Qirqqo'loqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi

Qirqqo'loqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Qirqqo'loqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Bo'lim. qirqqo'loq toifa o'simliklarga umumiy tavsif. Qirqqo'loqtoifa o'simliklar klassifikasiyasi Sinf. (ajdod) polipodiumsimonlar Sinfcha. (ajdodcha) salviniya qabilarqirq qo'loqtoifa-polypodiophyta o'simliklar. Qirqqo'loqlar turlarining soni jihatidan yuksak o'simliklar bo'limlari orasida magnoliyatoifa (gulli) o'simliklar va yusintoifa o'simliklardan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqqo'loqlarning 300 ga yaqin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Bo'lar ham eng qadimgi o'simliklar hisoblanadi. Chunki qirqqo'loqlarning bizgacha yetib kelmagan vakillari devon davrida (415-370 mln.yil oldin) qirilib ketgan. Ular qadimgi qirqbugimtoifa o'simliklar bilan bir vaqtda o'sib, urmonlar hosil kilgan. qirqqo'loqlar tog'larda, tyokisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi. Birok bo'limning ko'pchilik turlari taraqqiyot siklila sernam muhitni talab kilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi urmonlarda ancha keng tarqalgan. U yerlardagi urmonlarning ostida o'suvchi turlaridan tashqari daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan holda o'suvchi bir kancha epifit turlari ham uchraydi. qirqqo'loqlar xilma-xil ekologik muhitda o'sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarini uchratish mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik urmonlar ichida (ostidagi) tikka o'suvchi, yotib o'suvchi ut vakillaridan tortib,epifit, lianalargacha bo'lgan turlarni va siateydoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumiga kiruvchi buyi 25 m gacha yetadigan daraxtsimon qirqqo'loqlarni ham uchratish mumkin. o'rta Osiyo hududida esa faqatgina ut o'simliklardan iborat vakillari tarqalgan. qirqqo'loqlarda ham qirqbugimsimonlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (Ilontildoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi primitiv guruhlarida seret, yug'on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqqo'loqlarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan bo'ladi. Salviniyalar (Salvinia) turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay reduksiyalab ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan ayrim vakillarida dixotomik shoxlanishni ham kuzatish mumkin. Poyasining to'zilishidagi xarakterli belgilardan yana biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir. qirqqo'loqlarning poyasidagi o'tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda to'zilgan. Birok eng qadimgi qirqqo'loqlarda va hozirgi qirqqo'loqlardan. Masalan: sxizeydoshlarda (Schizoaceae) ning o'tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi protostel holda bo'lishi, ularning riniofitalar bilan filogenetik bog'liqligidan darak beradi. Ularga xos belgilardan yana biri barglarining (voyyalarining) yirik bo'lishi va ularda o'sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu jihatlardan ular plauntoifalardan va qirqbugimtoifalardan farq qiladi. qirqqo'loqlar shakli va ichki to'zilishi jihatidan ham xilma-xil bo'ladi. qirqqo'loqlarning ko'pchiligida barg ikkita funksiyani ya'ni ayrimlarida fotosintez va spora xosi qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofillni yukotib, faqat jinssiz ko'payish vazifasini utaydi (masalan, salviniyalarda). qadimgi va ayrim hozirgi qirqqo'loqlar voyalarining dixotomik tomirlari ularning barglari, novda (tallom)ning o'zgarishidan kelib chiqib chiqkanligini tasdiklaydi. Qirqqo'loqlar bargining anatomik to'zilishi jihatidan gulli o'simliklar bargining anatomik to'zilishiga ozrok uxshab ketadi. Kundalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Labchalari ko'pincha bargning ostki tomonida joylashadi. Ustunsimon to'qima, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.18 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga