Qirqbo'g'imlilar - Equisetineae bo'limi Reja: Qirqbo'g'imlarning tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Qirqbo'g'imlarning qadimiy va hozirgi vaqtda tarqalgan vakillarining o'zaro o'xshashligi va farqli belgilari. Dala qirqbo'g'imining tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: sinangiy, diktiosteliya, sorus, induziy, platsenta, halqa, og'izcha, gametofit, oyoqcha, kamgak, geterofilliya, prostoteliya, solenosteliya, apogamiya, aposporiya, partenogenezis, sporokarpiy. Qirqbo'g'imlilar sinfi - Equisetineae Equisetineae sinfining vakillari poyasining bo'g'imli bo'lishi, ya'ni bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bo'g'imlarda, odatda, juda reduktsiyalangan va ko'pincha bir-biri bilan qo'shilib, naysimon qinlar hosil qiladigan barglar halqa shaklida joylashadi. Shox halqalari ham bo'g'imlarda bo'ladi. Yer usti novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo'lib joylashgan qalqonchalar yoki sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o'xshab ko'rinadi va ko'pincha bir jinsli bo'ladi. Spermatozoidlarida bir tutam xivchinlar bor. Equisetineae sinfiga: 1) hozirgi Equisetaceae va 2) qurib bitgan Calamariaceae oilalari kiradi. Qirqbo'g'imlar oilasi - Equisetaceae Bu oilaga birgina qirqbo'g'im (Equisetum) avlodi kiradi. Uning 25 ga yaqin turi bor, bu turlar Avstraliyadan tashqari butun yer yuzida tarqalgan. Suv havzalarimizda, odatda, ko'p uchraydigan dala qirqbo'g'imi - Equisetum arvense bu oilaning xarakterli belgilari bilan tanishib chiqnsh uchun misol bo'la oladi. Uning poyasi uzun va shoxlanmaydigan bo'lib, to'g'ri tartib bilan gallanadigan bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan. Ba'zi novdalarining bo'g'imlaridan bir talay ingichka barglardan tuzilgan muntazam halqalar chiqadi, bu halqalar ham bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan bo'ladi. Sal bo'rtib turadigan bo'g'imlarda bir-biri bilan qo'shilib, naychasimon qin hosil qiladigan barglar bo'ladi, bu barglar yuqoriga qarab o'sadi va tepadagi bo'g'im orasining pastki qismini o'rab oladi. Poyaning pastki qismi yerda o'sib, ildizpoyaga aylanadi. Ildizpoya ham, yer ustidagi novda singari bo'g'imlarga bo'lingan bo'ladi. Ildizpoyaning bo'g'imlaridan bir talay mayda ildizlar chiqadi. Poya bilan ildizpoyaning uchlarida o'sish nuqtasi bo'ladi, o'sish nuqtasi bir-biriga zich taqalib turadigan qinlar bilan qoplangan. Sporali boshoqchalar novdalarning uchlarida paydo bo'ladi. Bo'g'imlarning ichi to'qimalar bilan to'lgan. Bo'g'im oraliqlari esa bo'sh bo'ladi va kavagi keng bo'lib, bir bo'g'imdan ikkinchi bo'g'imgacha boradi. Bo'g'im oraligining yuzi notekis; undan uzunasiga ketgan och rangli qirralar o'tadi, ularning orasida birmuncha to'q rangli chuqurchalar bo'ladi. Chuqurchalar tagidagi asosiy parenximadan (poya asosan shu parenximadan iborat) serbar havo yo'llari o'tadi. Qirralar tagida esa, kichik suv kanalchalari bog'lamlari bo'ladi. Suv kanalchalari bog'lamlari kollateral tipda tuzilgan bo'lib, bo'g'im oralig'ining boshidan-oyog'igacha bir-biriga parallel holatda boradi; bo'g'imda ular shoxlanadi va tarmoqlari bir-biri bilan yana qo'shilib, keyingi bo'g'im oralng'iga o'tadi. Qirqbo'g'imning xarakterli xususiyatn shuki, epidermisning devorchalariga qumtuproq singadi, shunga ko'ra paporotnik ancha qattiq bo'ladi. Equisetum sporangiylarda paydo bo'ladigan sporalar yordamida ko'payadi. Sporangiylar esa, o'z navbatida, sporali boshoqchalarda turadi. Bu ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: doc