O'zbekistonda o'simliklar sitoembriologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududida o'sayotgan yopiq urug'li o'simliklar sitoembriologiyasi bo'yicha ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlari monografiya, risola, darslik, o'quv qo'llanma, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida o'z akasini topgan. Dastlab 1920 yilda o'simlik turlarining anatomik va embriologik tuzilishi yo'nalishida P.A.Baranov rahbarligida ilmiy izlanishlar olib borilgan. 1925 yilda bu yo'nalish mustaqil holda mikroskopik tadqiqot usullaridan foydalanilgan holatda, tuban o'simliklar va gulli o'simliklar ontogenezini o'rganish yo'nalishida ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan bo'lib, Markaziy Osiyoda ushbu yo'nalishda dastlabki anatomik va embriologik tadqiqotlar amalga oshirilgan markazlardan biri sifatida qayd qilingan. O'simliklar sitoembriologiyasi yo'nalishida gulli o'simliklar onalik gametofitlarini evolyutsiyasini o'rganishda va rivojlantirishda P.A.Baranov samarali izlanishlar olib borgan. Shuningdek, uzum o'simligi gullari evolyutsiyasi, ularning turli tipdagi sterilligi, kleystogamiya tavsiflari P.A.Baranov, I.A.Raykovalar tomonidan o'rganilgan. G'o'za o'simligining morfologik-anatomik va embriologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha yirik tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu yo'nalishdagi ishlarning dastlabki bosqichi g'o'zaning tuzilishi va rivojlanishi bo'yicha Atlas tuzib chiqilishi bilan bog'liq bo'lib, bu atlas P.A.Baranov va A.M.Maltsev tahriri ostida 1937 yilda ingliz, rus va o'zbek tilida nashrdan chiqarilgan. P.A.Baranov tomonidan sitologiya, embriologiya, potologik va etalogik anatomiya, strukturalar ontogenezi o'quv qullanma va darsliklar nashr qilgan. 1950 yillarda I.A.Raykova Pomir biologik stansiyasi tashkilotchisi va Markaziy Osiyo bo'yicha uyushtirilgan ko'plab ekspeditsiyalar rahbari sifatida qayd qilinadi. Pomir tog'larida cho'l biotsenozlarining kelib chiqishi, dinamikasi va evolyutsiyasida, organizmlar hayotida noqulay haroratning roli, madaniy biotsenozlarni yuqori tog' sharoitida yaratish masalalari ishlab chiqqan bo'lib, uning 82 ilmiy ishini 49 tasi Pomir hududiga bag'ishlangan. Pomir tog'ining Muzqol tizmalari janubiy-sharqiy qismi uning nomi bilan nomlangan. Shuningdek I.A.Raykova g'o'za genetikasi rivojlanishi yo'nalishida izlanishlar olib borgan. P.A.Baranov va I.A.Raykova tomonidan o'simlikshunoslik yo'nalishida ham tadqiqotlar olib borilgan. 1961 yilda L.A.Raykova tomonidan ontogenetik usullar asosida ilmiy izlanishlar yo'lga qo'yilgan. 1960 yillarda I.D.Romanov tomonidan amalga oshirilgan izlanishlar natijasida gulli o'simliklar mo'rtak xaltasini rivojlanish tiplari aniqlangan, bu tiplarning evolyutsiyasi va filogenetik ko'rinishi tavsiflab berilganligi uning bir qator ishlarida o'z aksini topgan. Palinologiya fani yo'nalishida I.D.Romanov rahbarligida g'alladoshlar oilasi vakillarining gul changi morfologiyasi va ebriologiyasi o'rganishga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan va monografiya nashr qilingan. 1950 yildan boshlab esa genetik mutaxassis - P.B.Azizov, o'simlikshunos - A.I.Belov, N.V.Kovalev, seleksioner - A.L.Avtonomov, genetik - F.M.Mauyer kabilar ish olib borishgan. F.M.Mauyer G'o'zaning kelib chiqishi va sistematikasi nomli monografiya muallifi hisoblanadi. Uning g'o'za o'simligida olib borgan tadqiqotlari g'o'za seleksiyasi maqsadlarida boshlang'ich material yaratish yo'nalishida davom ettirilgan. Bunda mikroskopiya usulida boshlang'ich g'o'za materiali gibridlarining changlanishi, urug'lanishi, mo'rtak va endosperimning rivojlanishi yo'nalishlarida izlanishlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarda chatishmaslik masalasi, o'simlik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.97 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:22
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.97 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:22 ]
Arxiv ichida: doc