Reja: 1. O'rmon qirqqulog'ining tuzilishi, ko'payishi. 2. Suv qirqqulog'ining tuzilishi, ko'payishi. 3. Qirqbo'g'imlilarga xarakteristika. 4. Dala qirqbo'g'imining tuzilishi, ko'payishi. 5. Plaunlar tuzilishi, ko'payishi. 6. Bir xil va har xil sporali plaunlar 7. Ochiq urug'lilarga tasnif, klassifikatsiyasi. 8. Ochiq urug'lilarning tuzilishi va ko'payishi. 9. Igna barglilar sinfiga xarakteristika. 10. Igna barglilar ko'payish. Chin qirqquloqlar tartibi Bu tartibga o'rmon qirqqulog'i kiradi. O'rmon qirqqulog'i salqin o'rmonlarda,butalar orasida nam yerda O'rta Osiyoning tog'lik rayonlarida uchraydi. O'rmon qirqqulog'i ko'p yillik o't o'simlik. Ildizpoyasi yo'g'on qoramtir bo'lib, tangacha barg bilan qoplangan. Ildiz poyaning uchida bo'yi 1m gacha yetadigan ko'p patsimon yashil rangli barg o'sib chiqadi. Yoshlik vaqtida bargning uchi gajaksimon qayrilgan. Barglar kuzda qurib,tushib ketadi. Bargning ostki qismi qoladi. Bu qolgan barglar hisobiga ildiz poya tobora yo'g'onlashib boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g'uddalar - soruslar paydo bo'la boshlaydi. Bularning shakli yumaloq bo'ladi. Soruslar barg o'rtasida tomirlar bo'ylab, ikki qator joylashgan. Soruslar-sporangiyaning yig'indisidir. Chunki sorusning ichida bir qancha tuxumsimon sporangiyalar joylashgan bo'ladi. Sporangiyalarning o'sib chiqqan joyini planset deb ataladi. Sporangiyalari ko'p hujayrali bo'lib, ularning tashqi tomonidagi bir qator hujayrasini tapetum deyiladi. Ichki tomonidagi hujayralarini arxespora deyiladi. Bu hujayralar reduksion tipda bo'linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo'ladi. Sporalarning rangi qo'ng'ir bo'ladi. Sporalarning hujayra po'sti 2 qavat bo'lib spora yetilgandan so'ng tashqi qavati yorilib ketadi. Bir tup o'simlikda millionllab spora hosil bo'lishi mumkin. Nam yerga tushgan spora una boshlaydi. Natijada diametri 0,5-1 sm bo'lgan yashil rangli yuraksimon o'simta o'sib chiqadi. Bu o'simta rizoidlar yordamida yerga yopishgan bo'ladi. O'simtada xlorofil donachalari bo'lgani sa-babli fotosintez protsessi ham bo'lib turadi. O'simta 1 uyli 2 jinsli. Shu o'simtada Antersiya ham, Arxegoniya ham taraqqiy etadi. Demak bu o'simta 1 uyli 2 jinsli ekan. O'simta o'rmon qirqqulog'ining jinsli nasli gametofit hisoblanadi. Spora hosil qilgan o'simlikning o'zi jinssiz nasl-sporafit hisoblanadi. O'rmon qirqqulog'i(Dryoptiris Filix-mas): 1-2-qirqquloqning yosh maysalari(gametofit), 3-uning etilgan maysasinig pastki tomonidan ko'rinishi, 4-ochilmagan va 5-ochilganarxegoniy, 6-ochilmagan(optik kesmada) va 7-ochilgan anterediy, 8-spermatozoid, 9-maysadan rivojlan yosh qirqquloq. O'simta qisqa umrli efemerdir. U faqat 1-2 xafta yashay oladi. Jinsiy ko'payish yog'ingarchilik vaqtida bo'ladi. Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoidlar suvda so'zib yuradi. Bu spermatozoidlarni o'ziga jalb qilgani uchun Arxegoniya olma kislotasini ishlab chiqadi. Spermatozoidlar Arxegoniyaning bo'yniga kelib yopishadi,natijada Arxegoniyaning tuxum hujayrasini otalantirgandan, so'ng embrion hosil bo'ladi. Embriondan yangi o'simlik o'sib chiqadi. Suv qirqquloqlar tartibi Har xil sporali qirqquloqlargasuv qirqqulog'ini ola-miz. Suv betida so'zib yuruvchi 1 yillik o't o'simlik. Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan. Bargi 2 xil bo'ladi. a) Suvning betidagi bargi b) Suvning ostidagi bargi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.05 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.05 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: doc