Poyaning ichki tuzilishi ma'lumotlar

Poyaning ichki tuzilishi ma'lumotlar

O'quvchilarga / Botanika
Poyaning ichki tuzilishi ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

17-§. POYANING ICHKI TUZILISHI 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. O'simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishi (tuban va yuksak, bir va ikki urug'pallali) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o't, buta yoki daraxt) bo'lishiga qarab turlicha tuzilgan bo'ladi Daraxtlar tanasining tuzili shi bir yillik o't o'simliklar poy asining tuzilishidan tubdan farq qiladi. Daraxtlarning tanasi qanday qismlardan tuzil gan ligi ni bilish uchun quyida tut da raxtining yosh poyasi ich ki tuzi lishi bilan tanishamiz. Poyaning yuzasi bir qavat huj ayralardan tashkil topgan epi derma bilan qoplangan. Epi derma ostida ko'p qavatli tirik hujayra lardan hosil bo'lgan po'st parenx imasi (asosiy to' qima) joylash gan. Po'st ostidagi qavat lub - (floema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog'ochlik (ksilema), uning o'r tasida o'zak joylashgan Yozning ikkinchi yarmida tut poyasi po'stining sirtida qo'ng 'ir rangli yasmiqchalar hosil bo'lad i. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiq chalar orqali nafas oladi. Po'st asta-sekin po'kaklasha boradi va po'stloq hosil qiladi. Po'kak qalinlashgan sari po'stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi. Tanada va eski shoxlarda po'stloq qavati qalin bo'ladi. Qalin po'stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kasalliklar ta'siridan himoya qiladi. Tut novdasining po'stlog'i egiluvchan va pishiq bo'ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog'liq. Bu tolalar hamma o'simliklarda ham bir xil rivojlangan bo'lmaydi. Tut darax tida lub tolalari juda ko'p. Lub tolalari kanop, zig'ir poyasida yaxshi rivojlangan bo'lib, ulardan ip tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to'qishda foyd alaniladi. Lub tolalari orasida teshikli to'siqlar bilan bo'lin gan cho'ziq, ingichka naychalar bo'ladi. Ular elaksimonnaychalar deyiladi. Bu naychalar orqali barglardan o'simlikning boshqa organlariga organik moddalar o'tadi. Po'stloq shilib olinsa, novdaning 57 yog'ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O'siml iklarning yog'ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag'och, zarang, saksovul, yulg'un, yong'oq, eman, o'rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og'ir va yengil bo'ladi. Yog'ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy-ro'zg'or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi. Yog'ochlik qavati shakli, o'lchami har xil bo'lgan hujayralardan tashkil topgan. Yog'ochlikda uzun naylar bo'lib, ular orqali suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan o'simlikning barcha organlariga tarqaladi. Novdadan ajratib olingan po'stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo'ladi. Po'stloq bilan yog'ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini hosil qiladi. Mikroskopda ko'rinadigan bu hujayralar doimo bo'linib (ko'payib) turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o'sadi. Agar yog'ochlik ko'ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan o'zakni ko'rish mumkin. Ayrim daraxtlarning o'zagi bo'sh, yumshoq yoki chirigan bo'ladi. Ba'zan esa daraxt tanasining ichi kovak bo'lib qoladi. Yosh novdalarning o'zak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.59 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.59 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga