O'zbekiston sharoitida introduksiya qilingan dorivor xushbo'y ruta (ruta graveolens) o'simligining kasalliklari

O'zbekiston sharoitida introduksiya qilingan dorivor xushbo'y ruta (ruta graveolens) o'simligining kasalliklari

O'quvchilarga / Botanika
O'zbekiston sharoitida introduksiya qilingan dorivor xushbo'y ruta (ruta graveolens) o'simligining kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston sharoitida introduksiya qilingan dorivor xushbo'y XUSHBO'Y RUTA (RUTA GRAVEOLENS L.) o'simligining kasalliklari va ularga qarshi uyg'unlashgan kurash tizimini asoslash KIRISH Ilmiy tadqiqot ishi mavzudining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda aholi sonining ortishi dorivor, hushbo'y-ziravor va oziq-ovqat o'simliklar xom ashyosining xilma-xilligini ko'paytirish hamda ulardan tabiiy dori darmon vositalari va yangi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Hozirgi vaqtda o'zga xudud florasiga mansub Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) o'simligi Toshkent viloyati sharoitida o'stirilib, ularning bioekologik, fiziologik xususiyatlari, kasallik va zararkunandalari o'rganilmoqda hamda Respublikamizning o'rmon va fermer xo'jaliklarida plantatsiyalari tashkil qilinmoqda va yil sayin ularning ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) ning yaxshi o'sib, ulardan sifatli xom ashyo olishga erishish uchun ularga kerakli barcha agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash va sug'orish ishlarini o'z vaqtida sifatli o'tkazish bilan birga ularni zararkunanda va kasalliklar tur tarkibini aniqlash va ahamiyati yuqori turlarga qarshi o'z vaqtida himoya tadbirlarini o'tkazish muhim amaliy va nazariy ahamiyatga egadir. Tadqiqotning maqsadi. Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) o'simligida uchraydigan kasalliklarni rivojlanishini monitoring qilib, kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larni ajratib va ularni tur-turkumini aniqlab, ularga qarshi samarali kurash choralarini ishlab chiqishni maqsad qilib qo'ydik. Tadqiqotning vazifalari: - Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) ning asosiy kasalliklar tur-tarkibi va tarqalishi, zararini o'rganish; -kasallik qo'zg'atuvchi zamburug' turlarining bioekologik xususiyatlarini o'rganish; -keng tarqalgan iqtisodiy axamiyati yuqori kasallik turlariga qarshi kurash choralarini o'rganish. Tadqiqot ob'ekti Rutadoshlar (Rutaceae) oilasi Ruta turkumiga mansub tur - Ruta graveolens L.o'simligi hisoblanadi. Tadqiqot predmeti Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) bioekologiyasi, ildizi, bargi, gullarida uchraydigan kasalliklari hisoblanadi. Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) Qimmatbaho dorivor o'simlik Ruta graveolens tarkibida achchik efir moylarini flavanoidlar, asosan rutin moddasini saqlaydi [75]. Rutin (vitamin R) rakka qarshi preparat Xarsizon tarkibiga kiradi, Estoniyaning ankologik kasalliklar kasalxonasida tajriba kilingan [63]. Rutin flavanoidli glikozid saqlab bosh og'rig'iga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi, tumovda, revmatizmda, bolalardagi eplepsiyada foydalaniladi. Shamollashga karshi vosita sifatida qo'llanilishiga sabab tarkibida efir moyi va rutin saqlaydi, kapilyarlarning devorini mustaxkamlaydi. Mahsulotning tinchlantiruvchi hususiyati ko'pincha yurak nevrozida qo'llaniladi [51]. Shuni takidlash kerakki, ruta o'simligi tarkibidagi zaxarlilik hususiyatlari tufayli kuchli ko'ngil aynishiga, har xil allergik toshmalarni keltirib chiqarishi mumkin XUSHBO'Y RUTA (RUTA GRAVEOLENS L.) o'simligi TADQIQOT NATIJALARI Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) mikobiotasi 2022-2023 yillarda Botanika bog'i sharoitida Xushbo'y ruta (Ruta graveolens L.) da uchraydigan kasalliklarni tur tarkibini aniqlash maqsadida monitoring (kuzatuv) ishlari olib borildi. Kuzatuvlar jarayonida kasallangan o'simlikning a'zolaridan namunalar olinib, laboratoriyada o'rganildi. O'simlik qismlaridan (ildiz, poya, barg, boshoq) kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larni ajratib olish maqsadida nam (vlajnыy) kameralarga qo'yildi. So'ngra 25-26o S xaroratga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 261.97 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 261.97 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga