Qashqadaryo viloyati sug'oriladigan maydonlarida etishtiriladigan kuzgi bug'doy MUNDARIJA KIRISh Bugungi kunda bug'doychilikdan mo'l hosil etishtirish mamlakatimiz qishloq xo'jaligidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan sohalardan biridir. Vatanimiz mustaqillikka erishgan mana shu 20 yillik qisqa davr ichida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida bo'lgani kabi qishloq xo'jaligi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shuni alohida etirof etish lozimki, g'alla mustaqilligining qo'lga kiritilishi bug'doychilikning yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni ochdi, bu esa mamlakatimiz aholisini non va non mahsulotlari bilan ta'minlashga bo'lgan ehtiyojini barqaror ravishda qondirish masalasi ijobiy hal qilish imkonini berdi. Qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan tub islohotlar zamirida aholi turmush darajasini yanada yaxshilanishida bug'doychilikdan mo'l hosil etishtirish viloyatimiz dehqonchiligi oldida turgan eng muhim vazifalaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu borada takidlaganidek: Ayni paytda biz qishloq xo'jaligi sohasida, birinchi navbatda, tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko'rish, barcha agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida bajarish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy qilish, seleksiya va urug'chilikni yanada rivojlantirish, mehnatni tashkil etish va rag'batlantirish bilan bog'liq hali-beri ishga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ham etirof etishimiz zarur. I - BOB. Umumiy dehqonchilik tarixida bug'doyning ahamiyati va uning nazariy asoslari. 1.1. Umumiy dehqonchilik tarixida bug'doyning kelib chiqishi va uning nazariy jihatlari Bug'doychilik, umumiy dehqonchilik tarixida o'ziga xos alohida ahamiyatga ega. Ibtidoiy dehqonchilikning vujudga kelishi olimlar orasida dehqonchilik, ibtidoiy dehqonchilikning kelib chiqishi miloddan avvalgi 40-12 minginchi yilliklar oralig'ida paydo bo'la boshlagan degan fikrlar mavjud. Xo'jalikning bu murakkab sohasi kishilik jamiyatining ancha keyingi bosqichida vujudga kelgan. Fanda dehqonchilik bilan dastlab ayollar shug'ullanganlar degan fikr keng tarqalgan. Haqiqatdan ham shunday bo'lishi mumkin. Ular istemol qilishga yaroqli bo'lgan yovvoyi o'simliklarni terib kelib parvarishlaganlar va ularni ko'paytirishga harakat qilganlar.Yovvoyi o'simliklarni o'sish sharoitini va pishib etilishini ko'proq ayollar kerak. Bu kuzatuvchanlik esa oqibat natijada madaniy dehqonchilikning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham olimlar orasida ayollar dehqonchilikni kashf etgan, degan fikrlar mavjud. Dehqonchilikning vujudga kelishi mezolit davriga to'g'ri keladi. Shu davrda yani 11-8 ming yilliklarga mansub bo'lgan yuksak darajadagi ilk dehqonchilik markazlari Falastin, Iordaniya, Iroq va Yaqin Sharqning qator viloyatlaridan topilgan. Mazkur joylardagi mezolit davridan qolgan qadimiy qarorgohlarni arxeologik jihatdan ko'rilgan vaqtda toshdan, suyakdan yasalgan, yorg'uchoq, havoncha, uning dastasi, o'roq qismlari va donni yanchish uchun kerak bo'ladigan toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Lekin bu hali tom manodagi dehqonchilik emas, yani bu fikrni aytishga imkon beradigan xulosalar xolos. Dehqonchilik uchun zarur bo'lgan dastlabki mehnat qurollarining takomillashuvi va rivojlanishi natijasida ibtidoiy dehqonchilik kelib chiqdi. Shuni ham aytish kerakki, yer ochish oson ish emasligi hammaga ayon. Yer ochish, dehqonchilik qilish kishilardan katta mehnat, mahorat va anchagina bilimni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.34 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
67.34 KB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: doc