Poyaning morfologik tuzilishi. Poyaning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri Reja: Poya haqida ma'lumot Poyaning morfologik tuzilishi Poyaning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri Poyaning shakli va tiplari. Poya haqida ma'lumot Poya (caulis) - o'simlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy o'qi. Bo'g'im (barg o'rni) va bo'g'im oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini ta'minlaydi. Ba'zi o'simliklarning poyasi metamorfozlashgan (shakli o'zgargan) bo'lib, suv va oziq moddalarni to'plash (kartoshka), himoya (do'lana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ ko'payish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va ko'p yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yog'ochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, ko'p kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq bo'ladi. Asosan, uchidagi o'sish konusi hujayralarining bo'linishidan P. bo'yiga o'sadi; ba'zi o'simliklar (mas, g'alladoshlar) P.si bo'g'im oralig'ining uzayishidan ham o'sadi. P.ning bo'yi, yo'g'onligi turlicha. Yo'sinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining o'z. 150 m, diametri 10-12 m. Lianalar P.si 200-300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruhlariga ko'ra, sodda yoki murakkab bo'ladi. Poyaning morfologik tuzilishi Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv o'tkazuvchi to'qimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat o'tkazuvchi to'qimadan tuzilgan. Qirqbo'g'imlar poyasining ichi g'ovak bo'lib, o'tkazuvchi to'qimalar aylana joylashadi. Poyaning tuzilishiga tashqi muhitning ta'siri O'simliklarning hayoti tashqi muhit bilan uzviy bog'langan. Tashqi muhitning o'simlik hayot failiyatiga ta'sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga ekologik omil deb ataladi.Ekologik omillar yig'indisi , o'simliklarning yashash sharoiti ya'ni ularning tashqi muhitini belgilab berdi Poyaning shakli va tiplari. O'simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni ko'ndalang kesigini ko'rsak, ko'pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko'p qirrali ekanligini ko'ramiz G'allaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo'g'in oralig'i asosiy parenxima bilan to'lgan bo'ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi. Poyalar bargli va bargsiz bo'ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi o't, lola guldoshlar kabi o'simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to'pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo'g'izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi. Poyani o'sishiga qarab tik o'suvchi, sudralib o'suvchi, ilashib o'suvchi, o'ralib o'suvchi, turlarga bo'linadi. Bunday guruhlarning hosil bo'lishi poyada maxanik to'qimalarning rivojlaniishga bog'liq. Ilashib va chirmashib o'suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o'simliklarga quy pechak, no'xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o'zi ilashadigan o'simlikka soat strelkasi bo'ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi. TEMIRTIKAN BODIRING Lola Qoqio't Piyoz TOK ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.65 MB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:23 ]
Arxiv ichida: pptx