Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo'jayin organizmiga kirish yo'llari

Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo'jayin organizmiga kirish yo'llari

O'quvchilarga / Botanika
Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo'jayin organizmiga kirish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo'jayin organizmiga kirish yo'llari REJA: 1. Parazitizmning kelib chiqishi. 2. Parazitlarni xo'jayin organizmiga kirish yo'llari. Yer yuzida organik olamni paydo bo'lishi bilan birga parazitlar qachondan paydo bo'lgani haqida turli fikrlar mavjud bo'lsada, aniq bir to'xtamli fikr yo'q. Lekin turli mulohazalar yuritish uchun asos bo'ladigan dalillar mavjud. Ye.N. Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo'lishidan bir oz yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab sodda organizmlar orasida paydo bo'lgan. Ko'pchilik sodda organizmlar chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlarni parazitlikka o'tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog'liq. Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo'lishi to'g'risida ham turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlarni fikricha chuvalchanglardagi parazitizm umurtqali hayvonlarni kelib chiqishi bilan bog'liq. Chunki jinsiy voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. K.I. Skryabin va V.M. Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, eksperimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gelmintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo'lgan. Sestodalar avval ko'p tuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraqqiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sutemizuvchilarga o'tgan. Shu tariqa birlamchi xo'jayin umurtqasizlar oraliq xo'jayinlarga aylangan. Sestodalarning yetilgan (tasmalik) shakllari odam hamda hayvonlar ichagida yashaydi va urchiydi, ular tuxumi axlat bilan tashqi muhitga chiqadi va lichinka davri oraliq xo'jayin (cho'chqa, ho'kiz, baliq va boshqalar) tanasida kechadi. Sestoda lichinkalari - finnalari odamga chala pishirilgan baliq, qoramol go'shtini iste'mol qilganda o'tadi. Ular odam ingichka ichagida jinsiy yetiladi va parazitlik qiladi. Sestodalarning exinokokk shakli odam va o'txo'r hayvonlarning jigar, o'pka, miya, ko'mik va h.k. a'zolarida parazitlik qiladi. Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqichbaqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo'lganidan keyin, ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo'jayinlariga aylangan. Taxminlarga ko'ra parazit chuvalchanglar Paleozoy erasining silur va devon davrlarida paydo bo'lgan. Hasharotlardan- ikkiqanotlilar va pardaqanotlilarni parazitlikka o'tishi yura davridan boshlangan. Yashash joyiga qarab parazitlar : tashqi-ektoparazitlar (bunda parazit xo'jayini tanasining sirtida) ichki-endoparazitlarga (bunda parazit xo'jayini tanasining ichki to'qima yoki bo'shliqlarida yashaydi). Ko'pchilik ektoparazitlar, asosan parazitlikka avval yirtqichlik qilib hayot kechiruvchilardan o'tgan. Ektoparazitlik ko'proq bo'g'imoyoqlilarda (kanalar, parxo'rlar, junxo'rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo'g'imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bog'lanishda (kontaktda) bo'lishi bilan bog'liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlarning urg'ochilari bir daqiqa, tayga kanasi 6-8 kun, burgalar xo'jayinlarida hayotini ko'p qismini, bitlar esa xo'jayinlarida hayoti davomida, ya'ni doimiy yashaydi. Ektoparazitlarning paydo bo'lishida yana boshqa yo'llar ham mavjud, ya'ni ko'pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog'liq. Ular teriga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 269.23 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 269.23 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga