Ozik-ovqat sanoatining yog'li chiqindilari Reja: Donli o'simliklarning mo'rtaklari. Koriandr chiqindilari. Meva danaklari. Uzum urug'lari. Tomat (pomidor) urug'lari. Tarvuz urug'lari. Kovok urug'lari. Kovun urug'lari. Anis urug'lari. Tamaki urug'lari. Donli o'simliklarning mo'rtaklari. Donli ekinlarning ugurlarida zaxira lipidlar asosan mo'rtakda va koplovchi to'qimalarda - meva va urug' kobiklarida, aleyron qatlamida tuplanadi. Yadroning yog'liligi nisbatan kichik. Bug'doy, asosiy don usimligi, javdar, sholi, tarik va makkajo'xori ham bug'doydan keyin muhim o'simliklardan hisoblanadi. Ularning barchasi bir yillik o'simlik hisoblanadi. Bug'doy va javdardan taxirlanmaydigan, saqlashga chidamli un ishlab chiqarish uchun mo'rtak undan kepak ko'rinishida ajratilishi kerak. Ularni tulik ajratishning iloji yuk, shuning uchun mo'rtak massasida endosperm zarrachalari va kobik parchalari bo'ladi. Doni endospermi oqsilli va uglevodli moddalardan iborat bo'lib, mo'rtakka nisbatan tarkibida yog'lar kam. Bug'doy va javdar po'stlog'ida 5-6% yog' bo'ladi. 32-jadval Donli o'simliklardan mo'rtak chiqishi va lipidlar miqdori Bug'doy kepagi zamonaviy navli un tortishda qayta ishlanadigan bug'doy massasining 18% ni tashkil qiladi. Ularning kimyoviy tarkibi bir tomondan donning kimyoviy tarkibiga, ikkinchi tomondan navli un ishlab chiqarish texnologik jarayonining xususiyatlariga bog'liq. Bug'doy mo'rtagining fraksion tarkibi quyidagicha (%): kobik - 30; unli endosperm - 35; endospermning aleyron qatlami - 30; mo'rtak - 5. Bug'doy va javdar kepagining namligi 15,0% dan yuqori bulmasligi, zararli aralashmalar miqdori 0,05% dan ortik bulmasligi, zararkunandalar bilan zararlanmagan bo'lishi kerak. Kepaklar taxir yoki nordon tamga va byog'ona xidlarga ega bulmasligi kerak. Sholi va tarik kepagi kayroklangan sholi va tarik yormasi olishda hosil bo'ladi. Kayroklashda dondan urug' kobigi, mo'rtak va endospermning bir qismi ajraladi. Sholi va tarik kepagi urug' kobigi, endosperm qismlari, mo'rtak va unsimon fraksiyalardan iborat bo'ladi. Sholi mo'rtagining fraksion tarkibi (%): un (1,5 mm elakdan utgan) - 85,6; mo'rtak, endospermning kichik zarrachalari, kichik sheluxa - 13,3; yirik sheluxa (1,5 mm elakda kolgan) - 1,1. Sholi kepagini saqlash va texnologik ishlov berish tadqiqotlarining ko'rsatishicha, ishlov berilmagan sholi kepagi saqlash vaqtida tez bo'zilib, yog'larning kislotaliligi soatiga 1% dan ortib borar ekan. Bir vaqting o'zida yog' kislotalarining oksidlanishi ham sodir bo'ladi. Saqlashda eng katta turgunlashtiruvchi natijaga sholi kepagiga namlik va issiqlik bilan ishlov berib (17-20% gacha namlash keyin 105oS gacha kizdirish va 9-1%) erishiladi. Makkajo'xori mo'rtaklari makkajo'xori donidan kraxmal, patoka, spirt va boshqa mahsulotlar olishda hosil bo'ladi. Makkajo'xori mo'rtaklari dondan ikki usulda ajartib olinadi: ko'ruk (un yorma va ozukaviy kontsentrat korxonalarida) va ho'l usulda (kraxmal-patoka zavodlarida). Ko'ruk usulda makkajo'xori donlari dastlab 18-20% gacha namlanadi, keyin taram-taram vallarda ishlov beriladi. Keyin saralash va tozalash ko'rulmalarida mo'rtak massasidan endospermning kraxmalli zarrachalari ajratiladi. Mo'rtakni ho'l usulda ajratishda makkajo'xori doni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.72 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.72 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: doc