Plauntoifalar bo'limi

Plauntoifalar bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Plauntoifalar bo'limi - rasmi

Material tavsifi

Plauntoifalar bo'limi Reja: Plaunsimonlar ajdodi. Plaunsimonlar qabilasi Selaginellanamolar qabilasi Polushniknamolar qabilasi Plauntoifalar bo'limi - lycopodiophyta Mazkur bo'lim vakillari yuksak o'simliklar orasidagi qadimgi o'simliklardan bo'lib, Paleozoy erasining oxirlarida Yer sharida yaxshi taraqqiy etgan. Hozirgi paytda ularning Yer sharida mingdan ziyod o'tlardan iborat turlari uchraydi. Qazilma turlari orasida yirik daraxtlar ham bo'lgan. Plaunlarning ayrimlarida yer osti organlari tipik ildizpoya shaklida bo'lib, unda metamorfozlashgan barglar va qo'shimcha ildizlardan tashqari rizoforalar ham bor. Plaunlarning yer usti va yer osti qismlari dixotomik shoxlangan. Ko'pchilik plaunlarning barglari ketmaket, ayrimlarida esa qarama-qarshi yoki halqasimon joylashgan. Plaunlarning ildizlari va poyalari uchki meristema yordamida o'sadi. Sporofillari spora boshoqlarida o'rnashgan. Plaunlarning vakillari jinssiz, vegetativ va jinsiy yo'llar bilan ko'payadi. Vegetativ ko'payishi yotib o'suvchi vakillarida yerga yopishgan qismidan ildiz otib, ayrimlari esa ildizpoyalari yordamida ko'payadi. Plaunlar orasida teng va har xil sporali vakillari bor. Bunday izo- va geterosporalar jinssiz ko'payish jarayonida spora boshoqlarida yetiladi. Bu teng va har xil sporalardan o'sgan gametofitlar bir-biridan kattaligi, shakli jihatidan keskin farq qiladi. Teng sporalardan o'sgan gametofitlar ikki jinsli bo'lib, yer osti yoki yarim yer ustida o'sadi. Ular saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi va 10-15 yil mobaynida yetiladi. Makro- va mikrosporali vakillarida har xil sporalardan hosil bo'lgan gametofitlar juda kichik hamda bir jinsli bo'lib, bir necha xafta ichida yetiladi. Ikki jinsli gametofitlarida arxegoniy va makrosporadan hosil bo'lgan gametofitda arxegoniy, mikrosporadan o'sgan gametofitda esa anteridiy ikki yoki ko'p xivchinli spermatozoidlar yetiladi. Arxegoniyning pastki qismida tuxum hujayra joylashgan. Urug'lanish namlik yordamida ro'y beradi. Bu bo'lim ikkita ajdodga: Plaunsimonlar - Lycopodiopsida va Polushniksimonlarga - Isoetopsida bo'linadi. Plaunsimonlarga bitta qabila Plaunnamolar - Lycopodiales kiradi. Polushniksimonlar ajdodiga 2 ta qabila kiradi: Selaginellanamolar - Selaginellales va Polushniknamolar - Isoetales. Polushniksimonlar ajdodining vakillari har xil spora hosil qilib ko'payishi bilan birinchi ajdoddan farq qiladi. Hozirda plaunnamolar selaginellanamolar va polushniknamolarning o't o'simliklaridan iborat vakillari saqlanib qolgan. Plauntoifalarning daraxt vakillari bizgacha yetib kelmagan (6-rasm). Plaunsimonlar ajdodi - Lycopodiopsida Plaunnamolar qabilasi - Lycopodiales Bu qabilaga kiruvchi o'simliklar ko'p yillik o'tlar bo'lib, ularda rizoforalar bo'lmaydi. Barglari oddiy, butun va tilchasiz. Novdalarida kambiy yo'q. Sporangiylari sporofillarning asosida, sporofillar esa strobilda yoki spora boshoqlarida joylashgan. Gametofitlar ikki jinsli, seret, yer ostida joylashgan. Saprofit yoki yarim saprofit hayot kechiradi. Qabilaning bizgacha faqat bitta Plaundoshlar - Lycopodiaceae oilasining vakillari yetib kelgan. Plaundoshlar oilasiga 4 ta turkum kiradi: Plaun - Lycopodium turkumining 200 dan ortiq turi bor. Ular tropik zonadan to tundragacha tarqalgan. O'rta Osiyoda esa tog'lik mintaqalarda uchraydi. Poyasi tik, ayrimlarida yotib o'sadi yoki epifit holatda uchraydi. Turkumning yer ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 138.49 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 138.49 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga