MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (Yuksak o'simliklar sistematikasi) Mavzu: Qarag'aytoifa (Pinophyta) bo'limi. Qarag'aysimonlar sinfi Reja: Qarag'aytoifa (Pinophyta) o'simliklarning xarakterli belgilari Sinf. Gnetumsimonlar - Gnetopsida Sinf. Ginkgosimonlar -Ginkgoopsida Sinf. Qarag'aysimonlarning (Pinopsida) xarakterli belgilari Qarag'aysimonlar (Pinopsida) sinfi vakillari, ularning ko'payishi, tarqalishi va ahamiyati Blits so'rov: 1. Qirqquloqlar (Paporotniklar) hozirgi davrda tarqalgan yuksak o'simliklardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 2. O'simlik bargida soruslar qanday va qaerda joylashgan? 3. Gametofit naslning tuzilishi haqida nimalarni bilasiz? 4. Salviniyaning poya va barg tuzilishi haqida so'zlang. 5. Salviniyaning sorus, sporangiy va sporalari tuzilishi qanday? Sorus o'simlikning qaysi qismida joylashgan? 1.Qarag'aytoifa o'simliklar hayotiy shakllariga ko'ra, daraxt va butalardir. 2.Tarqalishi- sporalar yordamida emas, balki URUG'LARI yordamida boradi. 3. Urug' - uning ichida Mo'rtaK, hamda zapas oziq moddalar - ENDOSPYeRM bo'ladi. Urug' to'g'risida Taxtadjyan A.L.(1978): URUG' ning paydo bo'lishi - urug'li o'simliklarning eng muhim biologik afzalligi hisoblanadi, chunki urug' turli sharoitlarga to'liqroq moslashish va yaxshiroq rivojlanish imkonini berdi. Ochiq urug'li o'simliklarning xarakterli belgilaridan biri urug'ning hosil bo'lishidir. Urug' urug'kurtakdan hosil bo'ladi. Urug'kurtak esa shakli o'zgargan megosporangiydir. Ular megospofilda ochiq holda o'rnashgan. Evolyutsiya jarayonida megosporangiy urug'kurtakka, mikrosporangiy esa changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. Qarag'aytoifa o'simliklar Shimoliy yarim sharda TAYGA o'rmonlarini hosil qiladi. Hayotiy shakli daraxt va butalar. Istisno tariqasida: kichik butachalar (gnetum va kizilcha) Yog'ochligida traxeidlar bo'ladi. Barglari ignasimon yoki tangachasimon. Qarag'aytoifa o'simliklar 6 ta sinfdan iborat bo'lib, unga 10 ta qabila 68 turkum 700 ga yaqin tur kiradi. QARAG'AYTOIFA (Pinophyta) O'SIMLIKLAR KLASSIFIKATSIYASI 1-sinf. Urug'li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida 2-sinf. Sagovniksimonlar - Cycadopsida 3-sinf. Bennettitsimonlar - Bennetittopsida 4-sinf. Gnetumsimonlar - Gnetopsida 5-sinf. Ginkgosimonlar-Ginkgoopsida 6-sinf. Qarag'aysimonlar - Pinopsida 1-sinf. Urug'li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida Urug'li qirqquloqlar qirilib ketgan sinf hisoblanadi. Paleozoy va mezozoy qatlamlaridan topilgan (yuqori devon, toshko'mir, perm). Urug'li qirqquloq - Medulloza (Medullosa) 1 - rekonstruksiya qilingan tashqi ko'rinishi; 2 - barg bandining ko'ndalang kesimi. Tashqi ko'rinishi qirqquloqlarga o'xshagan. Xarakterli xususiyatlari ular urug' hosil qilgan, urug'lar yordamida ko'paygan. Biroq urug'lari juda sodda tuzilishga ega bo'lib, urug' mo'rtagi bo'lmagan. Ammo, bargining ustida urug'kurtak rivojlangan. Yani, urug'li qirqquloqlar mikro va makrosporalar hosil qilgan. 1-sinf. Urug'li qirqquloqsimonlar - Lyginopteridopsida Barglari patsimon, ayrim yaproqchalari tuklarga aylangan bo'lib, shu tukchalarda bir talay mikrosporalar bo'ladi. Bu mikrosporalar urug'kurtaklarga o'xshaydi. Urug'kurtakning markaziy qismida yirik makrospora bo'ladi. Urug'kurtak uchida mikrosporalar topilgan. Urug'kurtak murakkab tuzilgan bo'lib, hozirgi sagovniklarning urug'ko'rtagiga o'xshaydi. Urug'lanishdan keyin, urug'kurtak bargdan ajralib tushgan. Tinim davrisiz o'sib, sporofitga aylangan. Shuning uchun, ular urug'kurtakli qirqquloqlar deyilgan. Poyasining o'zak qismi atrofida bir qancha o'tkazuvchi bog'lamlari va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.81 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.81 MB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx