O'zbekiston Respublikasining karantin begona o'tlar bilan zararlanish holati Reja: Karatin begona o'tlarning mevasi va urug'ining fitoekspertizasi. Karantin begona o'tlar urug'larini tuproqda tarqalishi. Respublika hududini mamlakat ichkarisida uchramaydigan kasalliklardan, xasharotlardan xorijiy davlatlar orqali kirib kelishidan himoya qilish Respublika karantin inspekciyasi xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, mamlakat ichkarisida yangi zararli manbalar aniqlangan taqdirda ularni o'z vaqtida o'rgana bilish, tarqalishini chegaralash va bartaraf qilish ham mudim davlat ahamiyatiga ega masala hisoblanadi. Karantin tadbirlari qatoriga mamlakat ichkarisiga kirib kelayotgan va olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarning karantin holatini bilish muhim hisoblanadi. Bu jarayon mavjud materiallarni ko'zdan kechirish va laboratoriyasi ekspertizasi asosida amalaga oshadi. Ya'ni karantin inspektorlari tomonidan amalga oshiriladigan kuzatish va laboratoriya ekspertizasi bir biriga uzviy bog'liq bo'lgan muhim ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Karantin mikroorganizmlarning zararini kamaytirish maqsadida Respublika miqiyosida qator karantin tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar qatoriga barcha ekinzorlarni, unga ekiladigan urug'larni, ko'chatlarni, sanoat va oziq ovqat mahsulotlarini muntazam nazorat qilib, ular aniqlangan taqdirda ularni bartaraf qilish tadbirlari kiradi. Yangi yildagi ekinzorlarni hashorat, kasallik va begona o'tlardan himoya qilishga oid to'liq ma'lumotlarga ega bo'lish uchun o'tgan yilning fitosanitar holatiga oid ma'lumotlarga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega (Jadval ). O'zbekiston Respublikasining viloyatlarining karantin begona o'tlar bilan zararlanish holati Karatin begona o'tlarning mevasi va urug'ining fitoekspertizasi. Dala zarpechagi-Cuscuta campestris Juncker Urug'lik materiallar ichida zarpechakning urug'i va ko'saklari uchraydi. Ko'saklari to'q jigar rangad bo'lib,tashqi tamondan dumaloq, yuzasi mayda chuqurchali,g'adir-budur. Ko'saklar o'lchami 2,0-3,5 mm, urug'ining uzunligi 0,9-2,0, kengligi 0,8-1,5, qalinligi 0,6-1,3 mm.100 ta urug'ning og'irligi 0,87 g ni tashkil qiladi. Shuvoqbarg ambroziya-Ambrosia artemisiifolia L. Qishloq xo'jalik mahsulotlari orasida mevasi va urug'i uchraydi. Soxta mevasi teskari tuxumsimon, yoki dumaloq shaklda. Qavirg'ali, uchi ponasimon qisqargan,5-10 ta ilmoqli, rangi qo'ng'ir-qora, ba'zan sariq rangda. Mevasining yuzasi to'rsimon, g'adir-budur, uzunligi 2,5-4,5 mm, kengligi 1,5-2, qalinligi 1,5-1,75 mm. 100 ta urug'ining og'irligi 1,57-3,68 g. Ko'p yillik ambroziya-Ambrosia psilostachya DC. Qishloq xo'jalik mahsulotlari orasida coxta mevasi va urug'i uchraydi. Soxta mevasi tuxumsimon, uchi o'tmas, ilmoqlari o'tmas,yuzasi g'adir budur, rangi sariq qo'ng'ir, ba'zan sariq jigar rangda. Mevasining yuzasi juda yupqa, to'rsimon, g'adir-budur, uzunligi 3,0-3,5 mm, kengligi 1,5-2,0 qalinligi 1,51,75 mm. 100 ta urug'ining og'irligi 2,5-3 g. Uch bo'lakli ambroziya-Ambrosia trifida L. Qishloq xo'jalik mahsulotlari orasida coxta mevasi uchraydi. Soxta mevasi keng, teskarituxumsimon, 4-8 ta ilmoqli rangi och sariqdan qo'ng'ir rangacha. Mevasi yirik, uzunligi 5-8 mm, kengligi 2,5-6 , qalinligi 1,8-3,8 mm. 100 ta urug'ining og'irligi 18 g. Koliforniya kungaboqari-Helianthus californicus D.Cd Urug'i tuxumsimon, uchi dumaloq,sarg'ish ko'k rangda,yuzasi uzuk chiziqli. Urug'i mayda,uzunligi 3 mm,kengligi 2 mm. Kiprikli kungaboqar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.18 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
47.18 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: doc