O'zgaruvchanlik va seleksiya

O'zgaruvchanlik va seleksiya

O'quvchilarga / Botanika
O'zgaruvchanlik va seleksiya - rasmi

Material tavsifi

О'zgaruvchanlik va seleksiya Reja: 1. Irsiy о'zgaruvchanlik 2. Modifikatsion о'zgaruvchanlik 3.Mutatsion о'zgaruvchanlik 4. Gen mutatsiyasi Hayotning eng muhim xossalaridan biri organizmlarning о'zgaruvchanligi bо'lib, u kо'payish bilan chambarchas bog'liqdir. О'zgaruvchanlik tur ichidagi individlarning о'zaro tafovut qilishidir. О'zgaruvchanlik organizmning barcha belgilari va xususiyatlarida yoki ayrim organlarida sodir bо'ladi. O'zgaruvchanlik deb, tashqi va ichki omillar ta'sirida organizmda rо'y beradigan о'zgarishlar yigindisiga aytiladi. Organizmlarning о'zgaruvchanligi irsiy va noirsiy (modifikatsion) bо'ladi. Irsiy о'zgaruvchanlik genotipik, noirsiy о'zgaruvchanlik esa fepotipik deyiladi. Irsiy о'zgaruvchanlik hujayra strukturasining о'zgarishi bilan uzviy bog'liq bо'lib, bunda organizm genotipi о'zgaradi, о'zgargan holdagi belgi va xususiyatlar nasldan-naslga о'tadi. Irsiy о'zgaruvchanlik kombinatsion va mutatsion bо'ladi. Kombinatsion о'zgaruvchanlik jinsiy kо'payishda ota-ona genlarining birikishi va о'zaro ta'siri natijasida vujudga keladi. Bunday о'zgaruvchanlikda yangi genlar hosil bо'lmaydi, balki genotipda ularning qо'shilish va о'zaro ta'sir etish mexanizmigina о'zgaradi. Shunga qaramasdan kombinatsion о'zgaruvchanlik seleksiyada va organizmlar evolyusiyasida katta rol о'ynaydi. Mutatsion о'zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining strukturasi о'zgarishiga sabab bо'ladi, yangi belgi va xususiyatlarni vujudga keltiradi. Mutatsiya tо'satdan, sakrash yо'li bilan rо'y beradi. Mutatsiya paydo bо'lishi jarayoniga mutagenez deb ataladi. Mutagenez tabiiy (spontan) va sun'iy (induktiv) bо'ladi. Modifikatsion (fenotipik) о'zgaruvchanlik genotipni о'zgartirmaydi. Bunday о'zgaruvchanlikda tashqi muhit о'zgarishiga qarab bitta genotip turli fenotiplarda ifodalanadi. Genotip va fenotip tushunchalarini fanga 1909 yilda daniyalik genetik olim V.Iogannsen kiritgan. Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yigindisiga aytiladi. Fepotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar tо'plamiga aytiladi. Fenotip genotipning tashqi muhitga bо'lgan munosabati (reaksiyasi)dir. Demak, irsiy о'zgaruvchanlik organizm genotipining, modifikatsion о'zgaruvchanlik esa organizm fenotipining о'zgarishidir. Modifikatsion о'zgaruvchanlik Organizmda belgi va xususiyatlarning rivojlanishi shu organizm genotipi bilan tashqi sharoitning о'zaro munosabatiga bog'liq. Genotipi bir xil organizmlar turli sharoitda parvarish qilinsa, ular ba'zi belgilari bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Organizmning butun о'sish va rivojlanish jarayoni genotipning doimiy nazoratida hamda tashqi muhitning har bir sharoiti ta'si-rida bо'ladi. Tashqi muhit sharoiti qancha qulay bо'lsa, organizm shuncha yaxshi rivojlanadi. Masalan, urug' ma'lum qulay harorat va yetarli namlik bо'lgandagina unadi, unib chiqqan maysalar ham tashqi sharoitga qarab tez yoki sekin rivojlanadi. Yana bir misol-navrо'zgul (primula)ning ba'zi turi harorat 15-20 daraja bо'lganda qizil gullaydi, agar shu о'simlik harorati 30-35 daraja bо'lgan issiq joyga kо'chirilsa, guli oq rangga о'zgaradi. Agar op-poq gulli о'simlik harorati 15-20 daraja issiq yerga о'tkazilsa, sо'nggi yangi gullari qizil bо'ladi. Turli belgi va xususiyatlarning har xil sharoitda modifikatsion о'zgaruvchanlik chegarasi har xil bо'ladi. Belgining modifikatsion о'zgaruvchanlikka moyil bо'lgan chegarasi shu belgining reaksiya normasi deyiladi. Tashqi sharoitning о'zgarishi organizmning turli belgila-riga har xil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.97 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga