O'zbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan karantin begona o'tlar Reja: Kaliforniya kungaboqarining botanik xarakteristikasi. Kiprikli kungaboqarga ta'rif. Bog'lardagi begona o'tlarga gerbicidlarning qo'llanilishi. Kaliforniya kungaboqari-Helianthus californicus DC turi Asteraceae oilasiga mansub poyasi tik o'suvchi, shoxlangan, 3 m balandlikdagi o'simlik (15-rasm).Bargi navbat bilan joylashadi, barg bandi yaxshi ifodalangan, qalami yoki to'g'ri chiziqli, yashil rangdagi, uzunligi 12- 18 sm, kengligi 3 -5 sm. Gullari savatchasimon to'pgullarda joylashib, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo'lib, kattaligi 2 sm. Mevasi dumaloq,silliq, to'q sariq rangdagi 1 sm kattalikdagi rezovor meva. Urug'i mayda, 3 mm uzunlikda. İldiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat. Bu begona o'tning vatani Shimoliy Amerika bo'lib, Kanada, AQSH da tarqalgan. Kaliforniya kungaboqari ildizpoyali begona o't. Urug'lari va stalonlar vositasida ko'payadi. Urug'lari shamol va urug'lik materiallar vositasida tarqaladi. Ekinzorlarni, o'tloqzorlarni zararlab katta zarar etkazadi. Bu begona o'tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug'lik materiallarni qat'iy nazorat qilishdan iborat. Kiprikli kungaboqar-Helianthus ciliris DC turi Asteraceae oilasiga mansub ko'p yillik, poyasi tik o'suvchi, 60 sm balandlikdagi o'simlik (16rasm). Bargi juft, o'troq,qalami, uzunligi 2- 6 sm. Gullari savatchasimon to'pgullarda joylashib, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo'lib, kattaligi 1,2 sm. İldiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat Bu begona o't Polsha, Franciya, Shveciya, Kanada, AQSH, Meksika, Argentina , Afg'onistonda tarqalgan. Kiprikli kungaboqar ildizpoyali begona o't. Urug'lari va stalonlar vositasida ko'payadi. Urug'lari shamol va urug'lik materiallar vositasida tarqaladi. Bu begona o'tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug'lik materiallarni qat'iy nazorat qilishdan iborat. Barg bandli kungaboqar-Helianthus petiolaris Nutt turi Asteraceae oilasiga mansub bir yillik, poyasi tik o'suvchi, 80 sm balandlikdagi o'simlik(17-rasm).Bargi uzun bandli qisqa yaproqli ovalsimon shaklda. Savatchalari mayda uzunligi 1,2-2,6 sm. Gullari savatchasimon to'pgullarda joylashib, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo'lib, kattaligi 1,2 sm. İldiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat. Bu begona o't Shimoliy Amerikada Kanada, AQSHda tarqalgan. Barg bandli kungaboqar ildizpoyali begona o't.Urug'lari vositasida ko'payadi. Urug'lari shamol va urug'lik materiallar vositasida tarqaladi. Bu begona o'tga qarshi karantin tadbirlari qatoriga urug'lik materiallarni qat'iy nazorat qilishdan iborat. Tukli kungaboqar -Helianthus scaberrimus Benth turi Asteraceae oilasiga mansub bir yillik, poyasi shoxlangan, tik o'suvchi, 1 m balandlikdagi o'simlik. Barglari navbat bilan joylashib, ovalsimon, qalami. Gullari savatchasimon to'pgullarda joylashib, o'lchami 3 sm, naysimon va tilsimon gullari sariq rangda bo'lib, kattaligi 1,2 sm. Urug'i tuxumsimon, sariq rangda, tuklanib,po'pik hosil qiladi. İldiz sistemasi ildizpoya, stolon va asosiy ildizdan iborat(18-rasm). Bu begona o't Niderlandiya, Franciya, Shveciya, Kanada, AQSH, Argentinada tarqalgan. Tukli kungaboqar ildizpoyali begona o't. Urug'lari va stalonlar vositasida ko'payadi. Urug'lari shamol va urug'lik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.02 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: doc