O'sish jarayonlarining boshqarilish mexanizmi

O'sish jarayonlarining boshqarilish mexanizmi

O'quvchilarga / Botanika
O'sish jarayonlarining boshqarilish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

O'sish jarayonlarining boshqarilish mexanizmi Reja: Fitogormonlar haqidagi ta'limotning rivojlanishi. O'sish jarayonlarini tezlatuvchi moddalar va ularning turlari. O'sish ingibitorlari va ularning turlari. Fiziologik faol sun'iy moddalar va ulardan foydalanish. Tayanch so'zlar: Fitogormonlar, auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar, abssizinlar, etilen, o'stiruv moddalar, o'simlik gormonlari, kimyoviy tarkibi, meristematik to'qimalar, Xolodniy, Vent, Kegel, Kurosava, Yabuta, Kross, gibberellin kislotasi, foydalanish, samaradorligi, gibbersib, retordant. O'simlik gormonlari yoki fitogormonlar - o'simlik tanasida juda oz miqdorda (10-13 - 10-5 moll) hosil bo'ladigan faol moddalar bo'lib, fiziologik jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etadi. Bu moddalar yordamida hujayralar, to'qimalar va organlar o'rtasidagi o'zaro aloqa amalga oshadi, hamda o'simliklarning o'sish jarayoni tartibga solinadi. Fitogormonlar haqidagi ta'limot XX asrning 30-yillarida N.G.Xolodniy va V.V. Vent tomonidan yaratilgan. Ular o'simliklarning o'sishining gormonal nazariyasini taklif etdilar. Keyingi yillarda auksinlar, gibberellinlar, sitokininlar, abssizinlar, etilen va boshqalar mavjudligi aniqlandi. Fitogormonlarni 1983 yilda Boysen-Yensen va 1963 yilda E.Sinnot «O'stiruvchi moddalar» deb atashni taklif etadi. Keyingi yillarda ular ko'proq «O'simlik gormonlari», «fitogormonlar» deb yuritila boshlandi. Bu birikmalar o'simliklarning Yosh barglarida, poya va ildizlarning o'suvchi qismlarida hosil bo'ladi va keyin o'sish jarayonlari faol joylarga ko'chiriladi. Ular o'z ta'sirlarini juda oz miqdorda ham amalga oshiradi. Ya'ni o'simlik tanasidagi bir qancha reaksiyalarda ishtirok etadi va ularni boshqaradi. Auksinlar. O'simliklar poyasi va ildizning uchki (apikal) qismida hosil bo'ladigan bir gruppa moddalarga auksinlar deyiladi. Ular asosan indol tabiatli kimyoviy moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarning mavjudligi to'g'risida birinchi marta 1880 yilda Ch.Darvin fikr yuritgan. U o'simliklar harakatining (tropizmlar) mexanizmini o'rganish maqsadida etiollangan maysalarga bir tomondan yorug'lik ta'sir ettiradi. Maysalar poyasining uchki qismi yorug'likka tomon egiladi. Poyaning uchki qismi (3-4 mm) yorug'lik o'tkazmaydigan qora qog'oz bilan o'rab qoyilganda esa maysalar egilmaydi va to'g'ri o'sa boshlaydi. Maysalarning uchki qismini ochiq koldirib boshqa hamma qismini qora qog'oz bilan uraganda ham ular yorug'likka tomon egiladi. Shuning uchun CH.Davrin maysalarning uchki qismi yorug'likni faol sezuvchi va sensorlik funksiyasini bajaradi, Chunki o'simliklarning o'sish nuqtalarida qandaydir moddalar hosil bo'ladi va ularga yorug'lik ta'sir etadi degan xulosaga keladi. Auksin grekcha «auxano» - o'sish ma'nosini bildiradi. Birikma ko'pincha geteroauksin (C10H9O2) deb ataladi. U o'simliklar poyasi va ildizlarining uchki o'suvchi qismlarida hosil bo'ladi va boshqa organlarga ko'chiriladi. NH indolil-3-sirka kislota: CH2 - COOH O'simliklar tarkibida auksinlar erkin va bog'langan holda uchraydi. O'sishga faqat erkin holdagi auksinlar ta'sir etadi. Bog'langan auksinlarning fiziologik tabiati aniqlangan emas. Auksinlar o'simliklardagi muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ular hujayralarning bo'linish va cho'zilish jarayonlarini, nafas olish, oqsillar, uglevodlar hamda nuklein kislotalarning sintezini faollashtiradi. Umuman, auksinlar hujayralarning funksional faoliyatini kuchaytiradi. o'simliklarning auksinlar to'plagan organlari o'zlariga (boshqa organlardan) oziqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.4 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga