Qarag'aytoifalar bo'limining tasnifoti

Qarag'aytoifalar bo'limining tasnifoti

O'quvchilarga / Botanika
Qarag'aytoifalar bo'limining tasnifoti - rasmi

Material tavsifi

Qarag'aytoifalar bo'limining tasnifoti Reja: 1. Urug'li qirqquloqsimonlar sinfi - Liginopteridopsida 2. Sagovniksimonlar sinfi -Cycadopsida 3. Bennetitsimonlar sinfi -Bennettitopsida 4. Qizilchasimonlar sinfi -Gnetopsida 5. Ginkgosimonlar sinfi -Ginkgoopsida 6. Qarag'aysimonlar sinfi -Pinopsida Urug'li qirqquloqsimonlar sinfi - Liginopteridopsida Bu sinfga kiruvchi o'simliklar Poleozoy erasining devon davrida paydo bo'lib, toshko'mir davrida keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda faqat qazilma holda uchraydi. Ular Mezozoyning oxiri bo'r davrida yo'qolib ketgan. Umumiy ko'rinishi bilan hozirgi daraxtsimon paporotniklarga o'xshab ketgan, lekin ulardan urug' hosil qilib ko'payishi bilan farq qiladi. Sagovniksimonlar sinfi -Cycadopsida Bu sinf 1 ta qabila sagovniknamolar (Cycadales) va 1 ta Sagovnikdoshlar oilasidan iborat. Oilaning 100 ga yaqin saqlanib qolgan turlari, hozirda Amerika va Afrika qit'asining tropik hududlarida tarqalgan. Sagovnik shoxlanmaydigan daraxtsimon o'simliklar bo'lib, ularning balandligi 20-25 metrga etadi. Ayrimlarining poyasi esa ildiz mevaga o'xshash bo'lib, deyarli butun tanasi yer bag'rida joylashgan. Bu oila turkumlari Zamia (35 tur), Cycas (16 tur) va boshqalar. Oilaning tipik vakillaridan biri sagovnik. Bu o'simlikning tanasi ustunsimon tuzilishga ega. Poya uchida patsimon barglar joylashib, ular orasida o'sish ko'rtagi bor. Sagovnik ikki uyli o'simlik bo'lganligi uchun mikrosporofillar alohida individlavrda rivojlanadi. Mikrosporofillar burchak shaklida bo'lib, uning pastki tomonida mikrosporangiylar to'planib joylashgan. Ularning ichida bir nechta mikrosporalar hosil bo'ladi. Mikrospora ikkita: ustki (ekzina) va ichki (intina) qavat bilan o'ralgan. Mikrospora gametofitga aylanganda uchta hujayra hosil bo'ladi: vegetativ, anteridial va protoallial. Mikrosporangiy yorilgandan keyin sochilgan chang urug'kurtakning mikropila yo'li orqali chang kamerasiga o'tadi. Bu yerda vegetativ hujayra cho'zilib, naycha hosil qiladi. Naycha nutsellus to'qimasiga kirib, naycha ichida anteridial hujayradan hosil bo'lgan ikkita spermatazoid, chang naychasi yorilgandan so'ng kameraga o'tadi va arxegoniydagi tuxum hujayrani urug'lantiradi. Urug'langan tuxum hujayra shu ondayoq bo'lina boshlaydi va embrion hosil bo'ladi. Urug' kurtakning integument, nutsellus qavatlari urug'ning po'stiga aylanadi. Bennetitsimonlar sinfi -Bennettitopsida Bu sinf bennettitnamolar (Bennettitales) qabilasidangina iborat. U ikkita oilani: Vilyamsoniyadoshlar va Bennettitdoshlarni o'z ichiga oladi. Xar ikkala oila vakillari: Vilyamsoniya va TSikadeoideyalar Mezozoy erasining yura va bo'r davrlarida avj olib rivojlangan ochiq urug'lilarning daraxt tipidagi o'simliklar bo'lgan. Ular bo'r davriga kelib, yo'q bo'lib ketgan Hozirgi vaqtda faqat qazilma holda uchraydi. Bennettitlar ichki va tashqi tuzilishi jihatidan sagovniklarga o'xshaydi. Hozirgi vaqtda bannettitlarning qoldiqlari Meksika, Pol'sha, Bel'giya, Italiya va Hindiston hududlarilan topilgan. Qizilchasimonlar sinfi -Gnetopsida Bu sinf o'ziga xos qo'yidagi belgilarga ega: 1. Bularda sporofillar to'plami yoki strobil o'qi dixozlal shoxlangan bo'ladi. 2. Strobilalari ostki qismidan gulqo'rg'onchaga o'xshash bargchalar yoki tangachalar bilan o'ralgan. 3. Urug' ko'rtagining mikropilla uchi cho'zilib, chang yo'lini hosil qiladi. 4. Bu sinfga mansub o'simliklarnieng tanasida o'tkazuvchi nay bog'lamlari: traxeidlar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga