Piyoz etishtirish Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda yo'lga qo'ymas ekanmiz, sohada rivojlanish bo'lmaydi. Sh. MIRZIYoYeV. Hurmatli dehqonlar, chorvadorlar, tadbirkorlar! Jahon miqyosida aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizda ham mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida, kambag'allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko'paytirishda eng tez natija beradigan omil bu - qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida takidlab o'tdilar. Bu jarayonda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o'rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo'yildi va qishloq xo'jaligiga eng ilg'or texnologiyalar, suvni tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug'chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligi belgilab berildi. Agrobank ATB mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasining barqaror rivojlanishiga hissa qo'shish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishga etibor qaratmoqda. Jumladan, rivojlangan davlatlar qishloq xo'jaligida erishilgan yutuqlar hamda tajribalar asosida sohaning yetuk mutaxassislari, olimlari bilan hamkorlikda fermerlar va aholi uchun dastlabki bosqichda ushbu 100 ta kitobdan iborat qo'llanmalar to'plami tayyorlandi. To'plamda qishloq xo'jaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlarini asosiy hamda takroriy ekish muddatida etishtirish, issiqxonalarda mahsulot ishlab chiqarish, g'allachilik, don va dukkakli ekinlar, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilg'or tajribalariga oid keng qamrovli ilmiy va amaliy ma'lumotlar berilgan. Ushbu loyihani kelajakda tajribali dehqon va fermerlarimiz, chorvador va veterinarlarimiz, agrar soha vakillari va boshqa kitobxonlarimiz fikrmulohazalari hamda takliflari asosida yanada takomillashtiramiz. Umid qilamizki, ushbu qo'llanmalar to'plami Siz - dehqonlar, chorvadorlar va tadbirkorlarimiz uchun foydali bo'ladi. Hosilingiz mo'l-ko'l, daromadingiz barakali bo'lsin! Rustam MAMATQULOV, Agrobank ATB boshqaruv raisi. UO'K 634.8.032:635.25 KBK 42.345 P 39 Loyiha g'oyasi muallifi va tashkilotchi: Agrobank ATB Tuzuvchi: M.O'. Xoldorov - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti O'simliklarni himoya qilish laboratoriyasi mudiri, b.f.n., katta ilmiy xodim. Taqrizchi: S.A.Yunusov - Toshkent davlat agrar universiteti Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedrasi dotsenti q.x.f.d. Loyiha ishtirokchilari: U. F. Fayzullaev, M. S. Hayitboev Muharrir: T. Doliev - O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali bosh muharriri. Ushbu qo'llanma Agrobank ATB muassisligida tayyorlandi hamda nashr ettirildi. Bildirilgan fikr-mulohaza, xulosa va tavsiyalarga tuzuvchi mualliflar masuldir. Ijtimoiy loyihalar bilan agrar sohaga sarmoya kiritish doirasida Agrobank ATB tomonidan 100 ta kitobdan iborat qo'llanmalar to'plami tayyorlandi. To'plamda qishloq xo'jaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlari, g'allachilik, chorvachilik, baliqchilik, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: docx