Shimoliy Amerika ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.07 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.07 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga