Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi. Qirqquloqtoifalar (Polypodiophyta) bo'limi

Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi. Qirqquloqtoifalar (Polypodiophyta) bo'limi

O'quvchilarga / Botanika
Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi. Qirqquloqtoifalar (Polypodiophyta) bo'limi - rasmi

Material tavsifi

MIRZO ULUG'BYeK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVYeRSITYeTI Biologiya fakulteti Fan. Botanika (Yuksak o'simliklarsistematikasi) Mavzu: Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi. Qirqquloqtoifalar (Polypodiophyta) bo'limi Blits so'rov: 1. Yo'sintoifa (Bryophyta) bo'limi muhim belgilari 2. Plauntoifa (Lycopodiophyta) bo'limi Reja: 1. Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limining muhim xarakterli belgilari 2. Bo'limning vakillari, ularning ko'payishi,tarqalishi 3. Qirqquloqtoifalar(Polypodiophyta) bo'limining muhim xarakterli belgilari 4. Bo'limning vakillari, ularning ko'payishi,tarqalishi 4 - bo'lim.Qirqbo'g'imtoifa (Equisetophyta) bo'limi Bo'lim vakillari poyasining bo'g'imli bo'lishi, yani bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'lingan bo'lishi bilan xarakterlanadi. Yer ustki novdalarining uchida sporali boshoqchalar yuzaga keladi, ular halqa bo'lib o'rnashgan sporofillardan iborat. Gametofitlari mayda yashil plastinkaga o'xshab ko'rinadi va ko'pincha bir jinsli bo'ladi. Qirqbo'g'imdoshlar -Equisetaceae oilasiga bitta qirqbo'g'im (Equisetum) turkumiga mansub 25 ga yaqin tur kiradi, ular Avstraliyadan tashqari butun yer yuziga tarqalgan. O'zbekistonda 2 turi mavjud: Equisetum arvense Equisetum ramosissimum Morfologiyasi va anatomiyasi Barcha vegetativ organlari: ildiz, poyaga ega, ammo barglari reduksiyalangan; Poyasi qirrali, ichi bo'sh, bo'g'imi ko'p, barglari va novdalari halqasimon joylashgan; Ikkilamchi yo'g'onlashish mavjud; Yer ostki qismi ildizpoya va qo'shimcha ildizlarga ega. Bo'lim. Qirqbo'g'imtoifa-Equisetophyta Sinf.Qirqbo'g'imsimonlar- Equisetopsida Qabila. Qirqbo'g'imnamolar-Equisetales Oila. Qirqbo'g'imdoshlar-Equisetaceae Turkum. Qirqbo'g'im -Equisetum L. Tur. Dala qirqbo'g'imi-Equisetum arvense L. Oila. Qirqbo'g'imdoshlar-Equisetaceae Turkum. Qirqbo'g'im -Equisetum L. Tur. Dala qirqbo'g'imi-Equisetum arvense L. Ko'p yillik ildizpoyali o't o'simlik. Poyasi 10 - 50 sm, poyaning ustki qismi bo'g'imlarga bo'lingan, yer ostki qismi ildizpoyaga aylangan. Ildizpoya bo'g'imlarida tuganak va mayda ildiz tutamlari hosil bo'ladi. Tuganaklar zahira moddalar saqlashga moslashgan. Ildizpoyadan o'sib chiqqan yer ustki novdalar ikki xil: bahorgi va yozgi. Bu novdalar morfologik tuzilishi jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Bahordagisi shoxlanmagan, qo'ng'ir rangli, generativ poya o'sib chiqadi. Bu poya spora hosil qilgandan so'ng, o'z vegetatsiyasini tugatadi. Yozgi poya yashil sershox vegetativ poya. Har ikkala poya ham bo'g'imli va poyasining ichi bo'sh bo'ladi. Barglari poya bo'g'imlarida halqasimon joylashgan, juda mayda, asosi qo'shilgan, xlorofillsiz. Shuning uchun, barg vazifasini yashil novdalar bajaradi. Jinssiz ko'payishida poyaning uchki qismida ellipssimon shakldagi spora boshog'i hosil bo'ladi. Boshoqning markaziy o'qiga halqasimon shaklda sporofillar o'rnashgan. Har qaysi sporofilldagi sporangiyalarda teng sporalar hosil bo'ladi. Ular etilgandan so'ng, sporangiya uzunasiga chatnaydi va sporalar tashqi muhitga tarqaladi. Tuproqqa tushgan sporalar qulay sharoitda o'sib, gametofitni hosil qiladi. Gametofiti yashil plastinka shaklida, ayrim jinsli. Otalik gametofiti onalik gametofitiga nisbatan kichikroq bo'ladi. Gametofit parraklari uchida anteridiylar joylashgan. Arxegoniylar qorin qismi bilan gametofit to'qimasiga botib turadi. Urug'lanish suv yordamida boradi, urug'langan tuxum hujayradan zigota taraqqiy etib, yangi yosh qirqbo'g'im sporafitiga aylanadi. Oila. Qirqbo'g'imdoshlar-Equisetaceae Turkum. Qirqbo'g'im -Equisetum L. Tur. Shoxlangan qirqbo'g'im-Equisetum ramosissimum L. Uzun ildizpoyali ko'p yillik o'simlik. Bo'yi 30 -100 sm, poyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.65 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.65 MB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga