Qirqbo'g'imtoifalar bo'limi - eqvisetophyta

Qirqbo'g'imtoifalar bo'limi - eqvisetophyta

O'quvchilarga / Botanika
Qirqbo'g'imtoifalar bo'limi - eqvisetophyta - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Qirqbo'g'imlilarni o'ziga xos belgilari, ularning kelib chiqishi va tarqalishi. 2. Bo'limning tasnifoti va ularning asosiy vakillari. 3. Ahamiyati. 1. Bu bo'lim vakillari poyasining to'g'ri tartib bilan bo'g'im va bo'g'im oralig'iga bo'linishi bilan boshqa yuksak sporali o'simliklardan farq qiladi. Ularning bo'g'imlarida mayda barglar halqasimon yoki mutovqasimon bo'lib, joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o'z navbatida bo'g'imlarga bo'lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo'lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta'sir qiladi. Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jihatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun xam bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo'lim turlari Poleozoy erasining Toshko'mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni daraxt, buta shakildagilari yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bo'lgan, ko'p yillik o'to'simliklargina bizgacha etib kelgan. QYrqbo'gimlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma'lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zellandiya orollaridan tashqari barcha erlarda uchraydi. O'rta Osiyoda 6 turi uchraydi. QYrqbug'imlilar kelib chiqishiga ko'ra Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). evalyutsion nuqtai nazardan bu bo'lim ham tupik hisoblanadi. 2. Bu bo'lim 3 sinfga bo'linadi: 1. Gieniyasimonlar sinfi - Hyeniopsida 2. Ponabargsimonlar sinfi Sphenophylopsida; 3. QYrqbug'im simonlar sinfi - Egvisetopsida; 1.Gieniyasimonlar sinfi. Bu sinf vakillari to'lig'icha yuqolib ketgan, devon davrida yashagan, bo'yi 70-90 smga etadigan buta o'simlaklar bo'lgan. Sinf ikkita oilaga bo'linadi: 1. Gieniyadoshlar- Hyeniaceae 2. Kalomofitondoshlar - Calamophytaceae Gieniyadoshlar oilasining vakillaridan biri Gieniya (Hyenia). Bu o'simlikning shoxlari dixatomik ravishda shoxlangan. Barglari ham 2-3 karrali dixotomik shoxlangan. Yuqori shoxdagi barglari halqasimon, pastdagilari esa ketma-ket joylashgan. Sporangiylari shoxlarning uchlarida 2-3 tadan birikib, ular egilgan holatda bo'ladi. 2. Kalomofitondoshlar oilasiga Kalamafiton (Calamophyton) kiradi. Bu o'simlik ham Gieniyaga o'xshash, undan farqi, tanasi aniq bo'g'imlarga bo'linmaganligi va bargining bir qarrali dixotomik shoxlanganligi bilan farq qiladi. Sporangiyalari faqat ikkitadan bo'lib joylashgan. 2.Panabargsimonlar sinfi. Bu sinf o'simliklari ham Poleozoy erasining Devon davridan to Mezoydoy erasining trias davrigacha yashagan, hozirda qirilib yo'qolib ketgan o'simliklardir. Ponabarglilar sinfining oilalaridan biri ponabargdoshlar (Sphenophyllaceae). Uning muhim turkumi ponabarg (Sphenophyllum) hisoblanadi. Bu o'simlikni poyasi uzun, ingichka (nozik), bo'g'im va bo'g'im oraliklarga bo'lingan. Bo'g'imlarida ponasimon barglar halqasimon bo'lib joylashgan. Poyasi ingichka bo'lganligidan boshqa daraxt o'simliklaridan tayanch topgan. Poyasida kambiy halqasi mavjud. Shuning uchun ikkilamchi tartibda qalinlasha olgan. Sporalar yordamida ko'paygan. Sporalari spora hosil qiluvchi boshoqchalarda vujudga kelgan. 3. QYrqbo'g'imsimonlar sinfi. Bu sinf vakillari poyasining rosmana bo'g'im va bo'g'im oraliqlariga bo'linganligi bilan xarakterlanadi. Bu sinf ikkita ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.36 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.36 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga