Palmakabilar kichik ajdodi - arecidae. Bulduruqo'tkabilar kichik ajdodi - alismatiidae Palmanamolar qabilasi - Arecales Bu qabilaga bitta oila kiradi. Palmadoshlar oilasi - Arecaceae (Palmae) Bu oila vakillari asosan daraxtsimon, ayrimlari butasimon o'simliklardir. Poyalari to'g'ri, bir tekis yo'g'onlashgan, shoxlanmagan, bo'yi 40-50 m ga, diametri 1 m ga yetadi. Lianalarning bo'yi 200-300 m gacha yetadi. Yirik poyalari barg izlari va barg qini qoldiqlari bilan qoplangan. Palmalarning ildizipoyasiga nisbatan uncha taraqqiy etmaydi. Ular qo'shimcha ildizga ega bo'ladi. Barglari qinli, bandli, turli yo'llar bilan patsimon yoki panjasimon bo'laklarga ajralgan. Gullari bir, ba'zan ikki jinsli, to'g'ri, mayda, rangsiz, qoplovchi barg qo'ltig'ida joylashgan. Gullari 14 metrgacha yetadigan uzunlikda to'pgul hosil qiladi. Monokarpik turlarida to'pguli oddiy, poyasining uchida chiqadi, polikarpik turlarida esa to'pgul har yili eski barg qo'ltig'idan chiqadi. Gulqo'rg'on barglari ko'pincha 6 ta, 3 tadan 2 doira bo'lib joylashgan. Changchisi 6 ta yoki 3 ta, ba'zan ko'p. Urug'chisi uch mevabargli va 1-3 uyali. Gul formulasi: P3+3A6,3G(3). Mevasi danakcha, ho'l meva yoki yong'oq. Bu oila 212 turkum va 300 turdan iborat (98-rasm). O'rta Osiyoda va O'zbekistonda botanika bog'larida va xiyobonlarda manzarali o'simlik sifatida yopiq xonalarda o'stiriladi. Xurmo (finik palmasi) - Phoenix dactylifera ko'p yillik daraxtsimon tana hosil qiluvchi o'simlik. Barglari patsimon bo'lingan, tana uchida to'p bo'lib joylashgan. Ikki uyli. Xurmoning 100 dan ortiq navlari bor. Mevasi jiydasimon, shirin etli, bir danakli. Bizda u xurmo nomi bilan yuritiladi. Mevasi so'ligan holda 70 % qand, 2,5 % yog' va 3 % oqsilga ega, undan har xil ta'omlar tayyorlanadi. Urug'idan moy olinadi. Yog'ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. 98-rasm. Palmalar. 1-14. Finik palmasi (Phoenix dactylifera) mevali tupi, gullarining tuzilishi, mevasi, urug'i, 15. Egilgan finik palmasi (Ph. reclinata) bargi, to'pguli, 16. Kanar Finik palmasi (Ph. canariensis) poyasi, bargi, 17. O'rmon finik palmasi (Ph. sylvestris) umumiy ko'rinishi 99-rasm. Suvpiyoz (Butomus umbellatus): 1. Umumiy ko'rinishi, 3-9. Gul qismlari, 10. Mevasi, 11. urug'i BULDURUQO'TKABILAR KICHIK AJDODI - ALISMATIIDAE Suvpiyoznamolar qabilasi - Alismatales Suvpiyozdoshlar oilasi - Alismataceae Bu oila vakillar suvda, sernam erlarda o'sadigan ko'p yillik o'tlar. Ularning barglari lentasimon yoki qilichsimon bo'lib, ildiz bo'g'zidan chiqqan. Poyasi bargsiz, uchi soyabonsimon to'pgul bilan tugaydi. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Pushti rangli. Gulqo'rg'on barglari ikki doirada joylashgan. Oila 4 turkum 7 turdan iborat. Ular Yer sharining barcha tpropik va subtropik mintaqalarida. Oilaning suvpiyoz - Butomus turkumining oddiy suvpiyoz - Butomus umbellatus turi ko'llar, sekin oqadigan suvlar, sholipoyalar va ariqlar bo'yida o'sadi (99-rasm). Uning ildizpoyasidagi ko'p miqdorda kraxmal to'planadi. Bundan tashqari shakar, oqsil va kamroq yog' to'planadi. Dorivor o'simlik. Yashilgulnamolar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
446 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
446 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: docx