O'zbekiston o'simliklarini muhofaza qilish

O'zbekiston o'simliklarini muhofaza qilish

O'quvchilarga / Botanika
O'zbekiston o'simliklarini muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Markaziy osiyoning hududi va relyefi. 2. Cho'llar zonasining o'simliklari. 3. O'zbekiston tog'larining o'simliklari. 4. Sug'oriladigan yerlar (vaholar) ning o'simliklari. 5. O'zbekiston o'simliklarini muhofaza qilish. Markaziy Osiyo hududida O'zbekiston Respublikasi maydoni joylashgan bo'lib, relyefi juda murakkab. hududning asosiy qismini tekislik egallaydi. Bu tekislik g'arbda Orol va Kaspiy dengizlari sohalaridan boshlanib , sharqda va janubiy sharqda Tyan - Shan va Pomir Oloy tog'lari etaklarigacha cho'zilib boradi Sirdaryo va Amudaryo kesib o'tgan hududi Turon past tekisligi deb ataladi shimoliy tomoni Qozog'iston cho'llariga borib qo'shiladi. Janubda esa Kopetdog' tizmasi va Paropomiz qirlariga etib boradi. O'rta Osiyo cho'llarining hozirgi holati va Cho'l o'simliklaridan xo'jalikda foydalanish. O'rta Osiyo Respublikalari va janubiy Qozog'iston teritoriyalari-ning juda ko'p qismini cho'llar tashkil etadi. Bunday cho'llar orasida maydonning kattaligi va xo'jalikdagi ahamiyatiga ko'ra, Qumli cho'llar birinchi o'rinda turadi. Undan keyin shuvoqli (gipsli) sho'rxokli efimer cho'llari turadi. Qorako'l qo'ylari boqiladigan qumli cho'llar (Yaylovlar) Turkmaniston, Qoraqalpoq. Avtonom Respublikasi va janubiy Qozog'istonda ko'p tarqalgan bo'lib, O'zbekiston va Qozog'istonda shuvoqli hamda sho'rxokli cho'llar ko'proq uchraydi. Efimer cho'li esa barcha O'rta Osiyo Respublikalari maydonida uchraydi. Shunday qilib hozirgi vaqtda O'rta Osiyodagi cho'llarning dehqonchilik uchun qulay bo'lmagan joylarida chorvachilikni rivojlantirish rejalashtirilgan chorvachilikni rivojlantirishda muhim omillardan biri cho'l o'simliklarining maxsuldorligini oshirish va ba'zi xushxo'r to'yimli o'simliklarni ekib ko'kartirish muhim rol o'ynaydi Bu sohada dastlabki yutuqlar qo'lga kiritilgan. Masalan: Turkmaniston va O'zbekiston teritoriyasidagi cho'llarda shuvoq, erkaksupurgi, saksovul ,singren, qandim, qizilcha, karrak, keyrek kabi juda ko'p turkumlarning vakillari muvaffaqiyatli ravishda o'stirilmoqda. Tabiiy holda o'sayotgan iloq, qo'ng'irbosh, yaltirbosh, karrak, selen, tersken, shuvoq, qizilcha, qandim, izen kabi o'simliklar holatini yaxshilash ishiga e'tibor berilmoqda va shu maqsadda bu maydonlarda rejali ravishda mol boqilishi to'g'ri yo'lga qo'yilmoqda. Cho'l o'simliklari faqatgina chorva mollari uchun em xashak sifatidagina emas, balki xo'jalikning boshqa sohalari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq tayyorlanadi va ziravor sifatidafoydalaniladi, bo'yoq oshlovchi, oshlovchi moddalar, efir moylar, olinadi va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Qum sabzi (Sehumannia karelinii) va kovrak (Ftrula dshaudshamyr) kabilarning ildizmevasi va kumarchiq hamda qumtarin (Sorisprum lthmahnianum. C.apterum) kabilarning urug'i oziq hisoblanadi, arnebiya (arnebia orintalis) va nomneya (Nonnea picta) kabilarning ildizidan bo'yoq olish mumkin. Cho'l chuxrosi (Rheum turkestanicum) qandim, yulg'un, kermak kabilardan oshlovchi moddalar olinadi. Psammogeton (Psammogeton satifolium) efir moyli o'simliklardan biridir. Manzarali (dekarativ) o'simliklardan lola (Tulipa), shirach (Eremurus), smirnoviya (Cimirnovea turkestanica), astragal (Astragalus maximoviczii), boyxalcha, ersovun (Leontice eversmannii) kabilarini ko'rsatish mumkin. Dorivorlik ahamiyatiga ega bo'lgan o'simliklardan, cho'g'on(aellenia), itsegak (anabasis), ersovun (Leontice), lolaqizg'aldoq (Papaver povonimum), quyon suyak (Ammoderdron conollye), isriq (Peganum harmala) kabilarni ko'rsatish mumkin. Mahalliy xalq ko'pincha gallofil o'simliklardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.25 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga