Qirqquloqtoifalar bo'limi - polypodiophyta

Qirqquloqtoifalar bo'limi - polypodiophyta

O'quvchilarga / Botanika
Qirqquloqtoifalar bo'limi - polypodiophyta - rasmi

Material tavsifi

Qirqquloqtoifalar bo'limi - polypodiophyta Reja: Ujovniksimonlar ajdodi Marattiysimonlar ajdodi Polipodiumsimonlar ajdodi Salviniyakabilar kichik ajdodi Qirqquloqlar turlarining soni jihatdan yuksak o'simliklar orasida magnoliyatoifa (gulli) o'simliklar va yo'sintoifa o'simliklardan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Hozirgi paytda Yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yaqin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarqalgan. Bular ham eng qadimgi o'simliklar hisoblanadi. Chunki qirqquloqlarning bizgacha etib kelmagan vakillari Devon davrida (425370 mln. yil oldin) qirilib ketgan (8-rasm). Ular qadimgi qirqquloqtoifa o'simliklar bilan bir vaqtda o'sib, o'rmonlar hosil qilgan. Qirqquloqlar tog'larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi. Biroq bo'limning ko'pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muhitni talab qilganligi tufayli tropik va subtropik iqlimli joylardagi o'rmonlarda ancha keng tarqalgan. U yerlarda daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan holda o'suvchi bir qancha epifit turlari ham uchraydi. Qirqquloqlar xilma xil ekologik muhitda o'sishi sababli ular orasida har xil hayotiy shakldagi turlarni uchratish mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik o'rmonlarda tikka o'suvchi, yotib o'suvchi o't vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo'lgan turlarni va siateydoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub siatey va diksoniya turkumlariga kiruvchi bo'yi 25 m gacha etadigan daraxtsimon qirqquloqlarni uchratish mumkin. O'rta Osiyo hududida esa faqat o't o'simliklardan iborat vakillari tarqalgan. Qirqquloqlarda qirqbo'g'imlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (Ilontildoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi sodda (primitiv) guruhlarida seret, yo'g'on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqquloqlarda tipik ildizlardan tashqari poyasining asosida havo ildizlari ham taraqqiy etgan bo'ladi. Salviniya - Salvinia turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay reduksiyalanib ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan, ayrim vakillarida dixotomik shoxlanishni ham kuzatish mumkin. Poyasining tuzilishidagi xarakterli belgilardan biri uning har xil tuklar, tangachalar bilan qoplanganligidir. Qirqquloqlarning poyasidagi o'tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda tuzilgan. Biroq eng qadimgi qirqquloqlarda va hozirgi qirqquloqlardan, masalan: sxizeydoshlar (Schizoaceae) ning o'tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi protostel holda bo'lishi, ularning riniofitlar bilan filogenetik bog'liqligidan darak beradi. Ularga xos belgilardan yana biri barglarining (vayalarining) yirik bo'lishi va ularda o'sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu jihatlardan ular plauntoifalardan va qirqbo'g'imtoifalardan farq qo'shadi. Qirqquloqlar shakli va ichki tuzilishi jihatidan ham xilma-xil bo'ladi. Qirqquloqlarning ko'pchiligida barg ikkita funksiyani, ya'ni ayrimlarida fotosintez va spora hosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora hosil qiluvchi barglari xlorofillni yo'qotib, faqat jinssiz ko'payish vazifasini o'taydi (masalan, salviniyalarda) Qirqquloqlar bargining anatomik tuzilishi jihatlardan gulli o'simliklar bargining anatomik tuzilishiga ozroq o'xshab ketadi. Ko'ndalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Labchalari ko'pincha bargning ostki qismida joylashadi. Qirqquloqtoifalarda ham qirqquloqtoifalardagidek sporofit bo'g'in gametofit bo'g'inga nisbatan ustun turadi. Evolyusion taraqqiyoti davomida qirqquloqlarning sporangiylari bargning chetki qismidan pastki qismga o'tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o'rnashishi ularni tashqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 468.06 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 468.06 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga