Piyozdoshlar oilasi ma'lumotlar

Piyozdoshlar oilasi ma'lumotlar

O'quvchilarga / Botanika
Piyozdoshlar oilasi ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

Piyozdoshlar oilasi Mavzu : PIYOZDOSHLAR OILASI Og3+3Ch3+3U1 Oila 32 turkumga mansub 750 turni o'z ichiga oladi Saturday, March 11, 2023 11 Etiboringiz uchun tashakkur 57-§. PIYOZDOSHLAR OILASI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstra-liyada tabiiy holda uchramaydi. 750 turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o'simliklardan iborat. Bargla-ri shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qir-qilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To'pguli ochilgun-cha yupqa qobiq bilan o'ralgan. To'pguli - oddiy soyabon, sharsimon va yarimsharsimon, ko'p gulli. Gullari ikki jins-li to'g'ri Gulqo'rg'oni oddiy gultojsimon. Gultojibarglari 6 ta, qo'shilmagan, ikki doirada joylashgan. Changchisi 6 ta, urug'chisi 1 ta, 3 ta u'rug'chibargning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Mevasi ko'sak. Piyozlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Bosh piyoz bakteriyalarni o'ldiradigan modda - fitonsidlarga juda boy. Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida foydalaniladi. Fitonsidlarga boyligi, dorivorlik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi. Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida iste'mol qilinadiganlari ham ko'p. Bularga Pskom piyozi, Oshanin piyozi, ma-dor piyoz (matur), qum piyoz, anzur piyoz kabilar kiradi. Bulardan tashqari, tabiatda barglari va to'pgullari niho­yatda chiroyli turlarini ko'plab uchratish mumkin. Gul pi­yoz, cho'chqaquloq piyoz, suvorov piyozi, nor piyoz va qo'shbarg piyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi. Savol va topshiriqlar Piyozdoshlar oilasiga xos belgilar nimalardan iborat? Bosh piyozning to'pguli va guli qanday tuzilgan? Piyoz turkumiga oid qanday tabiiy va madaniy o'simliklarni bilasiz? Piyozdoshlar oilasiga kiruvchi o'simliklarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat. REJA: 1.Piyozdoshlar oilasi haqida ma'lumot. 2.Piyozdoshlar oilasini gul tuzilishini o'rganish. 3.Piyozdoshlarga oid madaniy va yovvoyi o'simliklar. 4.Qizil kitobga kiritilgan Piyozdoshlar. PIYOZDOSHLAR OILASINING GUL FORMULASI Og3+3 Ch3+3 U(3) Piyozdoshlarga dunyoning deyarli hamma qismidagi cho'l,adir va tog'larda o'sadigan 32 turkum va 750 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o'tlar kiradi. Bu oila vakillari faqat Avstraliyada uchramaydi. Piyozlardan 10 tasi O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bosh piyoz -piyoz turkumiga mansub ko'p yillik o't Bosh piyoz may - iyunda gullab meva tugadi. Poyasi - 100 sm. Yarmidan pastki qismi shishgan. Barglari - shishgan To'pguli- sharsimon gullari zich joylashgan Mevasi- ko'sak Gulqo'rg'oni- yulduzsimon oqish-yashil Bosh piyozni juda ko'p navlari bor.Piyozni xalq xo'jaligida ahamiyati nihoyatda katta. Bosh piyoz fitonsitlarga boy.Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida turli kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Foydali,ayniqsa dorivorlik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi. Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida iste'mol qilinadiganlari ham ko'p.Bularga pskom piyozi,oshanin piyozi,mador piyoz(matur),qum piyoz,anzur piyoz liradi. Bulardan tashqari tabiatda barglari va to'pgullari nihoyatda chiroyli turlarini ko'plab uchratish mumkin.Gul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.22 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.22 MB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga