Poliembrioniya Reja: Haqiqiy poliembrioniya Soxta poliembrioniya Guli o'simliklar urug'ida bitta mo'rtakning rivojlanishi xos xususiyat bo'lib hisoblanadi. Shunga qaramay urug'da aynan bitta mo'rtak xaltada bir nechta mo'rtak ham uchraydi. Bir nechata mo'rtakli urug'ni hosil bo'lishi ko'p mo'rtaklilik, embriologiyada poliembrioniya deb ataladi. Poliembrioniya turli yo'llar bilan yuzaga keladi. Uning yuzaga kelishi jinsiy ko'payishamfimiksis yoki jinssiz ko'payish-apomiksis yo'li bilan amalga oshadi. Poliembrioniya birinchi marta 1719 yiliyoq A.Levenguk tomonidan apelsin o'simligida tavsiflangan. Keyinroq E.Strasburger (1878) urug'lardagi ko'p mo'rtaklilikning yuzaga kelishini bir necha turlarga mansub o'simliklarning urug'larida aniqlagan. O'simliklar embriogiyasini o'rganishning dastlabki davrlarida poliembrioniya mutaxassislar orasida keng ma'lum bo'lmagan edi. Qo'shimcha murtkning hosil bo'lishi urug'ning rivojlanishidagi nuqson deb hisoblangan. Keyinchalik bu borada asoslangan ma'lumotlarning ko'payishi bilan mo'rtakning qo'shimcha ravishda hosil bo'lishi va ularning yuzaga kelishidagi asosiy holatlarni o'rganila boshlandi. Shunga ko'ra poliembrioniyaning bir qator klassifikatsiya tiplari tuzila boshlandi. O'simliklarning ayrim turkumlarida poliembrioniya turni saqlashda muhim ahamiyatga molikligi aniqlanganidan keyin poliembrioniyadan seleksiyada foydalanila boshlandi. Poliembrioniyani har tomonlama o'rganish natijasida gulli o'simliklarga nisbatan uning ochiq urug'li o'simliklarda ko'proq uchrashi shuningdek, filogenetik nuqtai nazardan turli bo'g'in vakillarida uchrashi kabi turli sabablar borligini ko'rsatadi. Qo'shimcha mo'rtaklarning hosil bo'lish usullariga ko'ra haqiqiy va soxta poliembrioniya farqlanadi. HAQIQIY POLIEMBRIONIYA Haqiqiy poliembrioniyada qo'shimcha mo'rtaklar bitta mo'rtak xaltaning ichida hosil bo'ladi. Qo'shimcha mo'rtaklar hosil bo'lish yo'llari turlicha bo'lib, ular zigota, proembrion, osilma sop, mo'rtak, sinergid va antipodlardan ham hosil bo'lishi mumin. Zigotadan qo'shimcha mo'rtakni hosil bo'lishi uning bir me'yorda bo'linmasligi natijasida hosil bo'ladi. Bu vaqtda ikkita yoki bir nechta qo'shimcha mo'rtaklar yuzaga keladi. Zigotadan qo'shimcha mo'rtakni yuzaga kelishi Tulipa, Vincetoxicum, Eruthronium va boshqa turkumlarning turlariga mansub o'simliklarda aniqlangan. Proembriondan mo'rtakni qo'shimcha ravishda hosil bo'lishi uning apikal hujayrasini uzunasiga bo'linishi natijasida yuzaga keladi. Bu jarayonda Empetrum, Nymphaea va boshqa turkumlarning tur o'simliklarida ikki yoki undan ko'proq diploid mo'rtaklar hosil bo'ladi. Proembriondan qo'shimcha mo'rtaklar kurtaklar kabi, osilma sop hujayralaridan ham hosil bo'lishi mumkin. Har ikki holatda ham mo'rtaklar diploid xarakterga ega bo'ladi. Biz bayon etgan holatlar Empetrum, Nymphaea, Calanthe va Cumblidium turkumlarining turlariga xos. Sinergidlardan qo'shimcha mo'rtaklarni hosil bo'lishida sinergid urug'lanmagan bo'lsa gaploid, agar urug'langan bo'lsa Iris, Lilium, Allium, Aconitum, Cupripedium, Mimosa, Santalum va boshqa turkumlardagi o'simliklarda diploid mo'rtaklar hosil bo'ladi. Antipodlardan qo'shimcha mo'rtak gaploid holda hosil bo'ladi. Chunki, antipodlarda urug'lanishni ro'y berishi juda kamdan kam ro'y beradigan hodisa bo'lib, u Allium, Ulmus, Sedum, Rudbeckia va boshqa turkum o'simliklarning turlarida aniqlangan. Qo'shimcha mo'rtaklarning hosil bo'lishi mo'rtak xaltaning tarkibidagi hujayralaridan tashqari, atrofidagi hujayralardan ham hosil bo'lishi mumkin. Bunday mo'rtaklar nutsellus hujayrasidan hosil bo'lganda nutsellar embrioniya, integument ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.66 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.66 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: doc