Qirqquloqtoifalarning tuzilishi, tarqalishi va kelib chiqishi. Qirqquloqlarning klassifikasiyasi. Qirquloqlarning ko'payishi. Qirqquloqtoifa-polypodiophyta Bu bo'lim vakillari oldingi bo'limlaridan yirik bargliligi (makrofiliya) bilan ajralib turadi. Barglarining shakli har-xil bo'lib, ular patsimon, panjasimon, chetlari bo'laklarga bo'lingan, ba'zan butun holida bo'ladi. Bularda sporangiyalar spora hosil qiluvchi boshoqlarda emas, barglarining ostki yuzasida yoki chetki qirralarida, sodda vakillarida, novdaning uchki qismlarida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan sporangiyalar to'p-to'p bo'lib joylashib, soruslarni hosil qiladi. Bu bo'limda teng va har-xil sporali o'simliklar mavjud. Qirqquloqlar Paleozoy erasining devon davridan boshlab rivojlangan.Mezozoy erasida ularni xilma-xilligi yanada ko'paygan.Hozirgi vaqtda bu bo'lim 100 dan ortiq turni o'z ichiga olib, turli ekologik sharoitlarda o'sishga moslashgan.Bular yer Yuzining deyarli hamma nuqtalarida uchraydigan daraxt, buta va o't o'simliklardir. Daraxt, buta holidagilari tropik va subtropitk mintaqalarda: (Filipin, Indoneziya, Madagaskar orollarida, Shri-Lanka va boshqalar) tarqalgan.O'rta Osiyo sharoitida o't o'simliklari uchraydi.Qirqquloqlar kelib chiqishi bo'yicha rinnyafitlarga bog'liq. Polypodiophyta -Qirqquloqtoifa o'simliklarning klassifikatsiyasi Aneurophytopsida - Anevrofitsimonlar Cladoxylopsida -Kladoqsilonsimonlar Archaeopteridopsida-Arxeopterissimonlar Zigopteridopsida - Zigopterissimonlar Marattiopsida -Marattiyasimonlar Ophioglossopsida - Ujovniksimonlar Polypodiopsida - Polipodiumsimonlar Marattiopsida -Marattiyasimonlar Ophioglossaceae-ujovnikdoshlar Botrychium Helminthostachys Cladoxylopsida -Kladoqsilonsimonlar Cladoxylon Scoparium Ophioglossopsida - Ujovniksimonlar Marattiales-Marattiyanamolar Marattiaceae-Marattiyadoshlar Angiopteris Ophioglossum vulgatum Maratiyalar Polypodiopsida - Polipodiumsimonlar Polpodiumkabilar ajdodchasi-Polypodiidae Osmundales Aspleniacea-aspleniyadoshlar Schizaeales Dryopteris filix-mas-O'rmon qirqqulog'i Polypodiales Cyatheales Marsiliyakabilar ajdodchasi-Marsileidae Marsiliyanamolar-Marsileales Marsilia qvadrifolia-to'rt bargli Marsiliya Sal'viniyakabilar ajdodchasi - Salviniidae Salviniyanomalar-Salviniales Kladoqsilonsimonlar ajdodi. Bu ajdodga eng sodda tuzilgan, Poleozoy, erasida yashagan, hozirda faqat qazilma holda uchraydigan o'simliklar kiradi. Bularda hali haqiqiy paporotniklarga xos belgilar Yuzaga kelmagan. Barglari mayda yoki bargsiz bo'lgan. Sporangiyalari barglarda turmasdan novdalarning uchlarida joylashgan. Vakil: Cladoxylon Scoparium. Bu o'simlikni bo'yi 25-30 sm.ga etib boradigan butacha shakldagi o'simlik. Qazilma holda Belgiya, FRG, Xitoy va Kanadadan topilgan. Ujovniknamolar ajdodi. Shulardan bizning floramizda uchraydigan turi Ophioglossum vulgatum.Uning bo'yi 30sm Gacha etib boradigan ildizpoyali o'simlik. Ildizpoyadan yer betiga 1 ta barg o'sib chiqadi. Bu barg meva beruvchi va vegetativ qismlarga bo'linadi. Sporangiyalar bargning meva beruvchi qismida hosil bo'ladi. Sporalari bir xil shaklda. Gametofiti ingichka chuvalchangsimon ko'rinishida bo'lib, yer tagida 2-10 sm chuqurlikda rivojlanadi. Uning kattaligi 2-3 sm bo'lib zamburug''lar bilan simbioz holda hayot kechiradi. Gametofiti bir uyli. Spermatozoidlari ko'p xivchinli. Vegetativ yo'l bilan ildizpoyadagi qo'shimcha kurtaklar yordamida ko'payadi. Marattiyasimonlar ajdodi. Bu Ajdodining ham 1 ta Marattiyanamolar (Marattiales), qabilasi va 1 ta Marattiyadoshlar oilasi (Marattiaceae) bo'lib, uning turlari asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oilani bir muncha keng tarqalgan turkumlaridan Angiopteris, Maratiyalar hisoblanadi. Bularning barglari yirik, patsimon, yoki panjasimon tuzilishga ega. Barglari tuproqqa ko'milib turadigan poyadan chiqadi. Sporangiyalari bargning ostki Yuzasida hosil bo'ladi. Gametofiti yerning ustki yuza qismida rivojlanadi. Polpodiumkabilar ajdodchasi-Polypodiidae. Shulardan siateynamolar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 12:45:54
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.22 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 12:45 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.22 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:24 ]
Arxiv ichida: pptx