Psilofitsimonlar (Psilophytophyta) va Psilotsimonlar (Psilophyta) bo'limlari

Psilofitsimonlar (Psilophytophyta) va Psilotsimonlar (Psilophyta) bo'limlari

O'quvchilarga / Botanika
Psilofitsimonlar (Psilophytophyta) va Psilotsimonlar (Psilophyta) bo'limlari - rasmi

Material tavsifi

Psilofitsimonlar (Psilophytophyta) va Psilotsimonlar (Psilophyta) bo'limlari. Reja: Psilofitsimonlarning umumiy tavsifi, morfologik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari Psilotsimonlarning umumiy tavsifi, morfologik tuzilishining o'ziga xos xususiyatlari. Psilofitsimonlar va Psilotsimonlarning kelib chiqishi Tayanch ibora va atamalar: psilofit, epifit, fillodiy, prostotel, tetrada, sifonostel, sporangiy. Psilofitsimonlar bo'limi - Psilophytophyta (Riniyasimonlar - Rhyniophyta) Psilofitsimonlar faqat qazilma holda uchraydigan o'simliklardir. Birinchi bor bu o'simliklar quyi devon qatlamlarida D. Duson tomonidan 1859 yilda Kanadada topilgan. Lekin filogenetik sistemada bu o'simlik oradan 50 yildan ortiqroq vaqt o'tgach, 1917 yilda Shotlandiyaning devon qatlamlarida R. Kidston va U. Lang tomonidan qayta topilgandan so'ng o'z o'rnini topdi. Har ikkala holda ham o'simlikni sporofit nasli topilganligi kuzatiladi. Sporofitning vegetativ tanasi dixotomik shoxlangan, poyaga o'xshash, ildizsiz, bargsiz tallomli organlardan iborat. Bu bo'limning sodda tuzilishli vakillarining yer osti organlari bir hujayrali rizoidlar, uncha-muncha taraqqiy etgan vakillarining yer osti organlari vazifasini esa tallomning shoxlangan yer osti qismi - ildiz poya bajargan. Bularda barg umuman bo'lmagan, lekin yuksak taraqqiy etgan vakillarida barg vazifasini bajaradigan qipiqsimon o'simtalar - fillodiylar bo'lgan. Vegetativ tanasining ichki tuzilishi juda sodda bo'lib, tananing eng ust qismida bir qavat hujayra dan iborat epidermis, uning ich tomonida ko'p qavatli po'st joylashgan. Poyaning markazida boshlang'ich o'zak silindr - prostotel joylashgan. U o'z navbatida floema va ksilemadan tashkil topgan. O'simlikda ikkilamchi yo'g'onlashish kuzatilmaydi. Tallomning uchida bir hujayrali, cho'ziq, bir xonali sporangiy joylashgan. Sporangiyning devori ko'p qavatli bo'lib, uning ichida arxisporial to'qimalalr taraqqiy etgan. Arxisporial to'qimalardan to'rttadan spora - tetrada vujudga kelgan. Psilofitsimonlarning gametofiti aniqlanmagan. Ularning bitta qabilaga mansub, 5 oila, 20 ga yaqin turkumi ma'lum. Shulardan barqaror aniq vakillari riniya, xorneya, psilofiton va asteroqsilon hisoblanadi. Bo'limning riniya (Rhynia major), xorneya (Hornea), psilofiton (Psilophyton), asteroqsilon (Asteroxilon) singari vakillari qazilma holda uchraydi. Psilotsimonlar bo'limi - Psilophyta Bu bo'limga monotip psilotsimonlar (Psilotopsida) ajdodi bilan monotip psilotlar (Psilotalesa) qabilasi mansub. Shu qabilaga mansub psilotdoshlar (Psilotaceae) oilasiga hozirgi paytda tarqalgan psilot (Psilotum) va tmezipteris (Tmesipteris) turkum vakillari taalluqli. Bular quruqlikda tarqalgan o'simliklar, ildizi yo'q, uning o'rniga uzunligi 1 m keladigan rizomoidlari mavjud. Poyasi tik o'sadi, balandligi 1 m ga yaqin, uchidan uch tomonlama bo'linuvchi initsial hujayra o'sadi. Har ikkala turkumga mansub o'simliklarning ham ichki tuzilishi bir xil emas. Psilotning ust tomonida og'izcha va kutikulali epidermis, uning ostida uch qavat po'st, uning ichki qismida endoderma va markazida shotisimon traxeidlardan iborat o'tkazuvchi bog'lamlar joylashgan. Tmezipteris yer ustki poyasining markazida sifonostel deb ataladigan o'zakning bo'lishi va lub qatlamining ancha taraqqiy etganligi bilan farq qiladi. Psilotning bargi rangsiz qipiqsimon, fotosintezi asosan poyada sodir bo'ladi. Tmezipteris barglari esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.27 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.27 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga